Vitaminlar. Vitaminlar-past molekulali organik birikmalar bo‘lib, biologik aktiv xususiyatga egadir va ular juda kam miqdorda bo‘lishiga qaramay bir qator fiziologik va bioximiyaviy jarayonlari tartibga solib turadi. Ko‘pgina vitaminlar fermentlar tarkibiga kirib, ularning faolligini jadallashtiradi, organizmni tashqi ta’sirlariga javob berish qobiliyatini, immunitetni, jismoniy va aqliy mehnatni oshiradi. Vitaminlar organizmda deyarli sintez qilinmaydi va organizmda yig‘ilmaydi, natijada ularning miqdori ovqat tarkibida bo‘lmasa yoki kamayib ketsa, kasallikning kelib chiqishi muqarrar bo‘ladi. Tabiiy vitaminlar hayvon o‘simlik ozuqa moddalarida uchraydi.
Vitaminlar 3 ta guruhga bo‘linadi:
1.Suvda eruvchi (V, S, Vit RR, Vit V5, V6, V2 , V1,V12, V9,
VR)
2. Yog‘da eruvchi vitaminlar (Vit D, Protiv A, Vit A, Vit e, Vit K)
3. Vitaminsimon birikmalar (Vit V8, Vt, lipovaya kislota, V13, V15, V 4).
Mineral elementlar. Mineral elementlar-ovqatning muhim tarkibiy qismidir. Ular to‘qimalarning tuzilishida, suyak tuzilishida, ko‘pgina ferment sistemalarining tarkibi va vazifasida ishtirok etadi. Odam organizmining to‘qima va suyaklarida 60 dan ortiq elementlar bo‘lib, ularning ko‘pchiligi biologik aktiv moddalar hisoblanadi. Mineral elementlarning tashqi muhitda va organizmdagi miqdoriga asoslanib makro va mikroelementlarga bo‘linadi.
Alimentar kasalliklar va ularni oldini olish.
Insonning unib - o‘sishi va salomat bo‘lishi uchun to‘g‘ri ovqatlanish ayniqsa bolalik davridan boshlab uning ovqatlanishni to‘g‘ri tashkil etish hayotiy muhim ahamiyatga egadir.
Uzoq muddat mobaynida ovqatlanish qoidalarining buzilishi organizmda turli o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. To‘qimalar metobolizmning buzilishi asosida genetik apparatning o‘zgarishida,
ortiqcha yoki kam ovqatlanish sabablari yotadi. Bundan tashqari ovqat mahsulotlarining zaharli moddalar (pestitsidlar, bakteriya zaharli, mikrotoksinlar va boshqalar) bilan ifloslanishi ham organizmda jiddiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Alimentar yoki ovqat bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklar kelib chiqshiga qarab 2 xil guruhga bo‘linadi: birlamchi va ikkilamchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |