Mavzu: O’zbekiston – mening Vatanim! Kirish


Download 114.99 Kb.
bet44/70
Sana05.01.2022
Hajmi114.99 Kb.
#211610
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   70
Bog'liq
Barcha tadbirlar-64-betlik

BAHOROY:

  1. Bolalar: (barabariga) - Ha!

  2. Bahoroy:

  3. - Qirda yoydim qizil gilam,

  4. Ko’rinadi go’zal biram.

  5. Hamma birgalikda:

  6. - Lolaqizg’aldoq

  7. 1 – o’quvchi:

  8. Dalalardir makonim,

  9. Yomg’irdir osh – u nonim,

  10. Bahor qandayin yaxshi,

  11. Qizil gullarning naqshi.

  12. 2 – o’quvchi:

  1. Kuldi lolaqizg’aldoq,

  2. Bahor keldi yo.

  3. Yashnab ketdi hamma yoq,

  4. Qizlar kuldi yo.

  5. Gullar, mening gullarim,

  6. Gulga to’lar yo’llarim.

  1. Chaman – chaman bog’imda” qo’shig’ini hamma ijro etadi.

  2. BAHOROY:

  3. Yerdan asta unadi,

  4. Ilk bahorda kuladi.

  5. Hamma:

  6. Boychechak

  7. 1 – o’quvchi: Ochildimi boychechak,

  8. Endi har yon gul demak.

  9. Chunki bahor elchisi,

  10. Shu mittigul boychechak.

  11. 2 – o’quvchi: Binafshaxon, binafsha,

  12. Kulishlaring chiroyli.

  13. Bog’imizda ochilib,

  14. Turishlaring chiroyli.

  15. Boychechak” qo’shig’ini hamma birga kuylaydi.

  16. Bahordan berdi darak

  17. Oson bo’lmadi kutmak.

  18. Senga talpingach yurak,

  19. Sevgan gulim boychechak.

  20. Boychechak, boychechak,

  21. Sevgan gulim boychechak.

  22. Boshlab berding bahorni,

  23. Toza kumush nahorni.

  24. Olibsan ixtiyorni,

  25. Seplaringni yoy chechak.

  26. Boychechak, boychechak,

  27. Seplaringni yoy chechak.

  28. Boshlovchi: Shuning bilan bugungi “Poyi qadamingdan aylanay Navro’z” deb nomlangan bayram tadbirimizni yakunlaymiz. Barchangizni yana bir bor kirib kelayotgan Navro’zi olam bahor bayrami bilan muborakbod etamiz. Har doim labingizdan kulgi, chehrangizdan tabassum arimasin.







































  29. Mavzu: Sohibqiron

  30. Amir Temur

























































  31. Maqsad:



  32. a) o’quvchilarni bobokalonimiz Amir Temur hayoti bilan tanishtirish.

  33. b) o’quvchilarning axloqiy sifatlarini tarbiyalash

  34. d) to’g’ri va ravon so’zlash nutqini o’rgatish

  35. Darsning borishi.



  36. 1. Tashkilyi qism

  1. O’quvchilar bilan salomlashish

  2. Sinf davomatini tekshirish

  1. Yangi mavzu:

  2. Sinf xonasini Amir Temur rasmlari va u aytgan o’gitlarini o’quvchilarga ko’rinarli joyda osib qo’yish. Sinf xonasini bayramona bezash



  3. 1. Boshlovchi:

  4. Assalom so’zimning kirish qismidan

  5. Assalom musaffo yoshlik jismidan

  6. Samimiy dillardan yo’llaymiz kalom

  7. Ta’zim bilan deymiz assalom



  8. 2 – boshlovchi: Assalomu alaykum aziz ustozlarimiz va mehribon do’stlarimiz

  9. 1 – boshlovchi: Ko’ksimizda qo’limiz

  10. Odobdir shiorimiz!

  11. Bizlar deymiz doimo

  12. Assalomu alaykum!



  13. 2 – boshlovchi: Bugun biz bobokalonimiz Amir Temurning tavallud kunlariga 673 yil

  14. to’lganligi munosabati bilan yig’ildik. Hozir sizlarga tayyorlangan kechamizni namoyish etmoqchimiz. Marhamat, she’r va qo’shiqlarimizni tinglang, dam oling.

  • Xush kelibsizlar azizlar!



  1. 1 –o’quvchi: Biz kim – mulki Turon

  2. Amiri Turkistonmiz

  3. Biz – kim millatlarning

  4. Eng qadimi va eng ulug’i

  5. Turkning bosh bo’g’inimiz



  6. 2 – o’quvchi: “Qay bir joydan bir g’isht olsam, o’rniga o’n g’isht qo’ydirdim. Bir

  7. daraxt kestirsam, o’rniga o’nta ko’chat ektirdim.



  8. 3 – o’quvchi: G’olib chiqqan ne – ne janglarda

  9. Temur bobom botir umrbod

  10. Tuprog’idan quvib yovlarni,

  11. Ona yurtni qilgan u ozod.

  12. 4 –o’quvchi: Dovrug’ solgan yetti iqlimga

  13. Bo’lgandir u el qahramoni.

  14. Chunki Vatan, eli uchun u

  15. Ayamagan hattoki jonni.

  16. 5 –o’quvchi: Qahramonning o’charmi nomi?

  17. U yashaydi har bir yurakda

  18. U yashaydi ozod Vatanda

  19. Orzularda ezgu tilakda

  20. 6 – o’quvchi: Ulug’lagan o’zbek nomini

  21. Zafar quchib bahodir bobom

  22. O’tar yillar, o’tar asrlar

  23. Amir Temur yashaydi mudom

  24. (Sardor Raximxonning “Nazar – nazar” qo’shig’iga qizlar raqsga tushadi)



  25. 1 –o’quvchi: Amir Temur 1336 yil 9 aprelida Kesh Shahrisabzga qarashli Xoja Ilg’or qishlog’ida tavallud topdi. Otasi Amir Tarag’ay o’ziga to’q, badavlat kishi edi

  26. 2 –o’quvchi: Amir Temur jahonni larzaga solgan Aleksandr Makedonskiy, Gannibal, Atilla, Chingizxon kabi sarkardalar qatorida turadi



  27. 3 –o’quvchi: U davlat qurilishlari, fan, maorif va madaniyat taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan, saltanat ishlarida tort narsaga amal qilgan

  28. 1. Kengash 2. Mashvaratu maslahat 3. Ehtiyotkorlik

  29. 4. Qat’iy qaror, tadbirkorlik, hushyorlik



  30. 4 –o’quvchi: Sohibqiron Amir Temur 1355 yilda Saroy Mulk xonimni o’z nikohiga

  31. olgach, “Ko’ragon” unvoniga musharraf bo’ldi. “Ko’ragon” iborasi mo’g’ulcha so’z

  32. bo’lib, “kuyov” degan ma’noni ifodalaydi.



  33. 5 –o’quvchi: Amir Temurning otasi Tarag’ayning 4 o’g’li va 2 qizi bor edi. Katta farzand Amir Temur Shahrisabz hokimligini egalladi

  34. 6 –o’quvchi: Ali Yazdiyning Amir Temurga bag’ishlab yozilgan madhiyasidan:

  35. Shunday Sohibqiron shuhrati bilsang,

  36. Nasabi haqida gap surishtirsang,

  37. Otadan – onaga to odam – ato

  38. Bori shohlik taxti uzra qo’ymish poy



  39. 7 – o’quvchi: Ispaniyalik elchi Klavixonning yozishicha, Amir Temur davrida hech bir kishi rasmiy ruxsati bo’lmasa, mamlakatdan chiqib keta olmagan. Bu bilan hunar

  40. egalarining tarqalib ketishiga yo’l qo’yilmagan. Klavixo Amir Temur saroyida ming nafar hunarmandlarning ishlagani haqida yozadi



  41. 8 – o’quvchi: Har kuni Amir Temur yuzlab odam bilan muomala qilib topshiriq bergan, ularning bajarilishini nazorat qilishda yanglishmagan. Ibratli fazilatlaridan yana biri kimda – kim yordam so’rab, panoh istab kelsa, gunohi bo’lsa ham kechirgan. Gunohni kechira bilish ham fazilat.

  42. 9 – o’quvchi: “Temur yo’lg’onning dushmani bo’lib hazil uning ko’ngliga yoqmasdi. O’zining oldida talon – taroj, qotillik, zo’rlik haqida gapirilishiga yo’l qo’ymasdi. U haqiqat qanchalik achchiq va qattiq bo’lmasin, uni eshitishni yaxshi ko’rardi”, deb yozgandi ibn Arabshoh

  43. 10 – o’quvchi: Ha, ulug’ bobomiz o’ta shijoatli, jasoratli, qat’iyatli, botir, dovyurak, mard, tadbirkor, usta siyosatchi singari fazilatlarga ega bo’lgan, hamda ana shunday odamlarni u izzat – hurmat qilgan

  44. 1 – boshlovchi: Amir Temur kitobni juda qadrlagan. Dunyoning hamma joylaridan noyob durdonalarni Samarqandga yig’diri, boy kitobxona tashkil qilgan. Bu esa ilm fanning rivojiga katta ta’sir ko’rsatgan. 1996 yil – Temur bobomizning yili. Sohibqironning tarixdagi asosiy xizmati barcha xalqlarning boshini qovushtirishdan iborat bo’lgan.

  45. 2 – boshlovchi: Ulug’ insonlarning fazilatlari ham ulug’ bo’ladi. Amir Temur bobomiz bu borada tengsizdir. Mana, ulardan ayrimlari. Sohibqiron ilm fan ahllari – ulamolari, shoiru fozillari, kosibu hunarmandlarini, hatto ular dushman bo’lsa ham, o’z himoyasiga olib, moddiy va ma’naviy qo’llab – quvvatlagan. Ayniqsa, ustodlarni e’zozlab va qadrlab, qulay sharoit yaratib berganlar

  46. 1 – o’quvchi: Amir Temur buyuk sarkarda bo’lgan. Amir temur umr bo’yi o’zining “Kuch adolatda” degan hikmatiga amal qilgan. Juda ko’p mamlakatlarda adolat o’rnatgan. Temur bobomizning ishini Mirzo Ulug’bek, Bobur mirzolar davom ettirgan

  47. (Mansurxon Nurmatov “Davraga tushgan go’zal” qo’shig’iga qizlar raqsga tushadi)

  48. Download 114.99 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling