Mavzu: Oʻzbek adabiyotini
Download 0.82 Mb.
|
3-ma\'ruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Identiv o‘quv maqsadlari: “Metod
- Tarmoqlar” metodi
- Elpig’ich” metodi
- Refleksiya” metodi xususiyatlari
Asosiy savollar:
Ta’lim metodi tushunchasining mohiyati. O‘qituvchi faoliyatini tashkil etish diqqat markazida bo‘lgan va o‘quvchilar faoliyati birlamchi o‘rinda turishi ko‘zda tutiladigan ta’lim metodlari. Ta’lim mazmunini o‘zlashtirishga ustuvorlik berilgan ta’lim metodlari. Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: metod, ko‘rgazmali bayon metodi, dasturlash, evristik, muammoli, modelli ta’lim metodi. 1-asosiy savol bo‘yicha darsning maqsadi: Ta’lim metodi tushunchasi pedagogik kategoriya sifatida ko‘zda tutilgan o‘quv-tarbiyaviy jarayonning umumiy maqsadiga erishishning yo‘li ekanligi haqida talabalarga ma’lumot berish Identiv o‘quv maqsadlari: “Metod” atamasi haqida ma’lumot beradi. Interfaol metodlar haqida so‘zlaydi Ta’lim metodlarining afzallik va kamchilik tomonlarini izohlaydi 1-asosiy savolning bayoni: “Metod” atamasi yunoncha “methodos” so‘zidan olingan bo‘lib, yo‘l; tadqiqot, o‘qitish, bayon etish usuli; xatti-harakat usuli; usul, usullar yig’indisi ma’nolarini anglatadi. Metod pedagogik kategoriya sifatida ko‘zda tutilgan o‘quv-tarbiyaviy jarayonning umumiy maqsadiga erishishning yo‘llarini anglatadi. O‘qitish jarayonida metod qo‘llanishi uchun a) o‘quvchilar, b) o‘qituvchi, v) o‘zlashtiriladigan mazmun yoki erishiladigan natija kabi uch unsur bo‘lishi kerak. Interfaol metodlar esa pedagogik sharoitda barcha ishtirokchilarning o‘zaro ta’siri, hamkorligi yordamiga ehtiyojni yuzaga keltiruvchi aniq natijaga erishishda vaqt va inson resurslaridan maqsadli foydalanishga asoslangan usullardir. Interfaol usullar “Xamsa” asarini o‘rgatishga bag’ishlangan mashg’ulotlar samaradorligini ta’minlashda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Quyida shu usullarning ayrimlariga xos xususiyatlarga qisqacha to‘xtalamiz. “Tarmoqlar” metodi – o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga odatlantirish, ularning fikr doirasini kengaytirish, adabiyotlardan mustaqil ravishda foydalanishga o‘rgatishga qaratilgan. Fikrlarning tarmoqlanishi — bu pedagogik strategiya bo‘lib, u o‘quvchilarning biror mavzuni chuqur o‘rganishlariga yordam berib, ularni mavzuga taalluqli tushuncha yoki fikrlarni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog’langan holda tizimlashtirishga o‘rgatadi. Bu metod biror mavzuni chuqur o‘rganishdan avval o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, o‘tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o‘zlashtirish, umumlashtirish hamda shu mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning tasavvurlarini chuqurlashtirishga xizmat qiladi. Bu usuldan “Farhod va Shirin” dostonidagi obrazlarga tavsif berishda foydalanilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ya’ni tarmoqning birinchi bo‘g’inida obraz nomi, keyingi boylamida ushbu obrazga xos sifatlar keltirildi. “Elpig’ich” metodi. Murakkab, ko‘p tarmoqli bu usul muammo xarakteridagi mavzularni o‘rgatishga qaratilgan. Ushbu usulning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo‘yicha birato‘la axborot beriladi. Ayni paytda, ularning har biri alohida muhokama etiladi. Masalan, asar qahramonining yutuq va kamchiliklari, fazilat va ayblari, biror bir voqea-hodisaning sababi va oqibatlari belgilanadi. Bu interfaol usul o‘quvchida tanqidiy, tahliliy, mantiqiy fikrlash va o‘z g’oyalarini yozma hamda og’zaki shakllarda ixcham bayon etish, himoya qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. “Elpig’ich” usuli umumiy mavzuning ayrim jihatlarini muhokama qiluvchi kichik guruhlar va ulardagi har bir ishtirokchining faol ishlashini ta’minlashga qaratilgan. Ushbu metod asarni o‘rganishning turli bosqichlarida qo‘llanilishi mumkin. 1. Asar bilan tanishish bosqichida o‘quvchilar bilimini faollashtirish, ya’ni yodga solish, foydalaniladigan holatga keltirish uchun. 2. Mavzuni o‘rganish jarayonida uning asoslarini chuqur anglab etish maqsadida. 3. Yakunlash bosqichida olingan bilimlarni tartibga solish niyatida. Ushbu usulning “elpig’ich” deb nomlanishiga sabab shuki, bu metodni ishlatish jarayoni chizma shaklda ifodalansa, elpig’ichga o‘xshab ketadi. 9-sinfda Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonini mustahkamlash qismida o‘qituvchi shu metoddan foydalanib o‘quvchilarning fikrlarini yozma shaklda ixcham bayon etish topshirig’ini beradi. Topshiriq ikki turda bajariladi. Darslikda berilgan matnga tayangan holda “Farhoddan o‘rganganlarim” (yaxshi fazilatlar), “Farhodga maslahatlarim” kabi ikki yo‘nalishdagi faoliyat amalga oshiriladi. “Farhoddan o‘rganganlarim” (yaxshi fazilatlar) va “Farhodga maslahatlarim” topshiriqlari o‘quvchilar tomonidan o‘qituvchi rahbarligida “elpig’ich” usulida mustaqil tarzda bajarilsa, quyidagi shakl yuzaga keladi. “Muloqot” o‘quv-munozara shaklida o‘tkazishga mo‘ljallangan usul bo‘lib, o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, o‘z fikrlarini erkin bayon etishga yo‘naltiradi hamda ularda muloqot madaniyatini shakllantiradi. Ushbu usul ham hamkorlikka asoslanadi, ya’ni mashg’ulotlar o‘quvchilarning kichik guruhlarida bo‘lishini ko‘zda tutadi. Ushbu usulni adabiyot darslarida qo‘llashdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarning asarga bo‘lgan munosabatini aniqlash, mustaqil holda umumiy fikrga kelishlariga va to‘g’ri xulosa chiqarishlariga yordam berish, erkin bahslashishlariga sharoit yaratish hisoblanadi. “Refleksiya” (o‘z tuyg’u va xatti-harakatlarini baholash ma’nosini bildiradi) usulini qo‘llaganda o‘qituvchi o‘quvchilar oldiga o‘z fikrini mantiqan jamlab, bitta jumla bilan ifodalash talabini qo‘yishi lozim, aks holda, o‘quvchilar uzundan-uzoq gapirib, o‘qish jarayonini “refleksiya” emas, balki suhbat-munozaraga aylantirib yuborishi mumkin. “Refleksiya” uchun ikki holat xosdir: a) butun asar haqidagi fikrni bitta jumlaga jamlab ifodalay olish; masalan, “Saddi Iskandariy” dostonini tahlil qilishni o‘rgandim” yoki “Dostondagi eng muhim ijtimoiy-siyosiy masalalarni bilib oldim”, yoxud “Iskandar obrazining ijobiy sifatlarini aniqlab oldim”; b) vaqt tig’izligi uchun zanjirsimon tarzda navbati bilan hammaga so‘z berilganda, har bir o‘quvchidan fikrini 33 soniyada aytib olish talab etiladi. O‘quvchilar zanjirsimon tarzda o‘z fikrini ayta boshlaganda uchinchi o‘quvchidan keyingilarning fikrlari yangilik bo‘lmay, oldingilarni takrorlab qolishi mumkin. O‘qituvchi fikrlarning qaytarilishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Demak, har bir o‘quvchi tezlik bilan oldin tayyorlagan javobni o‘zgartirishi, buning uchun boshqa o‘quvchilarning javoblarini eshitib tushuna bilishi lozim bo‘ladi. “Refleksiya” metodi xususiyatlari
Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling