Mavzu: O’Z – O’zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy madanyatni boshqarish tizimlari


Jismoniy tarbiya va sprt ishlarini tashkil qilishdagi ishtiroki va boshqarish


Download 217.5 Kb.
bet5/13
Sana21.04.2023
Hajmi217.5 Kb.
#1368569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
O’Z – O’ZINI BOSHQARUV TASHKILOTLARIDA JISMONIY MADANYATNI BOSHQARISH TIZIMLARI.

1.2 Jismoniy tarbiya va sprt ishlarini tashkil qilishdagi ishtiroki va boshqarish
Jismoniy tarbiya va sport ishlariga rahbarlik qiluvchi bo’limlar, kabinetlar asosan quyidagi faoliyatlarni amalga oshirishda rahnamolik qiladilar:

  1. O’quvchi yoshlarning jismoniy kamolotini oshirish, ularni mehnat va hayotga tayyorlash, bunda jismoniy mashq-lar bilan mustaqil shug’ullanishni o’rgatish.

  2. Sog’lom turmush tarzida jismoniy tarbiya va sport-ning mohiyatini, o’rnini ongli ravishda tushunishlariga erishish.

  3. Jismoniy tarbiya darslari, sport mashg’ulotlari va turli musobaqalarda qatnashish yo’li bilan o’zlarining jismoniy sifatlarini tarbiyalash, jamoa (komanda) ahilligi, o’zaro hurmat va g’oliblik, kurash yo’llarini o’rgatish.

  4. Jismoniy tarbiya vositalari orqali mehnatga tay-yorgarlik va Vatan himoyasi uchun o’z kuch va qudratlarini oshirishga odatlantirish. Bunda «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlarini to’la bajarishlariga erishish.

  5. Sport cho’qqilarini egallashga chorlash, xalqaro sport maydonlarida respublika obro’yini ko’tarish tuyg’ulari-ni kuchaytirish va vatanparvarlik fazilatlarini rivoj-lantirish.

  6. Bo’lajak kasbga tayyorlash va qaysi kasb-hunar bo’lma-sin, o’z sog’liqlarini mustahkamlashga intilish, kelajakda sog’lom avlod uchun kurash yo’llarini egallash va hokazolar.

Ana shu faoliyatlar o’quv yurtlarida qanday amalga oshi-rilayotganligi bilan faqat mutasaddi tashkilotlargina emas, balki juda ko’p mutaxassislar, ilmiy xodimlar ham qiziqadi. Ana shularni e’tiborga olgan holda maktab o’quv-chilarining jismoniy tarbiya va sportga bo’lgan qiziqish-lari hamda ularning jismoniy tayyorgarliklarini o’rga-nish maqsadida maxsus izlanish va tadqiqot ishlarini olib borish davom etmoqda. Bu tadqiqotlar Davlat sport qo’mitasi va O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya insti-tutining 1991-1995; 1996-2000 hamda 2005 yilgacha mo’ljal-langan ilmiy-tadqiqot ishlari rejalarining birinchi yo’nalishi va ilmiy hisobotlarida o’z ifodaeini topgan. SHuningdek, bir qator o’quv qo’llanmalari, uslubiy tav-siyanomalar, monografiyalar, ilmiy maqolalar e’lon qilindi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonla-ri va Vazirlar Maxkamasining "Kadrlar^tayyorlash mil-liy dasturi"ni amalga oshirish yo’lida O’zbekiston Res-publikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi yetakchi hisoblanadi. Muassasaviy mansublikdan qatьiy nazar, barcha o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarining o’quv rejala-ri, dasturlari, shu vazirliktomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. SHular qatorida o’quvchi-yoshlar va talaba-larningjismoniy tarbiya darslari, ommaviy sog’lomlash-tiruvchi sport tadbirlariga ham umumiy qoida va talab-lar asosida rahbarlik shu vazirlik tomonidan amalga oshiriladi. O’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarining jismoniy tar-biya va sport mashg’ulotlarini tashkil qilishda ularga rah-barlik tartibi, «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»-gi, «Ta’lim to’g’risida»™ qonunlar hamda davlat ta’lim standartlarida ko’rsatilgan umumiy qoidalar asosiga taya-niladi. Eng muhimi «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari talablarini amalga oshirish ko’zda tutiladi. Bunda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tizimi tarkibida-gi bir qator maxsus bo’limlar va tashkilotlar faoliyat ko’rsatadi. Bular quyidagilar:
1. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining «Jismo-niy tarbiya va sport» bo’limi.
2. Oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlaridagi jismoniy tarbiya kafedralari va sport klublari.
Ularning faoliyatiga ko’maklashuvchi sport jamiyatla-ri ham mavjud, ya’ni:

        1. Respublika Oliy o’quv yurtlari talabalarining «Ta-laba» sport uyushmasi, uning viloyatlardagi tarmoqlari /sport klub, bo’limi va hokazolar/.

        2. Respublika o’quvchi-yoshlarining «Yoshlik» sport ja-miyati, uning joylardagi sport klublari.

O’rta maxsus va oliy o’quv yurtlaridagi jismoniy tarbiya mashg’ulotlari asosan quyidagi vazifaparni hal etish-ga qaratilgandir:

  1. O’quvchi-yoshlar va talabalarning sog’lig’ini mustahkamlash, jismoniy va ma’naviy kamolotini yuksaltirish, iqtidorli sportchilarning mahoratini oshirish bilan bog’liq barcha tadbir hamda faoliyatlarni ta’minlash.

  2. Bo’lajak kasb-hunar yo’nalishi asosida jismoniy tarbiya va sportning nazariy bilimlari, amaliy ko’nik-malari hamda ommaviy sport tadbirlarini tashkil qilish usullari bilan qurollantirish.

Ma’lumki, ijtimoiy mehnat va turmush sharoiti bi-lan bog’liq sohalar juda ko’p. Ular malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni taqozo etadi. Bu yo’lda kasb-hunar kollejlari, turli yo’nalishdagi bilim yurtlari o’z fao-liyatlarini davom ettirmoqda. SHu bilan birgaliqda, Dav-lat ta’lim standartlari hamda «Kadrlar tayyorlash mil-liy dasturi» asosida yangidan kollejlar, litseylar, gim-naziyalar tashkil etilmoqda. Bunday o’quv yurtlarida jismoniy tarbiya darslari va ommaviy sport turlari bir-muncha ustuvor turadi. Ularni uyushtirish va tashkiliy ma-salalar umumiy qoidalar hamda maxsus Nizomlar asosida olib boriladi. Ularning «Barkamol avlod o’yinlari» sport musobaqalari asosiy tadbirlardan biridir. Yuqorida qayd etilgan Xalq ta’limi va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklari tizimining barcha turdagi hamda toifadagi o’quv maskanlari, muassasalarida «Jis-moniy tar^biya» darslari davlat dasturi asosida tashkil etiladi. Uquvchi-yoshlar va talabalarning «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari talablari hamda ommaviy sog’-lomlashtiruvchi sport tadbirlari sog’lom avlod tarbiyasi, ularning ma’naviy va jismoniy jihatdan barkamol bo’lib o’sishlarini ta’minlashga qaratilgandir. Ularning Uni-versiadalari eng muhim ommaviy sport tadbirlari tar-kibiga kirib bormoqda. Xalq ta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirlik-lari o’z faoliyatlarini o’quvchi-yoshlarni kasb-hunarga yo’naltirish, bo’lajak mutaxassislarni jismonan barka-mol qilib tarbiyalab yetishtirish maqsadiga qaratganlar4.

Download 217.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling