Mavzu: O’zbekiston – mening Vatanim! Kirish


Download 114.99 Kb.
bet15/70
Sana05.01.2022
Hajmi114.99 Kb.
#211610
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   70
Bog'liq
Barcha tadbirlar-64-betlik

2 – boshlovchi: Bu dam madhing kuylay iftixor bilan,

Ko’ksimda barq urgan navbahor bilan.

Bayram munosabati ila barchangizning o’qish va ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Inson go’zalligi, ma’naviyati, buyuk merosi, hatto olam barqarorligining asosi ham bu – tildir. Shu sabab, onadek aziz o’z ona tilimizni avaylab – asrash, e’zozlash barchamizning muqaddas burchimizdir.

1 – boshlovchi: Til – ijtimoiy – siyosiy, ruhiy hodisa. Tilni xalq yaratadi. Dunyoda turli – tuman xalqlar yashaydi. Ma’lumotlarga qaraganda, dunyo bo’yicha 3 mingdan ortiq til mavjud.

2 – boshlovchi: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatdagi barcha tillarning tengligi va erkinligini ta’minlaydi. vAsosiy Qonunning 4 – moddasida O’zbekistonda yashovchi barcha millat va elatlarning tillarini, urf – odatlarini hurmat qilish ta’kidlangan.

(Shundan so’ng, sahna bo’sh qolib, hazing musiqa yangraydi)



Ona siymosi paydo bo’ladi)

Ona: - Mehribon farzandlarim, jondan aziz dilbandlarim, o’z yurtiga fidoyi, mard pahlavonlarim. Sizlar o’z ona tilimizni doimo avaylab – asranglar. O’z tilimizning qatorida qardosh, chet tillarini ham qunt bilan o’rganib, hurmat qila biling. Mening sizlarga murojaatim shuki, tilimizning sofligini saqlang, uning boy ifoda vositalaridan o’rinli va unumli foydalanishga harakat qiling, go’zalligini namoyish eting. Sizning komilligingiz avvalo, muomala madaniyatingizda namoyon bo’ladi. “Yaxshi so’z – jon ozig’i", “Bir ko’ngil imorati – ming Makka ziyorati” deganlaridek, shirinsuxan bo’lib, millatning faxri, g’ururi bo’lib yashanglar.


Download 114.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling