4. ISLOM DINIDAGI MA’NAVIY - AXLOQIY O’GITLARNING IJTIMOIY MAZMUNI. - So’ngi paytlard respublikamiz olimlari xalq pedagogikasining manbalari doirasini kengaytirishni taklif qilishmoqda. “Evropa pedagogikasida tarbiya uchun zarur bo’lgan umuminsoniy xislatlarning mavjudligini tan olgan holda. YAn Amos
- Komenskiy, Ushinskiy, Makarenkolarning ilmiy merosiy ahamiyatini e’tibordan chetda qoldirmay, bizda ham boshqa xalqlarda bo’lgani kabi Beruniy, Forobiy, Imom al-Buxoriy, At-Termiziy, Navoiy,Avloniy, Behbudiy, Munavvarqori kabi mashhur mutaffakkirlar borligini unutmasligimiz lozim. Bizning yoshlar ko’p yillar mobaynida ulardan, buyuk merosdan bebahra bo’lishganligi esa achinarli holdir.”.
- SHuni ham nazarda tutish kerakki, bu sanab o’tilgan shaxslarning barchasi Beruniy, Farobiy va Navoiylardan tashqari bevosita islomga aloqador bo’lishgan. Imom Buhoriy (810-870) islom olamida mashhur hadisshunoslik olim hisoblanadi.
- 600000 hadis ichidan 7400 sahih hadisni tanlab olib, u “Al-Jome’ Sahih” kitobini yozgan, bu asar Qur’ondan keyingi o’rinda turuvchi muqaddas kitob hisoblanadi.
- Islom monoteistik din, ya’ni uning mazmuni yagona xudo-Allohga iymon keltirishdir. Bu dinning asoschisi Muhammad (sav) hisoblanib (570-632) u ushbu dinning payg’ambari hisoblanadi. Musulmonlar o’limdan keyingi hayotga ishonishadi. Ularning muqaddas kitobi Qur’ondir.
- Qur’on matni VII asrda yozilgan. Xalifa Usmon davrida Qur’on yagona kitob shakliga keltirilgan va uning boshqa barcha matnlari yo’q qilingan. Qur’on 114 suradan iborat. Oddiy musulmon Qur’onning murakkab suralarini faqatgina tafsirlar orqali tushunishi mumkin. Eng mashhur tafsirlar At-Tabariy, Zamahshariy, Baydoviy, Fahriddin, ar-Roziy, al-Qurtubiyga tegishli. Natijada sunna-Qur’onni mazmunini tushunishini boshqarish yaratilgan. Sunna oila a’zolari, qabila a’zolari orasidagi munosabatlarini tartibga keltirgan, yozilmagan axloqiy qoidalar sifatida ham qo’llanilgan. Sunna hadis shakliga ega. Hadislarni yig’ish, ularni ajratishga ko’p olimlar o’z umrlarini bag’ishlaganlar. Islomga muvofiq
- Qur’on barcha musulmonlar bo’ysunishlari lozim bo’lgan muqaddas kitobdir.
- Muhammad (sav) va sahobalarning hayotidagi hatto ahamiyatsiz oilaviy sunnalar ham ilohiylashtirilgan va insonlarning eng katta xohishi payg’ambarga o’xshashga harakat qilish bulgan. Bu o’xshashlik nafaqat milliy tamoyillarni qabul qilish balki marosimlar, odatlarni ham qamrab olgan. Qur’on aslida ijtimoiyhuquqiy qoidalar yig’indisi hisoblanadi. Qur’on nafaqat SHarqda balki yevropada ham nihoyatda e’zozlanadi.
- VII asrning o’zidayoq islom inson hayotining barcha jabhalarini qamrab oluvchi insonning ijtimoiy huquq va erkinliklarini e’lon qildi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |