Mavzu: Oxirgi uzatmalar va g’ildirak oldi reduktorlari konstruksiyasi


Download 0.7 Mb.
Sana17.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1523217
Bog'liq
5-MA’RUZA

03.10.2022 MAVZU: OXIRGI UZATMALAR VA G’ILDIRAK OLDI REDUKTORLARI KONSTRUKSIYASI

  • REJA:
  • OXIRGI UZATMANING VAZIFASI.
  • OXIRGI UZATMALARNING TURLARI.
  • OXIRGI UZATMALARNING TUZILISHI.

OXIRGI UZATMANING VAZIFASI

  • Oxirgi uzatmaning vazifasi qo’shimcha ravishda yetaklovchi g’ildirak yoki aylanishlar sonini ya’ni chastotasini pasaytirish xisobiga undagi burovchi momentni oshirib berishdan iborat.
  • G’ildirakli traktorlarda oxirgi uzatma differensial mexanizmidan keyin o’rnatilib, u ketingi ko’prik ko’rpusining ichida joylashgan bo’ladi. Ko’pincha yetakchi g’ildirakka kelayotga burovchi momentni yana xam orttirish va yo’l oralig’ini ko’paytirish kerak bo’ladi. U holda g’ildirakli traktorga yana bitta qo’shimcha oxirgi uzatma qo’yiladi.

OXIRGI UZATMA. 1-OXIRGI SHESTENIYA; 2- BURISH MEXANIZMI; 3- OXIRGI UZATMA.

OXIRGI UZATMALARNING TURLARI 

  • Oxirgi uzatmalar oddiy va ikki pog’anali bo’lishi mumkin. Oddiy oxirgi uzatma ikkita slindrsimon shesternalar juftidan iborat. Odatda ulardan kichkinasi etakchi, kattasi etaklanuvchi bo’ladi. Bunday oxirgi uzatmalar asosan zanjirli traktorlarda qo’llaniladi.

OXIRGI UZATMA. 1-QUYOSH SHESTERNASI; 2-TOJSIMON SHESTERNA; 3,11-VALLAR; 4-TIQIN; 5,8,9-G’ILOF; 6-BARMOQ; 7-SATALITLAR; 10-MAXKAMLAGICH; 12-ROLIKLI PODSHIPNIK; 13,18-SHESTERNA; 14-IKKIYOQLAMA SHESTERNA; 15-O’Q; 16-STAKAN; 17-ETAKCHI G’ILDIRAK; 19-YARIM O’Q; 20-GIDROSILINDR; 21-TEPKI ; 22-TIRGAK; 23- TORTQI.

IKKI POG’ANALI OXIRGI UZATMA

  • Birinchi pog’ananing karterida bir juft slindrsimon shesternalar joylashtirilgan. Ikkinchi pog’ananing karteri ketingi ko’prikning tashqarisiga yarim o’qlarning ko’rpusiga qotirilgan. Unda ham bir juft slindirsimon shesternalar joylashtirilgan.
  • Yo’l oralig’ini o’zgartirish uchun ikkinchi pog’ananing karteri yarim o’qlarning ko’rpusiga har hil burchakda qotirilishi mumkin.
  • Ko’p hollarda ikinchi pog’ana shesternalari ikkita emas uchta bo’lishi mumkin, ya’ni ikkita shesterna orasiga yana bitta shesterna qo’yilishi mumkin. Shunday tuzilishga ega bo’lgan oxirgi uzatmani ikkinchi pog’anasi T- 28X4M VA MTZ-80X traktorlarida qo’llanilgan.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling