Mavzu: Oʻzbek tili leksikasining boyish manbalari va taraqqiyoti
Download 222.5 Kb.
|
OʻZBEK TILI LEKSIKASINING BOYISH MANBALARI VA TARAQQIYOTI
qatnashchi, terimchi, ogʻmachi, birlashma, qotma, oʻtkazgich, turgʻun, qoʻllanma, yoqilgʻi.
tilshunos, madadkor, mehnatkash, vagonsiz, ilmiy, gazetxon. Qayd etib oʻtilgan umumturkiy soʻzlar va oʻzbek tilining oʻz ichki imkoniyatlari asosida shakllangan soʻzlar tilning oʻz qatlamini tashkil etadi. Shuningdek, tilimiz oʻzbek lahja va shevalaridan, qardosh turkiy milliy tillardan kirib kelgan soʻzlar hisobiga ham boyib boradiki, bu ham uning oʻz qatlami imkoniyatlarini oshiradi. Yangi paydo boʻlgan soʻzlarni turli jihatlariga koʻra tasniflash mumkin. Avvalo, ularni ijtimoiy-siyosiy atamalar: vazir, vazirlik, devonxona, hokim, tuman, agrofirma, fermer kabi; iqtisodiy atamalar: diler, lizing, injenering bozor infrastrukturasi; ilm-fan, texnikaga oid atamalar: internet, kompyuter, diskovod, skaner; maktab-maorifga tegishli boʻlgan leksik birliklar: akademik litsey, kollej, dastur singari oʻnlab yoʻnalishlarga boʻlib yuborish mumkin. Neologizmlar ichida oʻtkinchi, shoshma-shosharlik bilan, sun’iy ravishda hosil qilingan leksemalar ham uchraydi. Masalan: majalla, jarida, oynoma, ochqich, yozgʻich, barnoma, oliy bilimgoh kabi. Ularni xalq qabul qilmay tezda iste’moldan chiqarib yubordi. Neologizmlarning paydo boʻlishi boshqa tillarda boʻlganidek, oʻzbek tilida ham xalqning turmushiga, ishlab chiqarish faoliyati, usuli atrof-muhit bilan munosabatiga qarab qadimdanoq xilma-xil lugʻaviy qatlamlar tarkib topa boshlagan. Terminologlar, umuman, leksikologiya bilan shugʻullanuvchi olimlarning tadqiqotlaridan ma’lum boʻladiki, inson turmush, kundalik faoliyati, bilan bevosita bogʻliq bunday til birliklari va qadimiyligidan tashqari oʻzining barqarorligi, turli lisoniy oʻzgarishlarga moyil emasligi bilan ajralib turadi. Ishlab chiqarish qurollari, uy-roʻzgʻor buyumlari, qarindosh-urugʻchilik nomlari, tabiat hodisalarini ifodalovchi leksemalar shular jumlasidandir. Leksemaning yangi boʻlishi boshqa-yu, yangilik boʻyogʻiga ega boʻlishi boshqa. Har qanday yangi leksema neologizm boʻlavermaydi. Masalan, kompyuter, ksereks-, birja- kabilar – oʻzbek tiliga yaqin vaqtlarda kirib kelgan leksemalar, lekin bu leksemalarni neologizm deb boʻlmaydi, chunki bu leksemalar hozirgi oʻzbek tilida yangilik boʻyogʻini yoʻqotib, odatdagi leksemaga aylangan7. Demak, neologizm – oʻta nisbiy tushuncha. Avvalo, til taraqqiyotining har bir bosqichi oʻz neologizmiga ega boʻladi, bir bosqichda neologizm deb qaralgan hodisa ikkinchi bosqichda ham neologizm boʻlishi shart emas. Masalan, 30- yillar nuqtayi nazaridan shpal-, seyalka- kabi leksemalar neologizm deb baholansa, hozirgi oʻzbek tilida bular odatdagi, zamonaviy leksemaga aylangan; 20- yillar nuqtayi nazaridan neologizm deb qaralgan aeroplan-, yoʻqsil- (proletariy) kabi leksemalar esa arxaizmga aylangan. Ikkinchidan, neologizmni belgilashda shu hodisaning tilda (individual neologizmning esa nutqda) qancha vaqt mavjudligi ham ahamiyatsiz. Leksema juda qisqa vaqt ichida neologizmlikdan chiqib ketishi ham, uzoq vaqt neologizmligicha qolib ketishi ham mumkin. Umumtil neologizmi odatdagi, zamonaviy leksemaga tez aylanadi; individual nutq neologizmi esa, qancha vaqt oʻtmasin, oʻz yangilik boʻyogʻini yoʻqotmasligi, umuman neologizmligicha qolib ketishi mumkin. Masalan, tuzum- leksemasi 20--30- yillarda neologizm edi, hozir odatdagi leksemaga aylangan; Gʻafur Gʻulomning ilk poeziyasida uchraydigan mozollan- (mozollangan qoʻllar - «Olqish», «Тagdoʻzi»), fashistlan- (fashistlanaroq - «Тoʻqinish»), qoʻngʻirla- (Qoʻzichoqning barrasiday mayda qoʻngʻirlab – «Non») kabilar oʻzi ishlatilgan asar doirasida individual nutq neologizmligicha qolib ketgan. Neologizm ikki xil talabga (ehtiyojga) koʻra paydo boʻladi:
Neologizm quyidagi yoʻllar bilan paydo boʻladi8: 1) Leksema yasash orqali. Bunda ikki hodisani farqlash kerak:
XXI asr jahon hamjamiyati tomonidan ulkan oʻzgarishlar, texnik taraqqiyot, axborotlashtirish asri sifatida tarixda qolishi e'tirof etilmoqda. Ayni paytda qisqa muddat davomida yangiliklarning dunyo boʻylab ommalashishi, jamiyatdagi shunday yangiliklarga boʻlgan ehtiyoj har bir til leksik tarkibining ma'lum bir jihatdan oʻzgarishiga olib kelmoqda. Bugungi kun neologizmlarning kirib kelishi, ularni omma tomonidan iste'molda boʻlishi tilimiz lugʻatlarida aks etishini kutayotgani yoʻq. Zamonaviy texnika sohasidagi xalqaro bogʻliqlik va yaqinlik tilimizda koʻplab shunday tushunchalarni oʻz soʻzlarimiz bilan ifodalashga oʻrin qoldirmayapti. Ba'zi bir oʻzlashma soʻzlarning ma'nolari lugʻatlarda ham qayd etilmagan (flesh, koka-kola). Bugungi kunda zamonaviy texnika soʻzlari dunyo boʻylab baynalmilal soha soʻzlari darajasiga koʻtarilib bormoqda. Istiqloldan soʻng oʻzbek tili lugʻat boyligi ham shunday soʻzlar hisobiga kengaydi va taraqqiy etdi. Buning sabablari sifatida quyidagilarni koʻrsatish mumkin.
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling