Turkiy tillar aggutinativ tillar sanaladi. Bu tillarda har qanday grammatik ma’no alohida qo’shimcha yordamida ifodalanadi. Qo’shimchalar asosan, o’zakdan keyin qo’shiladi. Masalan, qishloq+dosh+lar+im+ga. - Turkiy tillar aggutinativ tillar sanaladi. Bu tillarda har qanday grammatik ma’no alohida qo’shimcha yordamida ifodalanadi. Qo’shimchalar asosan, o’zakdan keyin qo’shiladi. Masalan, qishloq+dosh+lar+im+ga.
- Turkiy tillarga mansub bizgacha yetib kelgan yozma yodgorliklar V-VIII asrlarda yaratilgan O`rxun-Enasoy obidalaridir.Turkiy tillar ichida faqatgina o`zbek tili “o” lovchi til hisoblanadi. Bugungi kunda butun dunyo bo`yicha 25 mln dan ortiq, ba`zi manbalarda 40 milliondan ortiq kishi o`zbek tilida gaplashadi.
- O`zbek tili davlat tili sifatida
- 1989-yil 21-oktabrda o`zbek tiliga davlat tili maqomi berildi.
- 1990-yil 19-fevralda 30 moddadan iborat “Davlat tili to`g`risida” Qonun qabul qilindi.
- 1995-yil 21-dekabrda bu qonunga o’zgartirish kiritildi, ya’ni 24 moddadan iborat yangi tahrirdagi “Davlat tili to’g’risida”gi Qonun qabul qilindi. Bu qonunning 1-moddasida Konstitutsiyaning 4-moddasida, ”O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir” deb yozilgan.
- Adabiy til
- Adabiy til tarixan tarkib topgan, ma`lum me`yorlarga solingan, muayyan qonunlarga bo`ysinuvchi o`zbek xalqining barchasi uchun tushunarli bo`lgan tildir.Adabiy til bo`lishi uchun 3 omil talab etiladi: 1)yozuv bilan ta`minlangan; 2)qonun-qoidasi aniqlangan; 3)mutaxassislar tomonidan qayta ishlangan bo’lishi lozim.
Shevalar – ma`lum bir hududdagina qo`llanilib, faqat shu yerda yashovchilarga tushunarli bo`lgan so`zlardir. O`xshash shevalar yig`indisi lahja deyiladi. - Shevalar – ma`lum bir hududdagina qo`llanilib, faqat shu yerda yashovchilarga tushunarli bo`lgan so`zlardir. O`xshash shevalar yig`indisi lahja deyiladi.
- O`zbek tili tarkibida 3 lahja mavjud: 1.Qarluq. 2.Qipchoq. 3.O`g`uz
- 1.Qarluq lahjasi – Toshkent, Andijon, Farg`ona, Samarqand, Buxoro shahar shevalari yig`indisi. Bu lahjaga xos xususiyatlar: 1)so`z oxirida k tovushi y tarzida aytiladi: elak-elay, terak-teray, kurak-kuray,bilak-bilay 2) ”o”lashish yuz beradi: aka-oka, Akram-Akrom, bahor-bohor, savob-sovob, boramiz-borovuz,katta-kotta. 3) qaratqich kelishigi o`rnida tushum kelishigi qo`llaniladi: Shavkatning daftari-Shavkatni daftari
- 2.Qipchoq lahjasi - Samarqand, Jizzax, Qarshi, Surxandaryo, Qoraqolpog`istoning qishloq shevalarini o`z ichiga oladi. Xususiyatlari: 1) y o`rnida j ishlatiladi: yo`q-jo`q, yo`l-jo`l,yur-jur
- 2) g` o`rnida v ishlatiladi: tog`-tov, sog`-sov, og’di-ovdi; 3) so’z oxirida k, q tovushi tushiriladi: eshik-eshi, sariq-sari, quruq – quru,kichik-kichi
Do'stlaringiz bilan baham: |