Mavzu: O‘zbek bolalar adabiyotining taraqqiyot xususiyatlari
(1940-1980-yillar)
“Yulduz” taxallusi bilan bilim yurti dеvoriy gazеtasida dastlabki shе’riy mashqlarini e’lon qilib turgan bolalar shoiri kim edi?
|
Sulton Jo‘ra
|
Tursunboy Adashboyev
|
Ilyos Muslim
|
Quddus Muhammadiy
|
Anvar Obidjon
|
Mavzu: O‘zbek bolalar adabiyotining taraqqiyot xususiyatlari
(1940-1980-yillar)
Qaysi shoirning shogirdi ustozi haqida: Studеntlar o‘rtasida: “Kimda-kim …………..dan ta’lim olsa, u albatta, tilchi, adabiyotshunos, yoki shoir bo‘lib yеtishadi”, dеgan gap yurar edi”,- deya xotirlaydi?
|
Sulton Jo‘ra
|
Quddus Muhammadiy
|
G‘afur G‘ulom
|
Zafar Diyor
|
Shukur Sa’dulla
|
Mavzu: O‘zbek bolalar adabiyotining taraqqiyot xususiyatlari
(1940-1980-yillar)
Hoy, mard o‘rtoq, mard o‘rtoq,
Qara, shuncha keng o‘tloq,
Suvsizlikdan dili tog‘…
Chamanzorga aylantir,
Mangulikka shodlantir.
Misralarining muallifini ko‘rsating.
|
Zafar Diyor
|
Anvar Obidjon
|
Ilyos Muslim
|
Sulton Jo‘ra
|
Tursunboy Adashboyev
|
Mavzu: O‘zbek bolalar adabiyotining taraqqiyot xususiyatlari
(1940-1980-yillar)
“O‘quvchiga esdalik”she’riningmuallifini toping.
|
Quddus Muhammadiy
|
Cho‘lpon
|
Sulton Jo‘ra
|
Anvar Obdijon
|
Tursunboy Adashboyev
|
Mavzu: O‘zbek bolalar adabiyotining taraqqiyot xususiyatlari
(1940-1980-yillar)
Miraziz A’zam e’tiroficha, bu “kitob yosh she’r ixlosmandlari tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilingach, shoirimiz ikkinchi tajribani boshlab yubordi: o‘sha kitobdagi qismlarni kengaytirib kitob holiga keltirishga kirishdi. Shoir bu sohadagi izlanishlarini 1974-yilda boshlab 1988-yilda intihosiga yetkazdi. Gap qaysi kitob haqida ketmoqda?
|
“Tabiat alifbesi”
|
“Cho‘pon bobo qo‘shig‘i”
|
“Qanotli do‘stlar”
|
“Suv bilan suhbat”
|
“Anqo qushmas, anhor qush”
|
Mavzu: O‘zbek bolalar adabiyotining taraqqiyot xususiyatlari
(1940-1980-yillar)
B.Gorbatovning “Bo‘ysunmaganlar” (1953), V.Osayevaning “Vosyok Trubachev va uning o‘rtoqlari” (1954) povestlarini, Korney Chukovskiyning “Doktor Voyjonim” (1966) asarini ona tilimizga tarjima qilgan o‘zbek bolalar shoiri kim?
|
Shukur Sa’dulla
|
Zafar Diyor
|
G‘afur G‘ulom
|
Quddus Muhammadiy
|
Anvar Obidjon
|
Mavzu: O‘zbek bolalar adabiyotining taraqqiyot xususiyatlari
(1940-1980-yillar)
Murg‘ak bola tasavvurida ota-onasi va yaqin qarindoshlarining o‘z hayotida qanday rol o‘ynayotganliklarini anglash - muqaddas Vatan tushunchasi mohiyatini idrok etishning boshlanishi ekanligini ta’kidlagan shaxs kim?
|
A.Milient
|
Belinskiy
|
Janni Rodari
|
Shukur Sa’dulla
|
Sulton Jo‘ra
|
Mavzu: O‘zbek bolalar adabiyotining taraqqiyot xususiyatlari
(1940-1980-yillar)
Xalq og‘zaki ijodi namunasi bo‘lgan “Yoriltosh” ertagini qayta ishlab musiqali ertak-dramaga aylantirgan ijodkor kim?
|
Shukur Sa’dulla
|
G‘afur G‘ulom
|
Quddus Muhammadiy
|
Zafar Diyor
|
Sidqiy Xondayliqiy
|
Mavzu: O‘zbek bolalar adabiyotining taraqqiyot xususiyatlari
(1940-1980-yillar)
Turg‘unning dumi bormish… Ushbu misralar muallifi, she’rning nomi va yo‘nalishi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
|
Q.Muhammadiy, “Dum”, yumoristik
|
Zafar Diyor, “Qahramon”, hajviy;
|
Q.Muhammadiy, “Lapashang”, satirik;
|
Q.Muhammadiy, “Nomsiz erkatoylar”, yumoristik.
|
Q.Muhammadiy, “Lapashang”, yumoristik
|
Mavzu: O‘zbek va jahon bolalar adabiyotining o‘zaro ta’sir aloqalari
Ertaklarning ijrosi necha usulda tashkil etilishi mumkin
|
3
|
4
|
5
|
2
|
6
|
Mavzu: O‘zbek va jahon bolalar adabiyotining o‘zaro ta’sir aloqalari
Nimalar ertak kompozitsion qurilmasining asosini tashkil etadi?
|
Kirish, boshlama, tugun, epik sarguzasht va tugallama
|
Kirish, boshlama
|
epik sarguzasht va tugallama
|
tugun, epik sarguzasht
|
Kirish, boshlama, tugun, epik sarguzasht
|
Mavzu: O‘zbek va jahon bolalar adabiyotining o‘zaro ta’sir aloqalari
Ertaklar xalq og‘zaki badiiy ijodiyotining qaysi turiga mansub?
|
Epik
|
Lirik
|
Dramatik
|
Maxsus
|
Liro-epik
|
Mavzu: O‘zbek va jahon bolalar adabiyotining o‘zaro ta’sir aloqalari
Ertaklarning qaysi turi dramatik ijroga asoslangan bo‘lib, aytish jarayonida ijrochipersonajlarning turfa harakatlari va ovozlariga taqlid qiladi?
|
Hayvonlar haqidagi
|
Sehrli-fantastik
|
Hayotiy-maishiy
|
Majoziy
|
Qahramonlik
|
Mavzu: O‘zbek va jahon bolalar adabiyotining o‘zaro ta’sir aloqalari
Qaysi ertaklar ming yillar davomida insoniyatning turli yovuz kuchlariga qarshi olib borgan kurashlari davomidagi xulosalari, ulardan kelib chiqadigan ehtiyojlarning o‘ziga xos yechimi sifatida maydonga kelgan?
|
Sehrli-fantastik
|
Hayotiy-maishiy
|
Qahramonlik
|
Hayvonlar haqidagi
|
Majoziy
|
Mavzu: O‘zbek va jahon bolalar adabiyotining o‘zaro ta’sir aloqalari
“Ur to‘qmoq”, “Zumrad va Qimmat”, “Yoriltosh” kabi ertaklar qaysi turga mansub?
|
Sehrli-fantastik
|
Hayvonlar haqidagi
|
Hayotiy-maishiy
|
Yozma
|
Insonlar haqidagi
|
Mavzu: O‘zbek va jahon bolalar adabiyotining o‘zaro ta’sir aloqalari
“Oila kattagina edi: besh bola va bir qiz - Lotti ismli kichik qizaloq. Bu oilada barcha g’ayritabiiy ravishda mehnatsevar edi. Va barcha bir -birini sevar, hurmat qilardi”. Ta’rif qaysi bolalar ijodkor (lar)ining oilasi haqida?
|
Aka-uka Grimmlar
|
Janni Rodari
|
Ekzyuperi
|
Andersen
|
Sharl Perro
|
Mavzu: O‘zbek va jahon bolalar adabiyotining o‘zaro ta’sir aloqalari
1762 yildva Peterburgda ikki qismda chop etilgan, 1785 yilda N.I.Novikovning "Ong va qalb uchun bolalar kitobxonligi" ("Detskoe chtenie dlya serdtsa i razuma") jurnalida chop etilgan asar nomi ko‘rsatilgan javobni toping.
|
"Robinzon Kruzo"
|
"Zolushka"
|
"Qizil shapkacha"
|
"Gulliver"
|
"Alisa ajoyibotlar mamlakatida"
|
Mavzu: O‘zbek va jahon bolalar adabiyotining o‘zaro ta’sir aloqalari
“Mening onajonim Gusinining ertaklari” asarini kim rus tiliga tarjima qilgan?
|
Turgenev
|
Belinskiy
|
Jukovskiy
|
Pushkin
|
Lermontov
|
Mavzu: O‘zbek va jahon bolalar adabiyotining o‘zaro ta’sir aloqalari
"Kichik bolalar uchun kichik kitobcha" asarining muallifi kim?
|
Tomas Uayt
|
Sharl Perro
|
Andersen
|
Janni Rodari
|
Daniel Defo
|
Mavzu: XX asr o‘zbek bolalar nasrida sarguzasht roman, biografik va avtobiografik qissalarning o‘rni
“Keyinchalik tushunsam,–mushohada yuritadi adib,– ular shu dostonlarda ushalmagan armonlarini ko‘rishar, ular bilan birga tug‘ilib, birga yashab, g‘am-hasratlarini unutishar ekan. Adabiyotning kuchini qarang-a”. Ushbu fikrlar qaysi bolalar adibiga tegishli?
|
Nosir Fozilov
|
Anvar Obidjon
|
Tursunboy Adashboyev
|
X. To‘xtaboyev
|
Sulton Jo‘ra
|
Mavzu: XX asr o‘zbek bolalar nasrida sarguzasht roman, biografik va avtobiografik qissalarning o‘rni
Bolalar adibi Nosir Fozilov G‘afur G‘ulom an’anasini davom ettirgan holda qanday asar yozadi?
|
“Shum bolaning nabiralari”
|
“Qorxat”
|
“Diydor”
|
“Bolaligim-poshsholigim”
|
“Topdim-u yo‘qotmadim”
|
Mavzu: XX asr o‘zbek bolalar nasrida sarguzasht roman, biografik va avtobiografik qissalarning o‘rni
“O‘zbekiston ovozi”ga feletonchibo‘lib ishga o‘tib, bu yerda 300 dan ziyod feleton yozgan adib kim?
|
Xudoyberdi To‘xtaboyev
|
Nosir Fozilov
|
Anvar Obidjon
|
Miraziz A’zam
|
Po‘lat Mo‘min
|
Mavzu: XX asr o‘zbek bolalar nasrida sarguzasht roman, biografik va avtobiografik qissalarning o‘rni
Qaysi asar yetuk adabiyotshunos To‘xtasin Jalolovga bag‘ishlangan bo‘lib, qatag‘on qurbonlari, shaxsga sig‘inish davri oqibatlari badiiy adabiyotda yoritilgan dastlabki asar sifatida dolzarb hisoblanadi?
|
“Qush qanoti bilan”
|
“Sariq devning o‘limi”
|
“Sariq devni minib”
|
“Besh bolali yigitcha”
|
“Shirin qovunlar mamlakati”
|
Mavzu: XX asr o‘zbek bolalar nasrida sarguzasht roman, biografik va avtobiografik qissalarning o‘rni
“Arpa boshoqlari sarg‘ayib, bug‘doy boshoqlariga rang kira boshlagan, qovun palaklari tanob yozib, tuynaklar etik boshiday bo‘lib qolgan palla. Dehqonlarning tili bilan aytganda: yo‘g‘on cho‘zilib, ingichka uziladigan payt…” degan tasvir bilan boshlanuvchi asarni toping.
|
“Saraton”
|
“Sariq devni minib”
|
“Shoshqaloq”
|
“Vali bilan Salim”
|
“Birinchi daraxtim”
|
Mavzu: XX asr o‘zbek bolalar nasrida sarguzasht roman, biografik va avtobiografik qissalarning o‘rni
“Arpa boshoqlari sarg‘ayib, bug‘doy boshoqlariga rang kira boshlagan, qovun palaklari tanob yozib, tuynaklar etik boshiday bo‘lib qolgan palla. Dehqonlarning tili bilan aytganda: yo‘g‘on cho‘zilib, ingichka uziladigan payt…” degan tasvir bilan boshlanuvchi asar muallifini toping.
|
N. Fozilov
|
X. To‘xtaboyev
|
M. A’zam
|
Quddus Muhammadiy
|
S. Jo‘ra
|
Mavzu: XX asr o‘zbek bolalar nasrida sarguzasht roman, biografik va avtobiografik qissalarning o‘rni
Xudoyberdi To‘xtaboyev qaysi romanida romanida yulg‘ichlarga, qalloblarga qarshi kurashda butun xalq bir kishiday bo‘lib birlashsa, bu ishni butunlay o‘z qo‘liga olsa, Odil battollarga qiron keladi, ulardan nom-nishon ham qolmaydi, degan fikrni o‘rtaga tashlaydi?
|
“Sariq devni minib”
|
“Sariq devning o‘limi”
|
“Qasoskorning oltin boshi”
|
“Vali bilan Salim”
|
“Qochoqlar”
|
Mavzu: XX asr o‘zbek bolalar nasrida sarguzasht roman, biografik va avtobiografik qissalarning o‘rni
“Mungli ko‘zlar” asarining bosh qahramoni kim?
|
Zafar
|
Hoshimjon
|
Orifjon
|
Salimjon
|
Robiya
|
Mavzu: XX asr o‘zbek bolalar nasrida sarguzasht roman, biografik va avtobiografik qissalarning o‘rni
“Rostini aytsam,– o‘zim ham unchalik yomon bola emasman. Aqlu hushim joyida, odobim ham chakki emas, oltinchi sinfning intizomli o‘quvchilaridanman. Bir xil, haligi sho‘x bolalarga o‘xshab, kun bo‘yi ko‘cha changitib yurmayman”- degan gaplar qaysi qahramon tilidan aytiladi?
|
Hoshimjon
|
Zafarjon
|
Akbarjon
|
Orifjon
|
Salimjon
|
Mavzu: XX asr o‘zbek bolalar nasrida sarguzasht roman, biografik va avtobiografik qissalarning o‘rni
“Sir ochildi” asarining muallifi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
|
Xudoyberdi To‘xtaboyev
|
Nosir Fozilov
|
Janni Rodari
|
Miraziz A’zam
|
Shukur Sa’dulla
|
Mavzu: O‘zbek bolalar adabiyotida o‘smirlar ruhiyati ifodasi
(H. Nazir, N. Fozilov, X. To‘xtaboyev, T. Malik va A. Obidjon qissalari misolida)
1971-yili Italiyaning Rim shahrida bo‘lib o‘tgan jahon bolalar yozuvchilarining kengashida J.Rodarining iliq gaplariga sazovor bo‘lgan asar qaysi?
|
“Sariq devni minib”
|
“Sariq devning o‘limi”
|
“Qasoskorning oltin boshi”
|
“Vali bilan Salim”
|
“Qochoqlar”
|
Mavzu: O‘zbek bolalar adabiyotida o‘smirlar ruhiyati ifodasi
(H. Nazir, N. Fozilov, X. To‘xtaboyev, T. Malik va A. Obidjon qissalari misolida)
Hozirgi adabiy jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq mavzu talqinlarning ustuvorligi kimlarning asarlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi?
|
S.Barnoyev, E.Malikov, T.Malik
|
X.To‘xtaboyev, A.Obidjon
|
M.A’zam, A.Obidjon
|
A.Obidjon, T.Adashboyev
|
X.To‘xtaboyev, S. Jo‘ra
|
Do'stlaringiz bilan baham: |