BAHOROY:
-
Bolalar: (barabariga) - Ha!
-
Bahoroy:
-
- Qirda yoydim qizil gilam,
-
Ko’rinadi go’zal biram.
-
Hamma birgalikda:
-
- Lolaqizg’aldoq
-
1 – o’quvchi:
-
Dalalardir makonim,
-
Yomg’irdir osh – u nonim,
-
Bahor qandayin yaxshi,
-
Qizil gullarning naqshi.
-
2 – o’quvchi:
-
Kuldi lolaqizg’aldoq,
-
Bahor keldi yo.
-
Yashnab ketdi hamma yoq,
-
Qizlar kuldi yo.
-
Gullar, mening gullarim,
-
Gulga to’lar yo’llarim.
-
“Chaman – chaman bog’imda” qo’shig’ini hamma ijro etadi.
-
BAHOROY:
-
Yerdan asta unadi,
-
Ilk bahorda kuladi.
-
Hamma:
-
Boychechak
-
1 – o’quvchi: Ochildimi boychechak,
-
Endi har yon gul demak.
-
Chunki bahor elchisi,
-
Shu mittigul boychechak.
-
2 – o’quvchi: Binafshaxon, binafsha,
-
Kulishlaring chiroyli.
-
Bog’imizda ochilib,
-
Turishlaring chiroyli.
-
“Boychechak” qo’shig’ini hamma birga kuylaydi.
-
Bahordan berdi darak
-
Oson bo’lmadi kutmak.
-
Senga talpingach yurak,
-
Sevgan gulim boychechak.
-
Boychechak, boychechak,
-
Sevgan gulim boychechak.
-
Boshlab berding bahorni,
-
Toza kumush nahorni.
-
Olibsan ixtiyorni,
-
Seplaringni yoy chechak.
-
Boychechak, boychechak,
-
Seplaringni yoy chechak.
-
Boshlovchi: Shuning bilan bugungi “Poyi qadamingdan aylanay Navro’z” deb nomlangan bayram tadbirimizni yakunlaymiz. Barchangizni yana bir bor kirib kelayotgan Navro’zi olam bahor bayrami bilan muborakbod etamiz. Har doim labingizdan kulgi, chehrangizdan tabassum arimasin.
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Mavzu: Sohibqiron
-
Amir Temur
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Maqsad:
-
-
a) o’quvchilarni bobokalonimiz Amir Temur hayoti bilan tanishtirish.
-
b) o’quvchilarning axloqiy sifatlarini tarbiyalash
-
d) to’g’ri va ravon so’zlash nutqini o’rgatish
-
Darsning borishi.
-
-
1. Tashkilyi qism
-
O’quvchilar bilan salomlashish
-
Sinf davomatini tekshirish
-
Yangi mavzu:
-
Sinf xonasini Amir Temur rasmlari va u aytgan o’gitlarini o’quvchilarga ko’rinarli joyda osib qo’yish. Sinf xonasini bayramona bezash
-
-
1. Boshlovchi:
-
Assalom so’zimning kirish qismidan
-
Assalom musaffo yoshlik jismidan
-
Samimiy dillardan yo’llaymiz kalom
-
Ta’zim bilan deymiz assalom
-
-
2 – boshlovchi: Assalomu alaykum aziz ustozlarimiz va mehribon do’stlarimiz
-
1 – boshlovchi: Ko’ksimizda qo’limiz
-
Odobdir shiorimiz!
-
Bizlar deymiz doimo
-
Assalomu alaykum!
-
-
2 – boshlovchi: Bugun biz bobokalonimiz Amir Temurning tavallud kunlariga 673 yil
-
to’lganligi munosabati bilan yig’ildik. Hozir sizlarga tayyorlangan kechamizni namoyish etmoqchimiz. Marhamat, she’r va qo’shiqlarimizni tinglang, dam oling.
-
Xush kelibsizlar azizlar!
-
-
1 –o’quvchi: Biz kim – mulki Turon
-
Amiri Turkistonmiz
-
Biz – kim millatlarning
-
Eng qadimi va eng ulug’i
-
Turkning bosh bo’g’inimiz
-
-
2 – o’quvchi: “Qay bir joydan bir g’isht olsam, o’rniga o’n g’isht qo’ydirdim. Bir
-
daraxt kestirsam, o’rniga o’nta ko’chat ektirdim.
-
-
3 – o’quvchi: G’olib chiqqan ne – ne janglarda
-
Temur bobom botir umrbod
-
Tuprog’idan quvib yovlarni,
-
Ona yurtni qilgan u ozod.
-
4 –o’quvchi: Dovrug’ solgan yetti iqlimga
-
Bo’lgandir u el qahramoni.
-
Chunki Vatan, eli uchun u
-
Ayamagan hattoki jonni.
-
5 –o’quvchi: Qahramonning o’charmi nomi?
-
U yashaydi har bir yurakda
-
U yashaydi ozod Vatanda
-
Orzularda ezgu tilakda
-
6 – o’quvchi: Ulug’lagan o’zbek nomini
-
Zafar quchib bahodir bobom
-
O’tar yillar, o’tar asrlar
-
Amir Temur yashaydi mudom
-
(Sardor Raximxonning “Nazar – nazar” qo’shig’iga qizlar raqsga tushadi)
-
-
1 –o’quvchi: Amir Temur 1336 yil 9 aprelida Kesh Shahrisabzga qarashli Xoja Ilg’or qishlog’ida tavallud topdi. Otasi Amir Tarag’ay o’ziga to’q, badavlat kishi edi
-
2 –o’quvchi: Amir Temur jahonni larzaga solgan Aleksandr Makedonskiy, Gannibal, Atilla, Chingizxon kabi sarkardalar qatorida turadi
-
-
3 –o’quvchi: U davlat qurilishlari, fan, maorif va madaniyat taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan, saltanat ishlarida tort narsaga amal qilgan
-
1. Kengash 2. Mashvaratu maslahat 3. Ehtiyotkorlik
-
4. Qat’iy qaror, tadbirkorlik, hushyorlik
-
-
4 –o’quvchi: Sohibqiron Amir Temur 1355 yilda Saroy Mulk xonimni o’z nikohiga
-
olgach, “Ko’ragon” unvoniga musharraf bo’ldi. “Ko’ragon” iborasi mo’g’ulcha so’z
-
bo’lib, “kuyov” degan ma’noni ifodalaydi.
-
-
5 –o’quvchi: Amir Temurning otasi Tarag’ayning 4 o’g’li va 2 qizi bor edi. Katta farzand Amir Temur Shahrisabz hokimligini egalladi
-
6 –o’quvchi: Ali Yazdiyning Amir Temurga bag’ishlab yozilgan madhiyasidan:
-
Shunday Sohibqiron shuhrati bilsang,
-
Nasabi haqida gap surishtirsang,
-
Otadan – onaga to odam – ato
-
Bori shohlik taxti uzra qo’ymish poy
-
-
7 – o’quvchi: Ispaniyalik elchi Klavixonning yozishicha, Amir Temur davrida hech bir kishi rasmiy ruxsati bo’lmasa, mamlakatdan chiqib keta olmagan. Bu bilan hunar
-
egalarining tarqalib ketishiga yo’l qo’yilmagan. Klavixo Amir Temur saroyida ming nafar hunarmandlarning ishlagani haqida yozadi
-
-
8 – o’quvchi: Har kuni Amir Temur yuzlab odam bilan muomala qilib topshiriq bergan, ularning bajarilishini nazorat qilishda yanglishmagan. Ibratli fazilatlaridan yana biri kimda – kim yordam so’rab, panoh istab kelsa, gunohi bo’lsa ham kechirgan. Gunohni kechira bilish ham fazilat.
-
9 – o’quvchi: “Temur yo’lg’onning dushmani bo’lib hazil uning ko’ngliga yoqmasdi. O’zining oldida talon – taroj, qotillik, zo’rlik haqida gapirilishiga yo’l qo’ymasdi. U haqiqat qanchalik achchiq va qattiq bo’lmasin, uni eshitishni yaxshi ko’rardi”, deb yozgandi ibn Arabshoh
-
10 – o’quvchi: Ha, ulug’ bobomiz o’ta shijoatli, jasoratli, qat’iyatli, botir, dovyurak, mard, tadbirkor, usta siyosatchi singari fazilatlarga ega bo’lgan, hamda ana shunday odamlarni u izzat – hurmat qilgan
-
1 – boshlovchi: Amir Temur kitobni juda qadrlagan. Dunyoning hamma joylaridan noyob durdonalarni Samarqandga yig’diri, boy kitobxona tashkil qilgan. Bu esa ilm fanning rivojiga katta ta’sir ko’rsatgan. 1996 yil – Temur bobomizning yili. Sohibqironning tarixdagi asosiy xizmati barcha xalqlarning boshini qovushtirishdan iborat bo’lgan.
-
2 – boshlovchi: Ulug’ insonlarning fazilatlari ham ulug’ bo’ladi. Amir Temur bobomiz bu borada tengsizdir. Mana, ulardan ayrimlari. Sohibqiron ilm fan ahllari – ulamolari, shoiru fozillari, kosibu hunarmandlarini, hatto ular dushman bo’lsa ham, o’z himoyasiga olib, moddiy va ma’naviy qo’llab – quvvatlagan. Ayniqsa, ustodlarni e’zozlab va qadrlab, qulay sharoit yaratib berganlar
-
1 – o’quvchi: Amir Temur buyuk sarkarda bo’lgan. Amir temur umr bo’yi o’zining “Kuch adolatda” degan hikmatiga amal qilgan. Juda ko’p mamlakatlarda adolat o’rnatgan. Temur bobomizning ishini Mirzo Ulug’bek, Bobur mirzolar davom ettirgan
-
(Mansurxon Nurmatov “Davraga tushgan go’zal” qo’shig’iga qizlar raqsga tushadi)
-
Do'stlaringiz bilan baham: |