Mavzu: Ovqatlanish salomatlik omili. Ovqatdan zaxarlanishlar va ularning profilaktikasi


Download 76.16 Kb.
bet5/12
Sana09.05.2023
Hajmi76.16 Kb.
#1448470
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mavzu Ovqatlanish salomatlik omili. Ovqatdan zaxarlanishlar va

Birlamchi alimentar kasalliklar quyidagi omillar natijasida kelib chiqishi mumkin:
1. Ovqat mahsulotlarining turlari noto‘g‘ri taqsimlanganda
2. Ovqat ratsionida ovqatlik moddalar muvozanati buzilganda
3. Ovqat mahsulotlariga noto‘g‘ri ishlov berilganda yoki noto‘g‘ri saqlanganda
4. Ovqat mahsulotlarida faslga oid vitaminlarning siljishi natijasida
5. Mehnat, yashash va iqlim sharoiti bilan bog‘liq bo‘lgandagi yoki homila davrida ovqatga
talabning oshib ketishi natijasida
6. Ovqatli moddalar faoliyatining buzilishi natijasida (qishloq xo‘jaligida pestitsidlardan,
mineral o‘g‘itlardan ko‘p miqdorda foydalanish)
Birlamchi alimentar kasalliklarning kelib chiqishida xavfli (risk) omillarining uzoq vaqt ta’sir etishi ahamiyatga egadir.
Organizmga oqsillar kam qabul qilinganda o‘sishning va rivojlanishning sekinlashishi, tana og‘irligining kamayishi, garmon, antitelalar hosil bo‘lishining buzilishi, fermentativ jarayonlarining yomonlashuvi, organizmning turli infeksiyalarga va tashqi muhit omillarining ta’siriga qarshi kurashni qobiliyatini pasayishi kam quvvatlilik va ish qobiliyatining pasayishi kuzatiladi.
Organizmga oqsil moddalar kunlik me’yordan kam tushganida kvashiorkor kasalligi kelib chiqishi mumkin, bu kasallik ko‘proq ko‘krak yoshidagi bolalarda uchraydi, oqsillar umuman organizmga tushmagan taqdirda marazm (yunoncha marasmos-darmonsizlik, oqsil energiyasi tanqisligi va o‘limga sabab bo‘ladi) kasalligi kelib chiqadi .
Ovqat bilan oqsil moddalar keragidan ko‘p qabul qilinganda, oshqozon ichak yo‘lida bijg‘ish achishish jarayonlari kuchayib, u erda kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlarning yashashiga sharoit yaratiladi.
Yog‘lar ko‘p miqdorda iste’mol qilinganda, semirib ketish va organizm uchun befarq bo‘lmagan yog‘ kislotalarining yetarlicha oksidlanmasligi natijasida hosil bo‘ladigan oraliq moddalarning (atseton birikmalari) to‘planishiga olib keladi. Bu esa organizmda kislotali muhitni
vujudga keltiradi va qon ishlab chiqarish jarayonini ishdan chiqaradi.
Ovqat tarkibida karbonsuvlarning miqdori ortib ketganda tana
og‘irligining ortib ketishi, oshqozon ichak yo‘lida ovqatli moddalarning to‘planib qolishiga, oshqozon va ichak shiralari bilan yetarlicha ishlanmasligi va natijada ovqat xazm qilish jarayoning izdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Shu bilan birga karbonsuvlar miqdorining kamayib ketishi gipoglikemiyaning kelib chiqishiga, ya’ni kam quvvatlik, uyquga moyillik, xotiraning pasayishi, bosh og‘rishi kabilar bilan ifodalanadi. Karbonsuvlarning etarlicha etishmasligi organizmda o‘simlikga oid ozuqali moddalar tarkibidagi vitaminlar va mineral moddalarning kamayib ketishi bilan ham kuzatiladi. Odam qonidagi glyukoza
(qand) miqdorining me’yordan kamayishi gipoglikemiyaga (me’yor 3,58-6,05 mmol/l), odam qonidagi glyukoza (qand) miqdorining me’yordan oshib ketishi esa giperglikemiyaga olib keladi. Bunga qandli diabet kiradi.
Vitaminlar va mineral moddalarning ko‘p yoki kam iste’mol qilinishidan kelib chiqadigan kasalliklar hammamizga ayon. Vitamin S ozuqali moddalar bilan organizmga kam qabul qilinganda Singa kasalligi sababchi bo‘ladi, ya’ni terida maydamayda qon quyilishi va ichak bo‘shliqlariga qon quyilishi, milklarning yallig‘lanib undan qon oqishi, tishlarning tushib ketishi, mushaklarning bo‘shashib ketishi kuzatiladi.
Vitamin R qon tomirlarining rezistenligi kamaytirib kishilarning sinuvchan va o‘zidan qon o‘tkazib yuborish xususiyatlariga sababchi bo‘ladi. Vitamin V1 asab sistemasi faoliyati uchun axamiyati katta.
Uning yetishmasligidan beri-beri kasalligi vujudga kelib, og‘ir polinevrit holatini yuzaga keltiradi. Vitamin V2 fermentlar tarkibiga kirib, biologik oksidlanish jarayonida, to‘qimalarning nafas olishida, gemoglabin sintezida asab, yurak-tomir, ovqat xazm qilish sistemalarining ishini
boshqaradi. Uning asosiy vazifasi ko‘rish organining vazifasini boshqarib, rang va yorug‘ni ajratishga imkon yaratadi. Yetishmagan taqdirda oksidlanish jarayoni xamda yog‘ va aminoksitlotalarning so‘rilishi buziladi, yorug‘ga qaray olmaslik, ya’ni yorug‘dan qo‘rqish
(svetoboyazliv), ko‘zdan yosh oqishi, yaxshi ko‘rmaslik ko‘zda og‘riq
kuzatiladi.
Vitamin V6 markaziy asab sistemasining normal faoliyati uchun
zarur. Hamda oqsil, yog‘ almashinuvida ishtirok etadi. Vitamin V6
etishmaganda gipavitaminoz holatining belgilariga mushaklarning
kuchsizlanishi, yurishning qiyinlashishi, tez achchiqlanish, lab, til shilliq
pardalarining va terining yallig‘lanishi kiradi.
Vitamin V12 -bir qancha biologik aktiv moddalarning
yig‘indisidan tashkil topgan. Asosan normal qon ishlab chiqarish uchun,
MNS (markaziy nerv sistemasi) ishini yaxshilash, nerv simvoli regeneratsiyasi uchun zarur. Etishmaganda anemiya kasalligi kelib chiqadi.
Vitamin A bu guruxga bir qancha biologik aktiv moddalar kiradi
va ular faqatgina hayvonlardan olinadigan mahsulotlarda uchraydi.
Vitamin A organizmning o‘sishiga yordam beradi, normal ko‘rinishni
ta’minlaydi, terining bir me’yorlik vazifasini oshiradi. Gipovitaminoz
holatining belgilariga shapko‘rlik, sariq va ko‘k ranglarni qabul
qilmaslik holatlari kiradi. Teri quruq holga kelib, katak hosil bo‘ladi va
infeksiya kirishi uchun sharoit yaratiladi.
Vitamin D - shu guruhga kiruvchi D-g, D-3 vitaminlarini biriktiradi. Vitamin «D» etishmasligi qonda fosfor va kalsiy miqdorining kamayib ketishiga sabab bo‘ladi. Natijasida suyak to‘qimasi bo‘shashib, mort bo‘lib qoladi. Bu hol bolalarda raxit bilan namoyon bo‘lib, oyoq
suyaklari qiyshayadi, tish kariesi kelib chiqadi.
Vitamin E - spermatogenezni jadal ketishiga, homilaning o‘sishiga va homiladorlikni me’yorda kechishini ta’minlaydi. Vitamin E organizmda oksidlanish jarayonida ishtirok etib, yog‘da vitaminlarning yig‘ilishiga yordam beradi va mushaklarda oksidlanishning borishida ishtirok etadi.
Vitamin K - jigarda protrombinning hosil bo‘lishida zarur.
Vitamin K etishmasligi qonning ivish hususiyatini sekinlashtiradi.
Oshqozon va ichak silliq mushaklarni peristaltikasini oshiradi.
Kalsiy va fosfor-suyak sistemasining asosini tashkil qiladi. Suyak
va tishlarning 98%i bu elementlardan iborat. Ovqatda kalsiyning
etishmasligi suyakning qotish jarayonini sekinlashtiradi va bu holat
bolalarda raxit va kattalarda suyakning yumshashish holida namoyon
bo‘ladi. Kalsiy yurak mushaklarning normal vazifasini, asab sistemasining qo‘zg‘atuvchanligini, fermentlar faoliyatini
jadallashtirishda, qonning ivishini tezlashishida ishtirok etadi. Kunlik
ehtiyoj 800 -1200 mg. Ovqat mahsulotlari ichida sut va sut mahsulotlari kalsiyga boy.
Fosfor – MNS faoliyatida moddalar almashinuvi, jumladan, yog‘ va oqsil almashinuvi, membranali to‘qimalar ichidagi sistemada xamda mushakdagi moddalar almashinuvida axamiyati katta. Kunlik ehtiyoj 1200 - 1800 mg.
Magniy – asab sistemasi qo‘zg‘alishini muvozanatda saqlaydi,
qon tomirlarini kengaytiradi, ichak peristalkasini oshiradi, o‘t pufagini
qisqartirib, o‘t ajralishini yaxshilaydi. Kunlik ehtiyoj 500 mg. Kaliy – organizm faoliyatida suyuqlikni xaydaydi, to‘qimalarda modadalar almashinuvi jarayonida, fermentlar hosil bo‘lishida qatnashadi. Kunlik ehtiyoj 300 - 500 mg.
Natriy – to‘qimalarda va to‘qimalararo almashinuv jarayonlarida qatnashadi. U limfa va qon zardobi tarkibiga kiradi. Organizmda kuzatiladigan kislota-ishqor muvozanatini ta’minlash uchun
bufer sistema hosil bo‘lishida ahamiyati katta. Kunlik ehtiyoj 4,6g, bu 10-15 g osh tuzi hisobiga qoplanadi.

Download 76.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling