Ikkinchi olim esa:
- Men farzandimga avloddan – avlodga meros qoladigan asosiy boylik – ona tilimizni o’rgataman. Ona tili uchun jon fido qilishni, tilga xiyonat qilmaslikni uqtirmoqchiman. unga o’z ona tilimizda ertak, doston, qo’shiqlar aytib beraman, - debdi
Qizning otasi oqil va dono ekan. Unga ikkinchi olimning gapi ma’qul tushibdi va unga qarab:
- Men seni o’zimga kuyov qilaman, chunki: “Farzandga bilim o’rgatishdagi sening fikring ma’qul”, - debdi
Ha, til katta qudratga ega.
“Ona tilim” she’ri
Buyuk Temur jahon bo’ylab
O’z dovrug’in solgan tilim.
Mir Alisher bobomlardan
Meros bo’lib qolgan tilim
Bobur Mirzo she’rlaridan
Rang va qiyos olgan tilim
Shunday tildan tonar bo’lsam
Qiyma – qiyma bo’lsin tilim
Alla bo’lib jaranglagan
Ona tilim – jonu dilim
- Bolalar, sizlar asosiy sanalarimizni bilasizmi?
Bayroq, gerb, madhiya
Davlatimiz ramzidir
Mohiyatin anglamoq
O’g’il – qizning farzidir.
O’zbeksiton Respublikasining Davlat tili – o’zbek tilidir.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 4 – moddasi
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 1992 yil 8 – dekabrda qabul qilingan. Unda fuqarolarning huquq, erkinlik va burchlari, O’zbekiston Respublikasi kelajagi o’z aksini topgan
1991 yil 31 avgust – O’zbekiston Respublikasi mustaqil davlat deb e’lon qilindi.
1991 yil 1 sentabr – O’zbekiston Respublikasining mustaqillik kuni deb hisoblanadi
1991 yil 18 noyabr – O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilindi
1992 yil 10 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilindi.
1992 yil 2 iyul O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilindi
1989 yil 21 oktabrda O’zbekiston Respublikasi Davlat tili – o’zbek tili qabul qilindi.
“Barkamol avlod” qo’shig’i
Do'stlaringiz bilan baham: |