7-o’quvchi: Sen onam tilisan, otam tilisan.
Sen bobom tilisan asrlar oshgan
Mehrda beqiyos, nozik dilimsan,
G’azabdan quturib Amirday toshsan.
8-o’quvchi: Naqadar beqiyos, nozik gulimsan
Naqadar nafissan, ey ona tilim.
Ammo oyoq osti bo’lding og’ridi dilim.
Senga e’tibordir, elga e’tibor,
Sen orqali oldik, ta’lim va bilim.
Qo’shiq: “Ona tilim” D. Karimova she’ri
1-o’quvchi: Yorug’ dunyoga kelgan murg’akkina jon birinchi bo’lib onasining so’zini, uning shirin orombaxsh allasini eshitadi. Ona tili uning qon-qoniga hayot ramzi bo’lgan oq sut bilan singadi. Go’dak til chiqarib “Ona” so’zini aytadi. Shunday qilib ona tiliga bo’lgan mehr-muhabbat, sadoqat, e’tiqod paydo bo’ladi.
Ona tiliga bo’lgan mehr, onaga bo’lgan ipsiz ulanishdek mustahkamdir. Shu til orqali inson hayotni taniydi, oqu-qorani, yaxshi-yomonni ajratadi. Shu tilda harf taniydi, bilim chashmasidan qoniqib, tashnaligini qondiradi:
Shu tilga o’qidim “Alifbe”ni
Shu tilga o’qidim Vatan so’zini
Shu tilda tanidim oqu-qorani
Shu tilga topoldim so’z e’tiborni
Do'stlaringiz bilan baham: |