Mavzu: O’zbekiston – mening Vatanim! Kirish
Download 114.99 Kb.
|
Barcha tadbirlar-64-betlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11 – o’quvchi
- O’qituvchi
- 1 – boshlovchi
10 – o’quvchi: Yaxshi odam ko’ngilchan birovlarning xatosini kechirishga moyil keng fe’lli bo’ladi
Shoir Maxtumquli: Yaxshimning ko’nglida gina oz bo’lur Yomonning kunda bir urushin ko’ring deb yozgan edi Yaxshidan bog’ qolur Yomondan dog’ qolur 11 – o’quvchi: Aziz tengdoshlar Yaxshilik haqida aytilgan xalq maqollariga quloq tutaylik Yomonlik tanqid qiladi Yaxshiga taqlid qiladi Yaxshi bilan o’rtoq bo’lsang, Yaxshi yo’lga boshlaydi. O’qituvchi: Shu bilan bugungi tadbirimizni o’z nihoyasi yetkazamiz Mavzu: Til – millat ko’zgusi. Tiling birla ko’nglingni bir tut. Alisher Navoiy Asosiy g’oya Ona tiliga e’tiborni, mehr – muhabbatni kuchaytirish. Tilimizni mukammal bilishga, milliy o’zlikni anglashga, qadriyatlarni e’zozlashga o’rgatish. Ona tili millat ma’naviyatining ko’zgusi ekanligini e’tirof etish. Asosiy g’oyani keng ko’lamda yorqin va jozibali aks ettirish uchun xona bayramona bezatiladi. Sahna to’rida “1989 yil 21 oktabr kuni, O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan” yozuvi. Xona devorlariga til haqidagi maqollar yozilgan plakatlar tartib bilan joylashtiriladi. O’ng burchakda “Turkiy tillarning shajara daraxti” o’z bezagi bilan sahna ko’rkiga fayz kiritadi. O’quvchilar sahnadan pastda doira shaklida ikki qator bo’lib joylashadilar. O’rtadagi stol ustida buyuk allomalarimizning ma’naviy merosi bo’lmish noyob asarlar davriga qarab, ketma – ketlikda joylashtiriladi. Chorlov musiqasi yangraydi. Mirtemirning “Ona tili” she’ri o’qiladi.
Ona tilim – onajonim tili bu, Beshikdanoq singgan jonu quloqqa. Elu yurtim, xonumonim tili bu, Qadimlikdan o’xshar ona tuproqqa. Bobolardan bizga meros ezgu til, Avlodlarga xazinai bebaho. Qalbimizga, ruhimizga ko’zgu til, Bu dunyoga bag’ishlaymiz ne daho. Yovonlarning cheksizligi, Ham samimiy, ham hovuri, Onajonlar allasidan, Ko’z yoshidan, oq sutidan, To’qaylarning tengsizligi, Jilg’alarning sho’x g’ovuri, Yigitlarning yallasidan, Suluvlarning sukutidan, Yo’g’rilgan til – ona tilim. Cho’ponlarning qamish bayti, Childirmaning darillashi, Go’ro’g’lining alp siymosi, Alpomishning da’vosidan, Tug’ulgan til – Ona tilim. She’r o’qilishi mobaynida o’quvchilar sahnada ovozsiz, bir vaqtning o’zida ikki daqiqalik “Ona allasi”, “Ustoz – Shogird” kompozitsiyasini yaratadilar. She’r tugagach davrani olib boruvchilar sahnaga chiqishadi. 1 – boshlovchi: Ey so’z, ne balo ajab guharsan, Guhar neki bag’ri mavjvarsan. Assalomu alaykum, aziz mehmonlar! Mustaqil yurtning barkamol yoshlari, aziz ustozlar, bugungi “Til bayrami”ga xush kelibsizlar!
Download 114.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling