Mavzu: O’tkir zaharlanish, suvga cho’kish, bo’g’ilish va boshqa shoshilinch holatlarda reanimatsiya va intensive terapiya. Reja


Suvga cho’kish holatlarda reanimatsiya va intensive terapiya


Download 21.63 Kb.
bet2/3
Sana12.03.2023
Hajmi21.63 Kb.
#1264220
1   2   3
Bog'liq
1O’tkir zaharlanish, suvga cho’kish, bo’g’ilish va boshqa shoshilinch holatlarda reanimatsiya va intensive terapiya

Suvga cho’kish holatlarda reanimatsiya va intensive terapiya
Suvga choʻkish — baxtsiz hodisa. Bunda nafas yoʻllari suyuklik (odatda, suv) yoki suyuq massalar (balchiq, loy) bilan toʻlishi natijasida nafas va yurak faoliyati qattiq buziladi. Suvga choʻkish, odatda, katta suv havzalarida choʻmilganda yoki biror sababga koʻra sodir boʻladi.
Yaxshi suzadigan odam ham (suvda choʻmilish qoidalariga rioya qilmasa va ehtiyot choralarini koʻrmasa) choʻkib ketishi mumkin. Uzoq masofaga suzib charchash, shuningdek, kalla tashlaganda shikastlanish (boshning toshga yoki biror qattiq narsaga urilib ketishi) Suvga choʻkishga sabab boʻladi. Kalla tashlagan odam (kalla tashlash texnikasini bilmasa) suv yuzasiga urilib ketishi tufayli boʻyin, koʻz, biqin sohasiga zarb yetkazadi, bu esa hushdan ketishga olib keladi. Boshning havza tubiga urilishi boʻyin umurtqalarining sinib ketishi xavfini tugʻdiradi. Mastlik ham Suvga choʻkishga sabab boʻlishi mumkin, mayet odam oʻzini idora qilolmay, choʻmilish qoidasini buzadi. Bundan tashqari, u sovuqni yomon sezganligi uchun sovqotib, hushdan ketishi mumkin. Oftobda qizib turib, birdan suvga tushish natijasida harorat keskin oʻzgarganda, meʼda ovqatga toʻlib ketib, ovqat hazm boʻlishi tezlashganda, suvga birdan tushib qoʻrqqanda ham kishining hushdan ketishi kuzatiladi.
Suvga choʻkishda sodir boʻladigan oʻlim ogʻir patologik oʻzgarishlar — gipoksiya (kislorod yetishmasligi) taʼsirida yuz beradi.
Chin, "quruq", nafas va yurakning birdan toʻxtab qolishi (sinkopal) natijasidagi Suvga choʻkish farq qilinadi. Choʻkayotgan odamning hayot uchun kurashishi chin Suvga choʻkishning eng harakterli belgisidir.
"Quruq" Suvga choʻkish hushdan ketish bilan birga kechadi. Bunday hollarda odam choʻkmaslik uchun faol qarshilik koʻrsata olmay, birdan suv tubiga choʻkib ketadi. Hiqildoqqa ozroq miqdorda tushgan suv tovush boylamlarini spazmga olib keladi va odam nafas ololmay qoladi, lekin suvning oʻpkaga oʻtishiga yoʻl qoʻymaydi. Shuning uchun Suvga choʻkishning bu turi "quruq" Suvga choʻkish deb ataladi. Bunda nafas yoʻllarida suv boʻlmaydi, teri ham uncha koʻkarmaydi, faqat ogʻiz va burunda bir oz suyuklik boʻladi.
Sinkopal Suvga choʻkishda nafas bilan bir vaqtda yurak ham toʻxtaydi. Bunda mayda tomirlar spazmga uchraganidan terining rangi oqarib ketadi.
Suvga choʻkishda suvning temperaturasi alohida ahamiyatga ega. Kishi sovuq suvga choʻksa, gavda temperaturasi tezda pasayadi, bu — organizmda moddalar almashinuvining sekinlashishiga sabab boʻladi va uning kislorod tanqisligiga chidamliligini oshiradi. Bunda choʻkkan odamni tiriltirish ehtimoli boʻladi.
Choʻkkan odamga yordam beri sh. Agar odam hushidan ketmagan boʻlsa, uni tinchlantirib, hoʻl kiyimlarini yechish, badanini quruq qilib artish, boshqa kiyim kiydirish kerak; hushdan ketgan, lekin tomiri va yuragi urayotgan boʻlsa, nashatir spirt hidlatish, koʻkrak qafasini siqib turgan kiyimdan boʻshatish, nafasini yaxshilash uchun tilidan teztez tortib turish lozim. Yurak va nafas toʻxtagan boʻlsa, organizmni tiriltirishning oddiy usullari qoʻllanadi. Avvalo, iloji boricha tezlik bilan nafas yoʻllaridagi suyuklikni chiqarib tashlash lozim; yordam berayotgan odamning bukilgan tizzasiga shikastlangan kishi qorni bilan yotqiziladi, yuqori nafas yoʻllari va meʼdadan suv oqib tushishi uchun boshi pastga osiltirib qoʻyiladi. Suvni chiqarib yuborgandan keyin darhol sunʼiy nafas oldirishga kirishiladi (choʻkkan odamning ogʻzi qum, qusuq massalaridan tezda tozalanadi). Sunʼiy nafas oldirishning koʻpgina usullari orasida "ogʻizdanogʻizga" va "ogʻizdanburunga" nafas berish yaxshi naf beradi.
Choʻkkan odamning (qay ahvolda boʻlmasin) oyoqqoʻllarini ishqalash, massaj qilish yoʻli bilan isitish choralari koʻrilishi lozim.
Barcha usullar choʻkkan odamni suvdan chiqarib olgan zahotiyoq to vrach yetib kelguncha (qirgʻoqda, qayiqda) bajariladi yoki bemorni zudlik bilan kasalxonaga olib boriladi.


Download 21.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling