Mavzu: O`zbek orfografiyasi va uning boshlang`ich ta’lim dasturi hamda darsliklarda aks etishi, o`rgatishga tavsif


Download 462.5 Kb.
bet11/14
Sana09.10.2023
Hajmi462.5 Kb.
#1696606
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1-sinf ona tili darslarida chiroyli yozuv daqiqalarini o`tkazish uslubiyoti

U U U U U U U U U U U - to‘g‘ri
U U U U U U U U U U U - to‘g‘ri
U U U U U U U U U U U U U - nоto‘g‘ri
Huddi shuningdek, so‘zlarni yozishda ham harflarni juda zich yoki ularning оrasini keng qilib yubоrmay bir me’yorda yozishga оdatlanish zarur. So‘zlarning оrasidagi masоfa esa bir хilda saqlanishi (5-6 mm dan оshmasligi, bundan оz ham bo‘lmasligi) kerak.
Хatning chirоyli chiqishida harflar va so‘zlar оrasidagi masоfa bir хilda katta rоl o‘ynaydi. Shuning uchun 3 sinfda bu masalaga alоhida e’tibоr berish lоzim.
Masalan:
Lola – mening dugonam. - to‘g‘ri
L o l a – m e n i n g d u g o n a m . - to‘g‘ri
L ola– men in g dugonam. - nоto‘g‘ri
So‘zlarni qatоrga to‘g‘ri jоylashtirish malakasi ko‘prоq ko‘chirib yozuv mashqlari оrqali hоsil qilinadi. Uchinchi sinfda bоsh harflarning yozilishini ko‘prоq mashq qildirish lоzim. Bоsh harflarni mashq qildirish оrqali ayrim ish qоg‘оzlarini хat, adres va hоkazо yozish qоidalari ham tushuntiriladi. Bunday ish qоg‘оzlarini aniq, оzоda va to‘g‘ri bajarish shu sinfdan bоshlab talab etiladi.
3- sinfda yozuv bilan bоg‘liq bo‘lgan har bir dars husniхat talablaridan chetda qоlmasligi kerak.
Ma’lumki, yozuv san’atning bir turidir. Yozuv insonning his–tuyg‘usi hamda ruhiy qiyofasini namoyon qiladigan sifatlardir. Bu sifatlarni amalga oshirish esa ona tili fanining maqsadlaridan biridir.
O‘quvchini orfografik hushyorliki va savodli yozishga o‘rgatish albatta boshlang‘ich sinflarda amalga oshiriladi. Bola bu davrda so‘zlarni yozuv taxtasidan va kitobdan ko‘chirib to‘g‘ri yozish malakasini egallaydi. Asta–sekin so‘z birikmasi, gap tuzishni o‘rganadi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarni grammatikaga oid bilimlarini o‘rgatish va ularni yozma nutqlarini shakllantirishda yozma ishlar alohida o‘rin tutadi. Bular – ko‘chirib yozish, diktant, bayon, insho tarzida amalga oshiriladi.
Bolalar savodxonligini oshirishda foydali bo‘lgan mashqlardan biri – yozma ishlardir.
Uni o‘tkazishda o‘quvchilarning imkoniyatlarini hisobga olish, aniqlikka e’tibor berish soddadan murakkabga qarab borish muhim ahamiyatga egadir.
Yozma ishlar quyidagi shakllarda bo‘ladi: mashqlar ko‘chirib yozish, diktant, bayon, insho. Mashqlar o‘quvchining ona tilidan olgan bilim va malakalarini mustahkamlash maqsadida qo‘llaniladi.
Mashqlar bajarish natijasida o‘quvchilar:
a)olgan bilimlarini ongli o‘zlashtira boradilar,
b)bilimlarni amalda qo‘llay oladilar,
v)savodli fikrlash malakalari ham orta boradi.
Mashq bajarish jarayonida til faktlarini doimo kuzatib boradilar, taqqoslaydilar va nihoyat umumlashtiradilar.
Yozma va og‘zaki nutq madaniyatlarini takomillashtirish imkoniyatlariga ega bo‘ladilar.
O’rganilganlarni mustahkamlash darsida yangi tovushni ajratish, yangi harf bilan tanishtirish, mashqidan tashqari barcha ish turlaridan foydalaniladi, shuningdek qo’shimcha so’zlar va matnlar bilan ishlanadi; matnni o’qish va tahlil qilishga, ko’rgazma vositalari bilan ishlashga (harfni terish kartoni, magnit doskasi, abak, sirli mato, rasmlar va b.) nutq o’stirishga, o’yinlar va qiziqarli materiallarga, ilgari o’rganilgan tovushlar va harflarni takrorlab mustahkamlashga alohida ahamiyat beriladi. Tarqatma materiallardan ham foydalaniladi.
Birinchi uchragan so’zlar bilan ishlash; ochiq bo’g’inlar bir undosh bilan tuziladi va o’qiladi, yopiq bo’g’in esa unli bilan tuzilgan ochiq bo’g’inni o’qib keyingi undosh o’qiladi va so’z to’liq tuziladi.
YAngi so’z urg’usi qo’yilgan holda beriladi, bu uni o’qishga, bo’g’inlab o’qishdek sintetik o’qishga (so’zni butunicha o’qishga) yordam beradi.
YAngi so’zni doskada katta bosma harflar bilan yozish o’quvchilarga o’qitish tavsiya qilinadi. So’z shivirlash bilan o’qiladi, kesma harf bo’g’in bilan yoziladi.
Syujetli (rasmning asosiy mazmunini bildiradigan) rasmga qarab o’qituvchi yordamida, uning yo’llovchi so’roqlari asosida hikoya tuzish, undan gapni ajratish va analiz qilish). YAngi bo’g’in, so’z tuzishda harf terish matosi, magnit doskasi, sirli mato kabilarning va yangi so’zni doskada va daftarda “yasash”ning ahamiyati juda katta. O’qish uchun xilma-xil bosma materiallardan qanchalik ko’p bo’lsa, ulardan turli xil mashqlar tuzishda foydalanilsa, o’qish shunchalik ongli, qiziqarli bo’ladi, malaka puxta shakllantiriladi. Bola endigina o’qiy boshlagan bosqichda ularni qatorni yo’qotmaslikka, shuningdek, hatto, so’zdagi keyingi harfni,keyingi so’zni yo’qotmaslikka o’rgatish juda muhimdir. Bu vazifani savod o’rgatishning boshlang’ich bosqichida xatcho’p(o’qiyotgan betni belgilab qo’yish uchun kitob ichiga solib qo’yiladigan qog’oz yoki lentacha) va tayoqcha bajaradi. O’qilayotgan qatorni kuzatib borish ko’nikmasi sinf o’quvchilaridan o’rtog’ining xatosini to’g’rilashni talab qilish bilan ham erishiladi. O’quvchilar bu talabni qizg’anib bajaradilar, shu yo’l bilan ularda darsga, o’qishga e’tibori jalb etiladi.
Quyida boshlang‘ich sinflarda fonetik mashqlar ustida ishlash hamda fonetik tahlil qilish metodikasidan namunalar keltiramiz.

Download 462.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling