Mavzu: O’zbek falsafasi va uning rivojlanish tarixi


shialik va xorijiylik. Ular diniy ta’limot


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana21.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1645501
1   2   3   4   5
Bog'liq
Презентация без названия (2)

shialik va xorijiylik. Ular diniy ta’limot 
va ahloqiy-huquqiy me’yorlarga ko’ra 
farqlanib turadi.


Xorijiylar-islomning ilk oqimlaridan biri bo’lib, ular taxt uchun 
kurashda xalifa Ali ibn Abu Tolib ning Muoviya tarafdorlari bilan 
muzokaralar olib borishga ko’nganligini qoralab chiqqanlar. O’rta 
asrlarda ko’plab oqimlarga bo’linib yo’qolib ketgan.
Sunniylik- xalifalik hokimiyati ayrim diniy marosimlarda shialik 
oqimidagilardan farqlanadi. 
Shialar-imomat hokimiyati tarafdorlari, ulardan qarmatlar, 
ismoiliylar, zaydiylar, nusayrilar va boshqalar ajralib chiqqan. Shialar 
sunniylar kabi Qur’onni ilohiy kitob deb e’tirof etadi, lekin xalifalik 
davrida uning ayrim qismlari tushirib qoldirilgan deb hisoblaydilar.


Falsafiy oqim va diniy 
ma’naviy hodisa tariqatlari


Tasavvuf va 
uning tariqatlari
Tasavvuf falsafiy oqim va 
diniy-ma’naviy xodisa sifatida 
islom dini doirasida paydo bo’ldi. 
Tasavvuf uchun vahdoniyat- 
Ollohning birligi, Olloh va 
olamning porlab turishi, fano 
bo’lish, orif shaxsning tangri taolo 
bilan rihan birlashib ketishi kabi 
mushohadalar muhim ahamiyat 
kasb etadi.


Rasmiyatchilik, aqidachilikni tasavvuf ahli qabul qilmagan. 
Ularning fikricha, iymon-e’tiqodning mohiyati Ollohdan 
boshqa narsaga muhtoj bo’lmaslik, hech qanday mulkning 
quliga aylanmaslik, boriga sabr qanoat qilib yashash. Ollohga 
yetishish uchun qalbni poklash, nafs balosidan ozod bo’lish 
darkor. Ana shundagina inson dili nur bilan to’ladi, 
nuqsonlardan holi bo’ladi. Haq sari yaqinlashadi, bemani 
ishlardan tiyiladi va tushunchalari qullik kishanidan ozozd 
bo’ladi, chunki inson qalbi hurdir.


Tasavvufda kubraviya, yassaviya, 
naqshbandiya tariqat-suluklari keng tarqalgan.


Xoja Ahmad Yassaviy
Yassaviya tariqatining asoschisi Xoja Ahmad Yassaviydir. U 
1166-yilda vafot etgan. U Turkistonning Sayram muzofotida 
tug’ilgan. Yassaviy tanlagan yo’l o’ziga xosdir, Bu yo’l 
insonning o’z gunohlarini ahloqiy nuqson va qusurlarini 
ochib tashlash va ulardan halos bo’lish bilan kurashdir.


Najmiddin Kubro
Kubraviya tariqatining asoschisi Najmiddin 
Kubro(1154-1226)dir. Xivada tug’ilgan, yozgan asarlari 
orasida”Sharxus-sunna”, “Favoixul-Jamol” kabilar 
mashhur. Kubraviya mohiyati 10 ta usulda mujassam. 
Bular-tangriga o’z xohishi bilan yuzlanish, zuh fi dunyo, 
tavakkul,qanoat,uzlat,mulozamat azzikr, sabr, 
muroqaba, rizodir


Bahouddin Naqshband
U naqshbandiya tariqati asoschisidir. Bu ta’limotning 
mohiyati “Dil ba yoru dast ba kor” shiorida yaqqol 
ifodasini topadi. Inson Olloh inoyati bilan bu dunyoni 
unutib qo’ymasligi lozim, uning qalbi doimo Ollohda, 
qo’li esa mehnatda bo’lmog’i lozim, U tasavvufning 
barcha tariqalari singari shariat, tariqat, ma’rifat va 
haqiqat maqomlarini e’tirof etadi.



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling