3. MEHNAT BAXT KELTIRADI. - Xalqimiz mehnatni bosh tarbiyachi deb ataydi. Sababi inson tarbiyasi asosan mehnatga bo’lgan munosabatlariga qarab belgilanishi bejiz emas. Mehnat hayot demakdir. Mehnat, baxt kalitidir. Mehnat tarbiyasi esa tarbiyaning mag’zini, mehnatkashlarning tarbiyaviy faoliyati mazmunini tashkil qiladi. Hamma xalqlarning eng ilg’or an’analari mehnat jarayonida paydo bo’ladi, takomillashadi. Xalq ommasi har doim eng ilg’or, yaxshi va ulug’ narsalarning ijodkori hisoblangan. Xalq hayotini, yashash tarzini o’rganish uchun ham mehnat an’analarini bilish lozim. Mehnat an’analarining tarbiyaviy ahamiyati ulkanligini unutmaslik kerak. Chunki mehnatga munosabatni qaror toptirish yosh avlod tarbiyasining asosi hisoblanadi. Mehnat anьanalarining tayanchi sifatida yoshlarni hayotga, ijtimoiy mehnat faoliyatida ishtirok etishga tayyorlash ham muhim rolь o’ynaydi. Chunki mehnat an’analari zamirida shaxsning axloqiy sifatlari — mehnatsevarlik, erga va tabiatga muhabbat, suvni isrof qilmaslik, saxiylik, har bir so’mning qadriga etish, qahramonlik, mehnat baxt keltirishini anglash kabilar qaror topadi.
- Bolalarning mehnatga muhabbat qo’yib o’sishida Oiladagi ijtimoiy muhit juda, katta rolь o’ynaydi. Bunda ota-onalar, barcha oila aьzolarining xizmati byoqiyosdir. SHaxsning axloqiy shakllanishi, mehnatsevarlik, ilmga intilish, o’z xalqining an’analarini hurmat qilish, o’z Vataniga sodiqlik, jasurlik, sadoqat, uni dushmanlardan himoya qila olishlik kabi tarbiya ko’rinishlari bilan kamol topadi.
- O’zbek oilalarida bolalarning mehnatga mehr qo’yishida qadimdan kattalar namuna ko’rsatib kelganlar. Odatda qizlar uy xo’jaligida onaga yordam berishgan, ovqat tayyorlashgan, ukalariga qaragan, uyni sarishta qilishib, tikish-bichishni o’rganishgan. O’g’il bolalar esa ekin ekish, uni parvarishlash, yig’ish, yanchish, hayvonlarni boqish kabi yumushlarni bajarishgan. Oila a’zolari etishtirgan qishloq xo’jalik mahsulotlarini yig’ishda, ayniqsa, paxta, poliz ekinlari, uzum va mevali daraxt hosilini yig’ib-terib olishda katta-yu kichik barobar ishtirok etishgan.
- O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi tarixi
- Ijtimoiy pedagogika fan sifatida respublikamiz mustaqillikni qo’lga kiritgandan so’ng o’qitila boshlagan bo’lsa-da, ijtimoiy tarbiya, ijtimoiy faoliyat- ijtimoiy ximoya ko’rinishida qadimiy ildizlarga ega. Ilk diniy-falsafiy (Avesto) va adabiy (Alpomish, Go’ro’g’li) manbalarda biz insonning ijtimoiy kelib chiqishi nuqtai nazaridan pedagogik qarashlarning aks etishini ko’ramiz. Keyinchalik VIVII asrlarda Markaziy Osiyo hududida islomdinining tarqalishi yangi ma’naviy, axloqiy qadriyatlarni olib keldi va ular mintaqada oila va jamiyat tarbiyasi tizimiga ta’sir ko’rsatdi. Markaziy Osiyoning arab halifaligi tarkibiga kirishi madaniy almashuv, fikr va qarashlarning erkin kurashi, o’zaro munosabatlarning shakllanishiga olib keldi. Moddiy barqarorlik va ishlab chiqarish hamda savdo rivoji ehtiyojlariga asoslangan yangi ijtimoiy-iqtisodiy holat ma’naviy va madaniy hayotning yuksalishiga, dunyoviy ilm va fanlarning gullab-yashnashiga, fors, arab, qadimgi yunon madaniyati yutuqlarini o’zlashtirishga yordam berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |