Mavzu: Ota-ona fazilati


Download 13.7 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi13.7 Kb.
#1574519
Bog'liq
ona fazilati 12 05 2022 yil


16.05.2023 yil.
Mavzu: Ota-ona fazilati


Maqsad:
Ta’limiy: O'quvchilarga ezgulik, xushyorlik haqida ma’lumot berish.
Tarbiyaviy: O'quvchilar ongiga vatanparvarlik, mehnatsevarlik, ilm olishga qiziqish, kamtarlik, oqko'ngillik tuyg'ularini singdirish.


Rivojlantiruvchi: O'quvchilarni ko'rgan-bilgan, eshitgan, o'qiganlari yuzasidan xulosa chiqarish.


Farzand ota-onasi uchun nima qilishi kerak?
Ey aziz farzand, ota-onang senga eng yaqin, seni eng ko‘p yaxshi ko‘radigan va senga juda mehribon insonlardir. Ular sening hayotga kelishing sababchilaridir. Senga g‘amxo‘rlik qilish, tarbiyalash va seni barcha ozorlardan saqlashda ularning juda ham katta xizmatlari bor. Shunday ekan, ularning fazilatlarini bilib olib, ota-onangni hurmat qilishing kerak.
Ona fazilati
1. Onang seni to‘qqiz oy qornida ko‘tarib, shu vaqt orasida ko‘p og‘riq va qiyinchiliklarni boshidan o‘tkazgan.
2. U sening jisming va kiyimlaringning tozaligiga e’tibor berar edi. Seni emizganda tepangda uzun tunlarni bedor o‘tkazar edi.
3. U senga qanday yeyish, ichish, yurish va o‘ynashni o‘rgatgan, sen o‘shanda bularning birontasiga kuchi yetmaydigan bir ojiz bola eding. Senga og‘riq bergan narsa uni og‘ritar edi, seni xursand qilgan narsa uni xursand qilar edi. Demak, sen onang bilan bir butun tanasan.
Ota fazilati
1. Otang har kuni ko‘chaga chiqib, qiynalib mehnat qilib, senga kerakli taom, kiyim, o‘yinchoq va boshqa narsalarni sotib olib kelar
edi.
2. Sen ulg‘aygach, u seni maktabga yubordi. Ta’lim olishing uchun pul topib, sarfladi, seni odam bo‘lsin, katta bo‘lganida qiynalmasin, deb iztirob chekdi.
3. Agar kasal bo‘lsang, seni davolash uchun doktorga olib borib, og‘ayishing uchun doridarmon olib kelar edi. Demak, otang sen uchun
tayanchdir.
Sen ota-onangga qanday yaxshilik qila olasan?
1. Ey farzand! Ota-onangga itoat qil, yaxshi ko‘r va nasihatlariga amal qil.
2. Ular oldida odob bilan o‘tir, sening huzuringga kelsalar, o‘rningdan tur va ularning ovozidan ovozingni baland ko‘tarma.
3. Ota-onang quvvatli vaqtlarida ular xursand bo‘ladigan ishlarni qil. Agar quvvatlari ketib ishga yaroqsiz bo‘lib qolsalar, zimmangdagi haqlarini ado etish uchun muhtoj bo‘ladigan barcha narsalarda ularga yordam ber.
4. Ular senga qattiqlik qilsalar, ularga qo‘pol gapirma. Chunki faqat sening foydangni xohlashadi.
5. Ertalab turganingda va kechqurun yotishingdan oldin, ularni ko‘rganingda salom ber.
6. Ularni g‘azablantiradigan amallardan yiroq bo‘l. Ko‘proq umr ko‘rishlarini yaxshi ko‘r va shuni orzu qil. Chunki ular ham sening salomat bo‘lishingni va umring uzun bo‘lishini orzu qilardilar.
7. Ular biron ish buyurganlarida zinhor “uf”, dema.
8. Chaqirganlarida “labbay”, deb tezda huzurlariga yetib bor.
9. Ularga ozor yetishiga sababchi bo‘lma. Ya’ni, bolalar bilan urishma va ularning otaonalarini so‘kma. Aks holda o‘sha yomon bolalar ham sening ota-onangni so‘kadilar.
Bolalar lug‘ati
Labbay – birov chaqirganda beriladigan javob (aslida “labbay” so‘zi “mana, huzuringdaman” ma’nosini anglatadi).
Uf – biron narsadan shikoyat va ranjishni ifodalaydi (aslida “uf” so‘zi “sendan bezorman”, “jonimga tegding”, ma’nosini anglatadi. Shu sabab bu so‘zni zinhor tilga olmaslik kerak. Ayniqsa ota-onamiz oldida “uf” demasligimiz lozim).
Ota-onaga yaxshilik qilish
Ey farzand, atrofingga qara va otaonalarning o‘z farzandlariga qilgan ishlari
haqida o‘ylab ko‘r. Ana shunda ota-onang seni tarbiyalash va kasal bo‘lganingda davolatishda boshlaridan kechirgan qiyinchiliklarni
bilib olasan. Onang seni to‘qqiz oy qornida ko‘targan vaqtida qancha-qancha og‘riqlarni tortib, qancha- qancha mashaqqatlarni boshidan o‘tkazdi.
Seni emizish, yuvib tarash, issiq-sovuqdan seni himoya qilishda u bechora kecha va kunduzlarni qiyinchilikda o‘tkazdi. Sen ulg‘aygach, senga qanday emaklash, qanday yurish, qanday yeyish va ichish, qanday gapirish, barcha-barchasini o‘rgatdi. U har kuni sen uchun taom va choy tayyorlaydi.
Kiyimlaringni yuvib, yotishing uchun joy soladi. U seni ko‘rib ko‘zi quvonadi, qalbi shodlanib orzu-umidlarga cho‘madi. Otang esa ishlab Alloh bergan rizqni toppish uchun har kuni uyidan chiqib ketadi. Sening rohatingni o‘ylab qiynaladi, mehnat qiladi. Sening yeyishing, ichishing, kiyinishing, turar joying va ta’lim olishing uchun ko‘proq pul topishga harakat qiladi. U seni yaxshi ko‘radi va seni hayotingda yutuqlarga erishib, muvaffaqiyat
qozonib yashashingni ko‘rishidan ham ko‘proq biron narsani yaxshi ko‘rmaydi. Shuning uchun sen ota-onangga itoat etib, ularga
yaxshilik qilishing kerak.
Bosh tarbiyachi: O`rinov R.
Download 13.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling