3-o’quvchi: Sen mening zabonimsan, azizim ona tilim
Boyligi- vijdonimsan, azizim ona tilim.
4-o’quvchi: Ona tilim-onajonim tili bu,
Beshikdanoq singgan jonu quloqqa
Elu-yurtim xonu monim tili bu,
Qadimlikda o’xshar ona tuproqqa
5-o’quvchi: Bobolardan bizga meros ezgu til
Avlodlarga xazinayu, bebaho
Qalbimizda, ruhimizda ko’zgu til
Bu dunyoga bag’ishlanish ne daxo.
6-o’quvchi: Muhammad Mustafo sallallohi alayhi vassallamning aytgan hikmatli so’zlari-hadislardan shunday fikrlar berilishi bejiz emas.
Til. Olloh Taolo o’z bandalariga bergan hisobsiz ne’matlar qatoriga kiradi.
Kishi bu ne’matning qadriga yetsa, shukronasini qilsa, saodatiga erishadi. Kimki bu ulug’ ne’matning qadriga yetmasa, shukronasini qilmasa, ikki dunyoda xijolatlikka sabab bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |