Mavzu: O’Z – O’zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy madanyatni boshqarish tizimlari


Download 217.5 Kb.
bet3/13
Sana21.04.2023
Hajmi217.5 Kb.
#1368569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
O’Z – O’ZINI BOSHQARUV TASHKILOTLARIDA JISMONIY MADANYATNI BOSHQARISH TIZIMLARI.

Kurs ishining predmeti: Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fani mutaxassislikka yo‘naltirilgan o‘quv predmeti sifatida jismoniy tarbiya mutaxassislari uchun fundamental bilimlar tizimi, inson jismoniy barkamolligi va unga erishish hamda boshqarishning umumiy qonuniyatlarini o‘rgatadi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi ilmiy fan tarzida jismoniy tarbiyaga oid mavjud faktlarni izohlab beradi va umumlashtiradi. Amaliy fan sifatida insonni jismoniy kamolotining vositalari, jismoniy tarbiyasi shakllari va uning usuliyatlari haqidagi amaliy, nazariy bilimlarni beradi, xayotiy-zaruriy xarakat malakalari va ko‘nikmalari zahirasini oshiradi.
Kurs ishining manbasi: Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining rivojlanishi va takomillashi uchun quydagilar asosiy manba hisoblanadi:

  • mamlakatimizda jismoniy madaniyat va sportni yuksaltirishning yo‘llari va hozirgi payitdagi ahvoli haqidagi hukumat qarorlari, qonunlari;

  • jamiyatning rivojlanishi davomida insonni har tomonlama kamol toptirish haqidagi progressiv ta’limotlar. Bu ta’limotlar insonning har tomonlama rivojlanishi huquqinigina ovoza qilish bilan kifoyalanmay, uning mazmuninig ochishga urinish hamda shu g‘oyalarni amalga oshirish yo‘llarini nazariy, amaliy jihatdan asoslashdan iboratdir;

  • jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati sohasi bo‘yicha olib borilgan va olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va boshqa aralash fanlarning jismoniy tarbiyaga oid to‘plagan nazariy, amaliy bilimlari tizimi;

  • ijtimoiy turmush tarzi uning hayotiy amaliyoti tajribasi, jamiyatning yuqori jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lgan kishilarga bo‘lgan talabini qondirish bo‘yicha to‘plangan amaliy tajribalar;

-jamiyat a’zolarini jismoniy tarbiya qonuniyatlarini bilishi va shu asosda inson jismoniy kamoloti tizimini tuzish va uni boshqarishga oid bilimlar;
-mavjud jamiyat ma’naviyatining bir bo‘lagi hisoblangan jismoniy
tarbiya tizimiga jismoniy madaniyat kontseptsiyalari;

  • jismoniy tarbiya amaliyoti manba sifatida nazariy qoidalarning hayotiyligini tekshiradi, amaliyotdagi tug‘ilgan original g‘oyalardan foydalanadi va ular esa tarbiya nazariyasi va usuliyatini boyitadi;

  • arxiv materiallari, shaxsiy kuzatish natijalari (kundaliklar, sportchilar va ularning murabbiylarining rejalari, musobaqa bayonnomalari, konspektlar, ma’ruza matnlari va h.k.lar) jismoniy tarbiya nazariyasini boyitadi va unga manba bo‘lib xizmat qiladi;


Download 217.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling