Poyi qadamingdan aylanay Navro’z
O’quvchilar “Binafsha” guruhi ijro etgan “Kamolot” qo’shig’i bilan sahnaga kirib kelishadi.
Boshlovchi:
- Assalomu alaykum qadrli bayram qatnashchilari, muhtarama mehmonlar, munis onaxonlar! O’lkamizda bahor nafasi kezib yurgan ayni damlarda hamyurtlarimiz kayfiyatida ham o’zgacha ko’tarinkilik. Yosh – u qari yasharish va yangilanish, fasllar kelinchagi bo’lmish Bahoroyni allanechuk intiqlik bilan kutishadi.
Siz azizlarni bahoringiz, yangi kuningiz bo’lmish Navro’zingiz bilan muborakbod etish maqsadida 10 – maktabning - sinf o’quvchilari “Poyi qadamingdan aylanay, Navro’z” nomli bayram dasturini tayyorlaganlar. Marhamat tinglab tomosha qiling!
“Bahor valsi” yangraydi, 6 ta qiz va 6 ta o’g’il bola raqs ijro etadilar.
o’quvchi:
Salom senga bahor ayyomi,
Salom senga Navro’zi olam.
Senga olqish, alyorlar aytar,
Bugun har bir dili pok odam.
2 – o’quvchi: Maysa boshin ko’tardi yerdan,
Gulbahordan bermoqda darak.
Momolar – u onaxonlar jam,
Doshqozonda qaynar sumalak.
Boshlovchi:
BAHOROY:
Men bahorman, gullarim bilan,
Iliq quyosh nurlarim bilan.
Kirib keldim, aziz bolalar,
Olib keldim gul – u lolalar.
Meni derlar go’zal bahoroy,
Yetib keldim shoshib sizlarga.
Jon kiritdim, iliqlik bilan,
Maysalar – u gul, ildizlarga.
8 nafar qizlar ijrosida “Gullar” qo’shig’iga raqs.
1 – o’quvchi: Keldi bahor, keldi ko’klam,
Bizlar bahor elchisi.
Bizni bahor boshlab keldi,
Navro’z bahor kuychisi.
2 – o’quvchi: Ye, Vatanim bahori,
Ifor ochib kulasan.
Sen pushti va zangori,
Gullar bilan to’lasan.
Do'stlaringiz bilan baham: |