Mavzu: O’z ustida ishlashni tashkil etish reja kirish asosiy qism


Download 74.48 Kb.
bet1/10
Sana16.06.2023
Hajmi74.48 Kb.
#1513227
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2. O’Z USTIDA ISHLASHNI TASHKIL ETISH. 2023


MAVZU: O’Z USTIDA ISHLASHNI TASHKIL ETISH


REJA

  1. KIRISH

  2. ASOSIY QISM

1. Yosh avlod kamolotida maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining tutgan o’rni.

  1. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining o`z ustida ishlash va o`z-o`zini tarbiyalashning psixologik-pedagogik asoslari

  2. Tarbiyachichi faoliyatida o’z-o’zini anglashning psixologik xususiyatatlari

  3. O'zini o'zi tarbiyalash - o'zini o'zi boshqarish usullari va usullari

III. XULOSA
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik O`zbekistonimizning ravnaqi bugungi yosh, yangi avlodning har tomonlama to`llaqonli, barkamol shaxs sifatida shakllanishiga ko`p jihatdan bog`liqdir.
Maktabgacha yosh - har bir inson hayotida o`chmas, yorqin vaqtdir. Aynan shu davrda bolaning turmushidagi etakchi sohalar odamlar, tabiat, narsalar olami bilan aloqada o`rnatiladi; madaniyatni, umuminsoniy qadriyatlarni bila boshlaydi, salomatligiga zamin tayyorlanadi. Maktabgacha bolalik shaxsning shakllanishi, bolaning o`z-o`zini bilishi asoslari shakllanishi yuz beradigan davr. Zero, Prezidentimiz SH.M.Mirziyov 2016-yil 29-dekabrdagi “2017-2021-yillarda Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilab qo‘yilganidek, bundan buyon yosh bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrovini oshirish va ushbu muassasalar soni ko‘payishini inobatga olgan holda undagi ta’lim-tabiyaning sifati hamda samaradorligini oshirish kun tartibidagi dolzarb masala bo‘lib qoladi.1
Maktabgacha tarbiyaning vazifasi bola taraqqiyotini tezlashtirish, uni tezroq o`quvchi qilib qo`yish emas, balki eng avvalo har bir bola o`z imkoniyat va qobiliyatlarini namoyon qilishga sharoit yaratishdan iborat.
Inson butun hayoti davomida turli masalalarga va muammolarga ro`baro` keladi va ularni echimini izlashda u tafakkurning turli qirralaridan foydalanadi. Ba'zida esa biron bir holat, muammo yoki masalani bir necha xil yo`llar bilan hal etish mumkin. Bunday holatda ham inson o`z tafakkuriga tayanib o`ziga qulay echimlardan birini tanlaydi. Insonning masalalar echimida qaysi yo`llardan foydalanishini o`rgangan holda, uning tafakkurining qay bir turi yaxshiroq rivojlanganligini aniqlash mumkin.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama tarbiyalab, voyaga etkazishda tarbiyachining roli katta ahamiyat kasb etadi. Bu borada bola shaxsiga ijodiy yondashishda bir qator psixologik-pedagogik talablar mavjud:

    • bolaning o`zini tutishi va faoliyatini kompleks baholash, bunda imkon qadar ko`proq bolaning qobiliyatlari va turli axborot manbalaridan foydalanish;

    • identifikatsiyalash (o`xshatish) jarayonining davomiyligi (turli vaziyatlarda bolaning o`zini tutishini kuzatish);

    • bolaning qiziqish va layoqatlariga mos keladigan faoliyat doirasida o`zini tutishini tahlil etish (maxsus tashkil etilgan o`yin-mashg`ulotlarga jalb etish);

    • bolaning faoliyatiga ekspert baho berish (rasmlari, yozgan she'rlari, texnik modellari, matematik masalalarni echish usullari.), bunda yuqori malakali sohaga oid ekspert-mutaxassislarni (matematiklar, filologlar, shaxmatist va muhandislar)taklif etish.

    • har bir bolaning individualligini hisobga olgan va turli psixodiagnostik metodikalarni qo`llagan holda tashxis qilishning ko`p bosqichli va takroriy usullaridan foydalanish;

    • tashxis ishlarini real hayot va faoliyat doirasida (kuzatish, suhbat, o`qituvchilar va ota-onalarning ekspert bahosi )amalga oshirish.

Bolalar maktabga borar ekanlar ularning tasavvur eta olish tafakkuri juda baland darajaga bo`ladi. Lekin bu bolaning aqliy rivojlanishi bilan shug`ullanish kerak emas, degan gap emas. Bola hali ko`p narsalarni o`rganishi va tafakkuri rivojlanishida davom etadi. Shu sababli maktabgacha o`tilgan mashg`ulotlar maktab davrida bolaga foydalidir.

Download 74.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling