Kurs ishning maqsadi: O’z ustida ishlashni tashkil etishda tarbiyachi ishini ilmiy-nazariy jihatdan pedagogik asoslash.
Kurs ishining vazifalari:
mavzuga oid pedagogik, psixologik, falsafiy yo`nalishidagi manbalarni o`rganish, tahlil qilish va umumlashtirish;
O’z ustida ishlashni tashkil etishda maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisining tutgan o’rnini asoslash;
tarbiyachi faoliyatida o’z ustida ishlashni tashkil etishning rivojlanish darajasini aniqlash;
mavzu yuzasidan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishining metodologik asosi. O`zbekiston respublikasining “Ta'lim to`g`risida”gi va “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunlari, Prezidenti SH.Mirziyoev tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlar, nutq va ma'ruzalarda maktabgacha ta’lim sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlar, O`zbekiston respublikasi Hukumatining maktabgacha ta'limni sifat va samaradorligini ta'minlashga qaratilgan me'yoriy Hujjatlari, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, O‘zbekiston respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 2019 yil 19 mart kuni bo’lib o’tgan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi (2020 yil), mavzuga oid ilmiypedagogik, psixologik, metodik manbalar.
Kurs ishining amaliy ahamiyati: tadqiqot jarayonida ilgari surilgan fikrlar, yondashuvlardan hamda samaradorlikni ta’minlovchi tadqiqot natijalari uzluksiz ta’lim tizimida tadqiqot olib boruvchilarga, shuningdek maktabagacha pedagogika fani bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, qo‘llanmalar, metodik tavsiyalar yaratish, ish tajribalarni ommalashtirishga xizmat qiladi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: ish kirish, 4 bo`lim, umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |