O‘z-o‘zini nazorat qilish, muhokama uchun savol va topshiriqlar
1-topshiriq. “Soha” so‘ziga sinkveyn tuzing.
“SINKVEYN” (5 qator) texnikasi
Maqsad – kategoriyaga tavsif berish
1-qator – tushuncha - ot
2-qator –2 so‘zdan iborat sifat
3-qator –3 so‘zdan iborat fe’l
4-qator –4 so‘zdan iborat munosabat
5-qator –1 so‘zdan iborat sinonim
ADABIYOTLAR
1-mashq. Matnni o‘qing. Bugungi ijtimoiy hayotimiz va unda ona tilining tutgan o‘rni haqida fikr yuriting. Tilning jamiyat va shaxs takomilidagi o‘rnini belgilang.
ISTIQLOLIM — ISTIQBOLIM
1991-yilning 31-avgust kuni Toshkentda Respublika Oliy Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonning Davlat Mustaqilligi e’lon qilindi. Tegishli qarorga muvofiq O‘zbekiston SSR O‘zbekiston Respublikasi deb qayta nomlandi. 1-sentabr Mustaqillik kuni deb e’tirof etildi.
Bu kunni tarixga oltin harflar bilan yozib qo‘ysak arziydi. Negaki, shu kuni o‘zbekning cho‘ng bag‘riga shamol tegdi. Ota-bobolarimizning asriy orzulari ro‘yobga chiqdi. Ona tilimiz va milliy qadriyatlarimizning rivoji, o‘zbek davlatchiligining takomili uchun keng istiqbol yo‘llari ochildi.
O‘tgan yillar mobaynida mustaqilligimiz sharofati bilan o‘z bayrog‘imizga, gerbimizga, madhiyamizga ega bo‘ldik. O‘zbekiston BMT va jahondagi bir qator nufuzli tashkilotlarga a’zo bo‘ldi. Shahar va qishloqlarimizning qiyofasi tubdan o‘zgardi. Muhimi, odamlarimizning ma’naviy va maishiy hayotida yangilanish, yasharish davri boshlandi.
Buyuk erk kuychisi Abdulhamid Cho‘lpon:
Turonlik — unvonimiz, turkistonli — shonimiz,
Vatan — bizim jonimiz, fido o‘lsun qonimiz, —
deb yozganida yuz foiz haq edi.
Darhaqiqat, mana shu gullayotgan, yasharayotgan yurt uchun jonimiz nisor. Endi uni hech kimga, hech qachon berib qo‘ymaymiz, chunki biz sherlar o‘lkasi turonlik — turkistonlikmiz.
Gulla, yashna, hur O‘zbekiston!
TOPSHIRIQLAR:
Fanning maqsad va vazifalarini o`rganish lozim (konspekt asosida).
O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida Qonun (yangi tahriri)ning mazmun-mohiyatini o`zlashtirish kerak.
Davlat tili maqomini bilib olishi kerak.
Mavzu bo`yicha adabiyotlarni qiyosiy o‘rganish kerak.
Mavzu yuzasidan testlarni ishlash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |