Mavzu: O’zbekiston – mening Vatanim! Kirish
Download 114.99 Kb.
|
Barcha tadbirlar-64-betlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-o’quvchi
- 6-o’quvchi
2-o’quvchi: Ona tilim! Onajonim tili! Seni kuylab madh etishga ojizman. Senga atab so’zlar xazinasining minglab durdonalarini tanlab olishga qudratim yetmaydi. O’z-o’zimcha shoir tabiatligim tutib, qalam tebratishga intildim.
3-o’quvchi: Tilginam onam deya atayman seni, Onam allasida qonimga singding Olam sirlariga yor etting meni Xos Xojib jonimga singding 4-o’quvchi: Sening go’zalliging butun dunyoga Bobom Alisherbek ko’z-ko’z qilgandi Sening ko’zlaringda Mashrab nolasi Xalqim dardi bo’lib ko’kka yetgandi. 5-o’quvchi: Diniy yozuv deb ilohiylashtirib Xalqim “Sarvarlari” isloh etishdi Ming yillik qadringni sun’iylashtirib Nurga tashna xalqni gumroh etishdi 6-o’quvchi: Bu kun himoyaga muhtoj jonsan Kamoling yo’lida kurashgum albat Onam allalagan tilga she’r bitib Xursandman xizmatim ushalsa shoyat Qo’shiq: “O’qituvchim” She’r: “Ona tilimga” 7-o’quvchi: Sen mening tabibim, jonimsan Yassaviy, Beruniy kalomi Sen mening g’ururim onamsan Ulug’bek, Navoiy oromi Sen menga qurolsan imkonda Yot tilga zalvarin ortmagan Sen Temur edingku jahonda Tillarni tortmagan 8-o’quvchi: Senga yot suqulmoq yot tilga Beozor malaksan jahonda Sen baxtli olloxi bu elning Zavolsin qolgaysan zamonda 9-o’quvchi: Tilimizning lug’at boyligini o’rmonga o’xshatish mumkin. Lekin uning ichiga kirib brogan sari daraxtlar ko’p ekani har biri o’ziga xos qiyofaga ekanligi, daraxtlar xilma-xilligi, ajib go’zal manzara kasb etishi sezilib boradi. 10-o’quvchi: Endi mana bu o’zbeku tojiklarga xos askiyalarni tinglab ko’ring-a naqadar huzur qilasiz, tanangiz orom olib, umringizga umr, sihatingizga sihat, asablaringizga darmon qo’shilganini his etasiz. Askiya
1-o’quvchi: Feruzaxon, yaxshiyam xalqimizning askiyasi bor ekan, mana sizning ham tilingiz chiqib qoldi. 2-o’quvchi: Dilnozaxon, men askiya qilayotganimda, luqma solmang, achchig’im chiqib sizga qo’shma gap qilib yuborsam xafa bo’lmang. 1-o’quvchi: Jo’rttaga luqma soldim-da, qarasam gapning egasini aytasiz-u kesimiga hayron bo’lib turibsiz 2-o’quvchi: Adashtirmay turing, yana nomingizni almashtirib, sizga ergash bo’laklar bu, deb o’tirmayin. 1-o’quvchi: Nomimni almashtirsangiz, almashtiravering. Men ham sizga birorta aniqlovchi toparman 2-o’quvchi: Keyin mendan xursand bo’lib, hammaga aytib yurasiz-a, nomim aniqlanish deb. 1-o’quvchi: juda soda gap qilasizda! 2-o’quvchi: Bo’lmasa siz aniq gapga ko’nasizmi? 1-o’quvchi: Keling birovning ko’chirma gapiga mojaro qilib o’tirmaylik. Yana sizning fe’lingiz buzilib qolmasin. 2-o’quvchi: Qiziqsiz-a! Nima meni fe’lim har narsaga buzilaveradimi? Nima meni fe’lim o’tgan zamon fe’limidi? 1-o’quvchi: Nega bo’lmasa mendan hadeb so’zimning o’zagini so’rayverasiz. Hozirgi zamon fe’lingiz shunaqami? 2-o’quvchi: Nega menga xitop gap qilasiz? Sizga men yotig’i bilan bayon gap qilayapmanku. 1-o’quvchi: Feruzaxon zap gaplaringiz borda, bir kelishiklikki! 2-o’quvchi: Dilnozaxon, ehtiyot bo’ling, bekordan-bekorga meni ko’rsatib: buning urg’usi bor deb yurmang 1-o’quvchi: Ha, siz ham ehtiyot bo’lib yuring, xazonrezgi vaqti sizni bir nuqtalab qo’ymayin. 2-o’quvchi: Dilnozaxon, bir hazillashdikda. Haqiqatda 3 aktiyor odamsiz, bir so’zni 5-6 ma’noda ishlatasiz. Shuning uchun ham men sizni omonim deb yuramanda hali so’zni xijjalab gapiradigan qavs oyi emas. 1-o’quvchi: Yashang, faxrli bo’lib, kamolga yeting! 4-o’quvchi: Til millatning qalbi, uni avaylab asrash har bir inson uchun qarzdir. Kishi doimo bir-biri bilan muloqotda bo’ladi, fikr almashadi, deyiladigani til orqali bayon etiladi. Odam nutq ohangida alohida ahamiyat berib so’zlashmog’i zarur. Kibr-havoli ohang kishining ixlosini qaytaradi, nafratli, dag’al ohang esa, uni darg’azab qiladi. Ko’nglini ranjitadi. 5-o’quvchi: Donishmand xalqimizning quyidagi zinhor unutmaslik lozim: “Til jarohat bitar, ammo dil jarohati bilmas. Yaxshi nutq chiroyli fikrdan chiroyli va tiniq fikr esa, qalb go’zalligini tez qiladi. Mazmun nomli mo’ljalga So’z otilgan o’q bo’lsin Nishonga tegmay qolgan Bitta o’q ham yo’q bo’lsin.
Kuldi hayot, yig’ladi o’lim Sen deb qurbon bo’ldi bobolar Ular ketdi, sen qolding tilim 8-o’quvchi: Mustaqillik olib kelgan erk, hurlik sabosi, har bir yurakning taskini bo’ladi. Dimiqqan, siqilgan ko’ngillarga kuch bag’ishlagan ozodlik, istiqlol shabadasi chinakkam istiqlol yo’lini ochib bergan bo’lsin. Biz ona tilimizni doimo omon bo’lishini tilaymiz. 9-o’quvchi: O’zbek tilim qutlayman maqoming Dillarni shod etsin har oning Jahonda hilpirar yaloving Mustaqillik bersin istiqboling O’yin: Buxorocha raqs Qasida: “O’zbegim” She’r: “Til armoni”
Sen borsanki men ham o’lmayman Tildan qolsang seni Oybekday
Download 114.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling