Rus olimi G.G.Melnichenko o’zining «Kratkiy Yaroslavskiy slovar» nomli asarining so’zboshisida quyidagi fikrlarni aytgan edi: - Rus olimi G.G.Melnichenko o’zining «Kratkiy Yaroslavskiy slovar» nomli asarining so’zboshisida quyidagi fikrlarni aytgan edi:
- «Adabiy tilga kirmay qolgandagina emas, balki hech vaqt kirmaydigan, hatto u yoki bu sheva vakili uchun ham zarur bo’lmagan narsani saqlab qolish nima uchun kerak? Shu so’zlarni saqlab qolmasak biror narsa yo’qotamizmi? – Ha, yo’qotamiz. Yo’qotganda ham masalan, juda avaylab bittama-bitta yig’ib olb muzeylarimizda, arxivlarimizda, ilmiy kutubxonalar va boshqa muassasalarda juda ehtiyotkorona saqlanayotgan qadimgi yodgorliklardan qolishmaydigan bir narsani yo’qotgan bo’lamiz».
- Foydalanish uchun adabiyotlar
- 1.Reshetov V.V., Shoabdurahmonov Sh. O’zbek dialektologiyasi. Toshkent, 1978.
- 2.S.Ibrohimov. Farg’ona shevalarining kasb-hunar leksikasi., Toshkent,1956.
- 3.N.Rajabov.O’zbek xalq shevalarining adabiy tilga singib borishi., Samarqand,1980.
- 4.O’zbek shevalari leksikasi, Toshkent,1991.
- 5.G’ozi Olim. O’zbek lahjalarining tasnifidan bir tajriba. Toshkent, 1936.
- 6.Rajabov N. O’zbek tilshunosligining 60 yillik taraqqiyoti tarixidan. Samarqand, 1982.
- Amaliy mashg’ulot
- Asosiy savollar:
- 1.Dialektologiya fani haqida umumiy ma’lumot. Uning o’rganish ob’ekti.
- 2.O’zbek xalq shevalarini o’rganishda ishlatilayotgan belgilar- transkriptsiya va uning tuzilishi.
- 3.Unli va undosh tovushlarni ifodalash uchun ishlatiladigan transkriptsion belgilar.
Tayanch tushuncha va iboralar: - Dialekt, sheva, lahja, turkiy tillar, turkiy dialektologiya, qardosh tillar, fonetik xususiyatlar, morfologik va leksik belgilar, dialektografiya, tasviriy dialektologiya, tarixiy dialektologiya, mahalliy shevalar, grammatik shakllar, lingvogeografik usullar, fonetik norma, leksik norma, grammatik normalar orfografiya va orfoepiya, urug’-qabilalar, joylashish hududi, onomastika, etnonimlar, toponimlar, gidronimlar,
Do'stlaringiz bilan baham: |