Maktabda
o’tkaziladigan
tadbirlar va ertaliklar
Mavzu: O’zbekiston – mening Vatanim!
Kirish
O’quvchilar maktab formasida. Sinfda O’zbekiston Respublikasi ramzlari va xaritasi bor. O’zbekiston iqtisodiga oid plakatlar.
Salom qismi:
1) Quyoshdek shu’la sochgan,
Bilimga keng yo’l ochgan,
Bizni erkalab quchgan
Hamma: Sizgadir ushbu kalom
Muallimlar assalom!
2) Kunday yorug’ darsxona
Biz farzandmiz, siz – ona
Bo’lib bizga parvona
Hamma: Dilda ardoqli kalom
Ona maktab assalom!
3) Tanitib yurt, jahonga,
Erk bergan har insonga
Qaytdik dinu iymonga
Hamma: Dilda ardoqli kalom
Mustaqil yurt assalom!
O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ijro etiladi
1 – boshlovchi: Istiqlol quyoshi nur sochgan zamonda bolalik gashtini surayotgan biz baxtiyor avlodmiz
2 – boshlovchi: - Ha biz mustaqil O’zbekiston farzandlarimiz
1 – boshlovchi: - Baxtimizga bugungi osuda kunlarni bergan, mustaqilligimiz tayanchi bo’lgan Yurtboshimiz omon bo’lsin!
2 – boshlovchi: - “O’zbekiston – mening Vatanim!” deb nomlangan tadbirimizga xush kelibsiz!
1 – boshlovchi: - Bolalar, Vatan deganda nimani tushunasiz?
1 – o’quvchi: - Vatan bu kindik qonimiz to’kilgan tuproq
2 – o’quvchi: - Vatan – bu beshigimiz, ko’chamiz, uyimiz, turar joyimiz!
3 – o’quvchi: - Vatan – bu muqaddas Ona tilimiz!
Do'stlaringiz bilan baham: |