V shart. She’rlar bahsi
Ushbu shartda har qaysi guruh o’quvchilari navbat bilan Vatan, O’zbekiston, mustaqillik haqidagi she’rlardan namunalar aytadilar. Orada uzilish bo’lmasligi kerak. To’xtab qolgan guruh o’yindan chiqariladi. O’yin oxirigacha she’r aytib bilgan guruh g’olib deb topiladi.
VI shart. Sahna ko’rinishi
Bu shartda o’quvchilar olgan bilimlari yuzasidan sahna ko’rinishi namoyish etadilar.
Masalan:
Azizlar hammamizga ma’lumki dunyo bo’ylab turli xil vayronkor hamda bunyodkor g’oyalar izg’ib yuradi. Ushbu g’oyalarni qay maqsadga qaratilganligini yanada teranroq anglash, ogoh bo’lish maqsadida tayyorlangan sahna ko’rinishini e’tiboringizga havola qilmoqchimiz. Marhamat tomosha qilinglar.
Ushbu sahna ko’rinishida dinni o’zlariga niqob qilib olgan kimsalarning ishlari fosh etib, yoshlarga namuna qilib ko’rsatiladi.
Tadbir so’ngida guruhlar ballari e’lon qilinadi va g’olib guruh rag’batlantiriladi
Do'stlaringiz bilan baham: |