Mavzu: O’zbekiston – mening Vatanim! Kirish


Download 114.99 Kb.
bet7/70
Sana05.01.2022
Hajmi114.99 Kb.
#211610
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   70
Bog'liq
Barcha tadbirlar-64-betlik

2-boshlovchi: Nodir dilning murodi ilm birla,

Jahon bastu kushodi ilm birla.

Ko’rar ko’zlarning nuri ilmdandir,

Ko’ngillarning sururi ilmdandir.

Hukumatimizning o’qituvchilarga ko’rsatayotgan doimiy g’amxo’rliklarini har qadamda ko’rib, sezib turibmiz. Viloyatimizda boshlangan zo’r tashabbus –Maktablar kunining muntazam o’tkazib kelinayotganligi e’tiboru-e’tirofning amaldagi isboti emasmi?

Rivoyat (Ustozlar haqida)- Rivoyat qilishlaricha Ibn Sinoning uyiga bir qancha ustozlar yig’ilishibdi. Ibn Sinoning otasi unga tomdan o’tin tushirib, choy qo’yishni buyuribdi. O’tin uchun tomga chiqayotgan Ibn Sino narvonning yarmiga kelib to’xtab qolibdi va o’z-o’ziga debdi: Uyda ustozim o’ltirgan bo’lsa, men qanday qilib tomga chiqay?” Uni kuta-kuta tashqariga chiqqan ota o’g’lini narvonning yarmisigacha kelib to’xtab qolgan holda uchratibdi va undan nega o’tin olib tushmayotganligining sababini so’rabdi. Ibn Sino shunday javob beribdi: “Otajon, uyda ustozim o’tirgan bo’lsa, men qanday qilib tomga chiqaman?” Shundan qolgan ekanki, ustoz –otangdek ulug’dir.
She’r: Muallim va ustozlar haqida

1-boshlovchi: Muallim bamisoli yarqiroq chiroqqa o’xshaydi. Chor atrofga nur taratib, nurga chanqoq dillarni munavvar etadi. O’qituvchilik ulug’, mo’tabar kasb. Dunyoda bunga teng keladigan, el e’zozlaydigan, katta-yu kichik sevadigan kasblar yo’q nazarimda.

2-boshlovchi: Haq gapni aytdingiz. Paxtakoru sohibkor, kichik rahbaru senator, davlat arbobini ham ana shunday kamsuqum, kamtarin muallimlar o’qitganlar, o’zbek elemizga buyuk daholar- she’riyat sultoni Alisher Navoiy, Abu Ali Ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, Imom al-Buxoriylarni yatishtirib bergan ham muallimu soniylardir.

She’r: Bayramingiz muborak

Qo’shiq: Ustozlar

1-boshlovchi: Dedilar dunyoda asli kim aziz,

Aytdilar ustozdir, ustoz begumon,

Tag’in aytdilarki aziz shubhasiz,

Ustozning qadriga yetolgan inson.

Dunyoni nurafshon etib, millatning ongu shuurini boyitgan, bilimlar xazinasini ochgan siz, aziz ustozlarimizni har qancha e’zozlasak oz. Sizlarning har biringiz o’nlab, yuzlab shogirdlarni kamolga yetkazdingiz.

Bu tantilik, bu-saxovat, bu- yurakdan chiqqan ezguligu oqibatdir.



2-boshlovchi: Ustoz sizni qutlayman bugun,

Halolligu saxovat uchun

Sizga tuhfa eturman butun

Bor mehrimni zakovat uchun



Raqs

Ustozlar haqidagi Aforizmlar

She’r: Muallimim

1-boshlovchi: Bugun qutlug’ ayyom shukuhi butun yurtimiz bo’ylab kezib yuribdi. Bunday quvonchli onlarda quvonmay bo’ladimi? Saodat nuri, bolalarga ziyo bag’ishlash niyati qalblaringizni hech qachon tark etmasin aziz ustozlar.

Muallim sabog’i ilmu fan odob

Qalbida istiqlol-yurt mehri oftob

Hayot kitobini o’rgatar bob-bob,

Muallim olamning quyoshi mohi

Kasblar sultoni, kasblar shohi.



2-boshlovchi: Hurmatli davra ahli!

Jahonda barcha kasb sohiblari ellarning farovon yashashi uchun barcha hayot ne’matlarini yaratadilar. Ana shu yaratuvchanlik kalitini berguvchi ulug’ zot muallimdir.

Axir tunlari orom-halovatdan kechib kitob varaqlaydigan, bilim sandig’ini ochmoqqa shahd aylagan kishi muallim-ku


Download 114.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling