Mavzu: O’z ustida ishlashni tashkil etish reja kirish asosiy qism


Download 74.48 Kb.
bet9/10
Sana16.06.2023
Hajmi74.48 Kb.
#1513227
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2. O’Z USTIDA ISHLASHNI TASHKIL ETISH. 2023

XULOSA
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib va tadqiqot natijalariga tayanib, quyidagi xulosalarga kelindi:
Tarbiyachi yosh avlodimizni xalqimizning munosib farzandlari qilib tayyorlashdek muhim, faxrli ish bilan birga mas'uliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining ijtimoiy-siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq hamda jamiyat oldidagi o’z mas'uliyatini anglashga, ta'lim-tarbiya vazifalarini ijodiy yondashishga, o’z mahoratini doimo takomillashtirib borish va ishdagi o’rtoqlarini o’sishiga yordam beradi.
Bugungi kun talabi tarbiyachi kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarning egallashi va ularni amalda yuqori darajada qo’llay bilishi, bir so’z bilan aytganda kasbiy kompetentlikka ega bo’ilshi talab etmoqda.
Tarbiyachi mutaxassis sifatida:

    • aniq maqsad, intilish asosida pedagogik jarayonni takomillashtirish;

  • pedagogik jarayon samaradorligini, o’zining ishchanlik faolligini oshirish;

  • izchil ravishda yangilanib borayotgan pedagogik bilimlarni o’zlashtirish;

  • ilg’or texnologiya, metod hamda vositalardan xabardor bo’lish;

  • faoliyatiga fan-texnikaning so’nggi yangiliklarini samarali tatbiq etish;

    • kasbiy va malakalarini takomillashtirish;

    • ko’nikma salbiy pedagogik nizolarning oldini olish, bartaraf etish choralarini izlash yo’lida olib boradigan amaliy harakati uning o’z ustida ishlashini ifodalaydi.

Tarbiyachining kreativlik sifatlariga ega bo’lishi uning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvatini kasbiy faoliyatni sifatli, samarali tashkil etishga yo’naltiradi. Binobarin, kreativlik sifatlariga ega pedagog kasbiy faoliyatini tashkil etishda ijodiy yondashish, yangi, ilg’or, bolalarning o’quv faoliyatini, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan g’oyalarni yaratishda faollik ko’rsatish, ilg’or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o’rganish, shuningdek, hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida doimiy, izchil fikr almashish tajribasiga ega bo’lishga e'tibor qaratadi.
Tarbiyachining innovatsion faoliyati – o’z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konsepsiyasini shakllantirish. Ushbu rejani amalga oshirish va tahlil qilish, samaradorlikka baho berishni qamrab oladi. Innovatsion jarayonlari, ularning funksiyalari, rivojlanish qonuniyatlarining pedagogik asoslarini o’rganish o’quv jarayonini zamonaviy pedagogika va psixologiya fanlari yutuqlari asosida, jahon standartlari darajasida tashkil etish imkonini beradi.


Download 74.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling