Mavzu: O’Z – O’zini boshqaruv tashkilotlarida jismoniy madanyatni boshqarish tizimlari


Download 217.5 Kb.
bet7/13
Sana21.04.2023
Hajmi217.5 Kb.
#1368569
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
O’Z – O’ZINI BOSHQARUV TASHKILOTLARIDA JISMONIY MADANYATNI BOSHQARISH TIZIMLARI.

II. BOB. Jismoniy madanyatni boshqarish tizimlari
2.1 Jismoniy madanyatni boshqarish tizimlari
O’zbekistonning mustaqilligi sharoitida davlat va aholining osoyishtaligini ta’minlash, uni astoydil himoya qilishga e’tibor tobora kuchayib bormoqda. Bunda Ichki ishlar vazirligi xodimlari eng muhim faoliyat ko’rsatuvchi tashkilot hisoblanadi. Bu sohada kadrlarni tayyorlash, ularning nazariy bilim, amaliy ko’nikmalarini oshi-rishda jismoniy tarbiya va sport muhim rol o’ynaydi.Ichki ishlar vazirligi xodimlarini tayyorlovchi o’rta maxsus o’quv yurtlari va Akademiyasi mavjud bo’lib, o’quv rejalarida jismoniy tayyorgarlik va sport mahoratla-rini oshirish maqsadida maxsus darslar tashkil etiladi. SHu bilan birgalikda, sport turlari bo’yicha jamoalar tuziladi va sport musobaqalari tashkil etiladi. Sport tayyorgarligi va ommaviy sport turlari bo’yicha o’tkaziladigan barcha tadbirlar «Dinamo» sport jamiyati tomonidan olib boriladi. Viloyatlar va yirik shaharlar-da «Dinamo» sport-klublari faoliyat ko’rsatib, ularga ichki ishlar xodimlari va iqtidorli sportchilar jalb etiladi.
Mudofaa vazirligi tizimida jismoniy tarbiya va sport ishlari
Mudofaa vazirligi tizimida zobitlar (ofitserlar) va shaxsmy tarkibdagi harbiylarni jismoniy, harbiy-jis-moniy hamda texnik jihatdan chiniqtirish, tarbiyalash asosiy faoliyatlar tarkibiga kiradi. SHu jihatdan har-biy Akademiya, havo, tank, avtomobil va boshqa sohalar-dagi Oliy hamda o’rta bilim yurtlarida jismoniy tarbiya bo’yicha mashg’ulotlar muntazam o’tkazilib, sport mashg’u-lotlari va musobaqalar tashkil etiladi. Harbiy qism-lardagi sport tadbirlari, harbiylarning jismoniy tarbiya mashg’ulotlari maxsus yo’riqnomalar (instruktsiyalar) asosida olib boriladi. Mudofaa vazirligi tarkibida mavjud bo’lgan Marka-ziy harbiy sport klubi (MHSK) zobitlarning harbiy jiemoniy tayyorgarligini oshirish va sport mashg’ulotla-rini tashkil etish uchun xizmat qiladi. Klub terma jamoa-lar tuzib, harbiy tashkilotlar respublika va boshqa sport musobaqalarida ularning qatnashishini ta’minlaydi.

Download 217.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling