Mavzu: ota-onalarning huquq va majburiyatlari


-modda. Bolaning ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan ko’rishish huquqi


Download 36.03 Kb.
bet3/6
Sana20.06.2023
Hajmi36.03 Kb.
#1629108
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
OTA-ONALARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

66-modda. Bolaning ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan ko’rishish huquqi.
Bola otasi, onasi, bobosi, buvisi, aka-ukalari, opa-singillari va boshqa qarindoshlari bilan ko’rishish huquqiga ega. Ota-onasining nihokdan ajralishi, nihokning haqiqiy emas deb topilishi yoki ota-onaning boshqa boshqa yashashi bolaning huquqlariga ta’sir qilmaydi.
Ota va ona alohida yashgan holda bola ularning har biri bilan ko’rishish huquqiga ega. Ota-ona turli davlatlarda yashagani taqdirda xam bola ular bilan ko’rishish huquqiga ega. Favqulotda vaziyatlarga tushib qolgan bola “ushlab turish, qamoqqa olish, hisobga olish, davolash muassasida bo’lish va boshqa xolatlarda” o’z ota onasi va boshqa qarindoshlari bilan qonunda belgilangan tartibda ko’rishish huquqiga ega.
Voyaga yetmagan bolalarning jismonan va ruhan sog’lom bo’lib o’sishi uchun ular bilan doimiy muloqotda bo’lib turishlari kerak . Voyaga yetmagan bolalarning bu xuquqlari ota-onalarning o`z bolalarini o`zlari shaxsan tarbiyalash xuquqi va majburyatidan kelib chiqadi.
Ota-onalarning nikoxdan ajralishi yoki nikoxlarning haqiqiy emas deb topilish,voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari ko`rishib turish va muloqatda bo`lish xuquqini cheklamaydi.
Shuningdek aloxida turgan ota yoki ona bola tarbiyasida ishtirok etish majburiyatidan ozod etilmaydi. Shuning uchun xam, voyga yetmagan bolalar,alohida turgan ota yoki ona bilan ko`rishib turish va doimiy muloqatda bo`lish xuquqiga ega.
Alohida turgan ota-onalar voyaga yetmagan bolalarni bilan ko`rishib turish xaqida o`zaro kelishuv tuzishlari mumkin, bunday kelishuv og`zaki yoki yozma shakilda tuziladi.
Ota-onasi bilan birga yashamaydigan yoki ular qarmog`idan mahrum bo`lagan bolalarni tarbiyalash uchun vasiylik va homiylik belgilangan bo`lish mumkin ( Oila kodeksi 173-193-moddalari ). Bunday holarda vasiy va xomiy bolaning o`z ota-onasi va boshqa yaqin qarindoshlari bilan ko`rishib turishga to`sqinlik qilishga xaqli ( Oila kodeksining 181-moddasi 5-qismi berilgan sharxlariga qaralsin ).Lekin boladan alohida turgan otayoki onaning voyaga yetmagan bola bilan muloqatda bo`lishi uning tarbiyasiga, xulq atvoriga salbiy tasir ko`rsatadigan bo`lsa , masalan,ota yoki ona doimiy spirt ichimliklar ichishga , giyohvandlik vositalarni istemol qilishga , og`ir ruhiy kasalikka duchyor bo`lgan bo`lsalar ,manfaatdor shaxs tomonlarning talabi bilan , vasiylik va xomiylik yoki sud bunday ota-onani voyga yetmagan bola bilan ko`rishib turishini to`xtatib qo`yishi mumkin.
Ota yoki ona voyaga yetmagan boladan alohida yashagan xolda ham bola ularning xar biri bilan ko’rishib turish va muloqotda bo’lish huquqini yuqotmaydi. Xatto bolaning ota yoki onasi chet davlatlarda boshqa boshqa joylardayashab turgan taqdirdaham voyaga yetmaganbolalar ota-onalarning xar biri bilan ko’rishib turish huquqiga ega. Bunday huquq “ Bola huquqlari to’g’risida”gi BMT Konvensiyasi 10-moddasining 2-bandida ham nazarda tutiladi. Voyaga yetmagan bolalarni o’z ota-onalari bilan ko’rishib turishi to’g’risidagi vakillik va homiylik organining qarori ota-onalarning xar biri uchun ham majburiy hisoblanadi. Bola tarbiyasini zimmasiga olgan ota yoki onagarchi ular vasiylik va homiylik organlarining qarorida belgilangan vaqtda alohida-alohida turgan bo’lsalar bolaning o’z otasi yoki onasi bilan uchrashishga imkoniyat yaratib berishlari va bunday uchrashuvga monelik qilmasliklari kerak.
Har xil g’araz maqsadlarda eri(xotini)dan qasos olish uchun bolalarni o’z otasi (onasi)bilan ko’rishish imkoniyatidan maxrum qilishga xarakat qiluvchi ona (ota)lar ham uchrab turadi. Bunday hollarda manfaatdor tomonning talabiga binoan sudning xal qiluv qaroriga ko’ra voyaga yetmagan bola bilan uchrashuvga monelik qilgan ota-onani majbur qilish yo’li bilan buzilgan huquq tiklanishi mumkin . Sud o’zining xal qiluv qarori bilan faqat vasiylik va homiylik organlarining qarorini bajarish majburiyligini tasdiqlabgina qolmay, balki agar asoslar bo’lsa, ishni mazmunan ko’rib, ota-onalik huquqini suistemol qilgan ota yoki onani ota-onalik huquqidan maxrum qilish masalasini ham hal qilihi mumkin.
Bolaga eng yaqin bo’lgan qarindoshlar uning bobosi, buvisi hisoblanadi. Nevaralarini ko’rib turish bobo va buvilar uchun alohida xuzur va quvonch bag’ishlaydi. Bobo va buvilarga nevaralarini tarbiyalsh huquqi qonunda alohida ko’rsatilmagan bo’lsa ko’proq shug’ullanadilar ko’proq uchrashib muloqotda bo’ladilar. Bobo va buvilarning o’z nevaralari bilan bolaning ota-onasini bunga majbur qilishlari mumkin. Bobo va buvilarning voyaga yetmagan nevaralarini bilan muloqotda bo’lishi ularning tarbiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatmasligi kerak.
Voyaga yetmagan bolalar favqulotda holatga tushib qolgada o‘z ota-onalari bobo va buvilari, aka-uka, opa-singillariva boshqa qarindoshlari bilan qonunda belgilanga tartibda ko’rib turish va muloqotda bo’lish xuquqini saqlab qoladilar.

Download 36.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling