Dil tubiga nur sochur,
Ma’rifat yoqqan chiroq
Ko’ngil ko’zini ochur
Ma’rifat yoqqan chiroq
Toshni titratdi oqin,
Vah, keldi osmon yaqin,
Jonimda chaqdi chaqin
Ma’rifat yoqqan chiroq
Dillar diydor talabdir
Diydor dilga sharafdir
So’nish bilmas sharafdir
Ma’rifat yoqqan chiroq
O’qigan, uqqan qani
Eling tanirmi sani?
Har nurida mung ma’ni
Ma’rifat yoqqan chiroq
Quyoshdek qatrasi dur,
Tafakkur tig’ida gul,
Shu gulni uzgan bulbul
Ma’rifat yoqqan chiroq
Bizning guruh: AMIR TEMUR
Shiorimiz: Kuch – bilim va tafakkurdadir
Shu payt sahnaga Amir Temur siymosi namoyon bo’ladi
Men kim Amir Temur ibn Tarag’ay
Doril baqodin amrim shu bo’lg’ay
Buxoro nurafshon yog’duga to’lg’ay
Kimki toptasa do’zaxga kirgay
Adolat qal’asi dilingni ochgil
Mehr – shavqat nurin do’stlarga sochgil
Qayda nomard ahli bazmidan qochgil,
Nodonlaru nomard qilmishi sitam.
Nohaqlik avjida ko’rib yumma ko’z,
Ojizlar, g’ariblar bo’lsa qo’ling cho’z,
Shirin tiling bilan degil yumshoq so’z
Bechoraga himmat qilganing bayram
Adolatdan ko’z ochib ko’rganim aytdim,
Ekkan hosilimdan o’rganim aytdim,
Kelib bu dunyoga bo’lganim aytdim,
Adolatga endi posbon bo’l od
Qadrli tengdoshlar, biz sizga ham omad tilab tabrik qismi dasturimizni o’z nihoyasiga etkazamiz
II shart bo’yicha har bir guruh o’z emblemasi va devoriy gazetalari hamda guruh nomi va shiorlarini izohlab beradilar
III shartda o’quvchilar guruhiy tarzda o’qituvchi yoki hakamlar hay’ati tomonidan berilgan savollarga javob beradilar. Har bir guruhga 10 tadan savol beriladi va har bir javob uchun 1 ball qo’yiladi
IV shart. Sardorlar bellashuvi
Bu shartda har qaysi guruhning sardori ushbu fan bo’yicha tayyorlangan krossvordni ishlaydi. Birinchi va to’g’ri bajargan sardor g’olib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |