Mavzu: O’zbekiston – mening Vatanim! Kirish
Mavzu: Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz
Download 114.99 Kb.
|
Barcha tadbirlar-64-betlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat madhiyasi yangraydi. 1 – o’quvchi
- Agar menga qolsa, odam bolasi tozaymaydi, deydiganlarni tildan judo qilardim”
- Abul Qosim Firdavsiy ) 6 – o’quvchi
Mavzu: Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz
Ibodatlarning eng maqbuli odamlarga yaxshilik qilishdir. (Hadis) Maqsadi: – davlat tili haqidagi qonunning tarbiyaviy ahamiyatini amalga oshirish - ma’naviy mafkuraviy ushbu mashg’ulot orqali o’quvchi – yoshlarni shirin til bilan odamlarga yaxshilish qilish ruhida tarbiyalash - mashg’ulot jarayoni orqali o’quvchilarga til odobi faoliyatini rivojlantirish, yaxshilik qilish tuyg’ularini o’stirish (O’qituvchi boshlab beradi) Davlat madhiyasi yangraydi. 1 – o’quvchi: Odamzotning kundalik muammosi avvalo so’zi bilan boshlanadi: so’zi bilan kishi o’z maqsad va orzularini ifodalaydi, so’z bilan inson o’z mehr – muhabbatini ifodalaydi. So’zdir inson aqli dalli Siri ochilur, so’zlagach tili So’z ichra mudom aql yashaydir So’z chimildig’u, aql kelindir So’z atsang, yaxshi so’z aytgil birodar Shirin so’z aytgil birodar Shirin so’z foydadur bekamu bezar (Nosir Xisrav) 2 – o’quvchi: Ha pok dillardan samimiy so’zlar chiqadi. Samimiy gap bilan, shirin so’z bilan bitmagan ish yo’q. Xalqimizda yaxshi gap bilan ilon inidan, yomon gap bilan qilich qinidan chiqadi degan gap bor. Yaxshi niyat birla yurtni guliston ayladik Yaxshi do’stlar bilan ishlab Cho’lni bo’ston ayladik Bu hayot, bu tinchligu Yaxshi niyat mevasi Yaxshilikni keng jahonga Katta doston ayladik 3 – o’quvchi: Buyuk bobomiz Alisher Navoiy ham o’z ruboiylaridan birida shirin so’z haqida keng fikr yuritgan Har kim chuchuk so’z Elga izhor aylagay Har nechaki ag’yordur Ul yerni aylar So’z qattig’i el ko’nglini Giriftor aylar - deb yoshlarni shirin so’zlilikka da’vat etadi 4 – o’quvchi: Shirin so’zlik faqat ayrim kishilarga xos fazilatgina emas, u umuman insoniy xislatdir: Xo’p el bila suhbat o’tubon xo’p o’lgil Yaxshini talab qilgilu Matlub o’lg’il Shirin so’z ila xalqqa marg’ub o’lg’il Yumshoq de hadisingni – yu Marg’ub o’lg’il – deb ulug’ bobomiz barchani yaxshilikka undaydi. 5 – o’quvchi: Dunyoda tili eng achchiq odam ham o’z bolasi, o’z odamlariga vaqti kelib juda muloyim gapiradi. Oilada ham shirin til samimiy muomala katta o’rin tutadi. Muomala tiniqligi oilani mustahkamlaydi. Achchiq tilni shirin muomala yengish mumkin. Achchiq tilni shirin tilga aylantira olmagan odam yo’q. Shuning uchun ham qozoq shoiri Abay: “Agar menga qolsa, odam bolasi tozaymaydi, deydiganlarni tildan judo qilardim” – deb bejiz aytmagan.
1. Boshga baloni til keltirar 2. Tilga e’tibor, elga e’tibor 3. Shirin so’z jon ozig’i 4. Tili shirinning do’sti ko’p bo’lur
Ona tilim – muqaddas tilim, Momolardan qolgan merossan Senda so’zlab yayraydi dilim, Jarangdoshsan, o’zbekka xossan. Navoiyni o’qidim senda Tariximdan so’zladi Qur’on. Ona tilim - g’urursan menga. Bugun seni tan oldi jahon Ona tilim – muqaddas tilim. Onajonimallasi quloqlarimda, Vatanim tarixi so’roqlaringda. Jarangdor kamoling ardoq1arimda Ona tilim – muqaddas tilim. 9 – o’quvchi: Hayotda juda ko’p narsa unitiladi, ammo dilga otilgan sovuq so’z – tosh, har qanday mohir jarroh san’ati bilan ham olib tashlanmaydi. Fariddidin Attor yoshlarni yaxshilikka undab shunday deydi: Doimo bo’lgum desang sog’u – omon, Yaxshilik qolsun sendan butun jahon Qo’lingdan yaxshilik kelmas ekan, Qilma yomonlik ham. Vujuding qilmishingdan ko’r Download 114.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling