Mavzu: Oʻzbekiston – mening Vatanim! (Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun)


Download 0.71 Mb.
Sana08.09.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1674134
Bog'liq
Mavzu


Mavzu: Oʻzbekiston – mening Vatanim!
(Maktabgacha talim tashkilotlari uchun)


Mashgʻulotning maqsadi:
Ta’limiy maqsad: bolalarning Mustaqillik, davlat, uning ramzlari, Konstitutsiya va qonunlar toʻgʻrisidagi bilimlarini shakllantirish;
Tarbiyaviy maqsad: bolalar qalbida Ona yurtga muhabbat, vatanparvarlik, insoniylik fazilatlarini uygʻotish, yurtga sadoqat, vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi maqsad: Mustaqillik, erk va vatanparvarlik haqida tarbiyalanuvchilarning bilimlarini hamda bolalarning nutqini, fikrlarini erkin bayon etish koʻnikmalarini rivojlantirish.
Kerakli jihozlar: Madhiya yozilgan disk, AKT, Mustaqillik bayrami tasvirlangan rasmlar, Davlat ramzlari.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Vatan, mustaqillik, Davlat ramzlari.
Mavzuning qisqacha ta’rifi: Vatan haqida ma’lumot beriladi, uni sevishga, asrab-avaylashga o‘rgatish.
Faoliyat turi: Aralash.
Faoliyat uslubi: “Aqliy hujum” metodi, savol-javob, guruhlarda ishlash.



Mashgʻulotning bosqichli jadvali:



T/r

Mashgʻulotning bosqichlari

Vaqt

1.

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2.

Yangi mavzu bayoni

10 daqiqa

3.

Mustahkamlash

10 daqiqa



Faoliyatning borishi:
Tashkiliy qism: salomlashiladi, guruh xonasi hamda tarbiyalanuvchilarning mashgʻulotga tayyorgarlik darajasi tekshiriladi.
Yangi mavzu bayoni:
Mashgʻulot Davlat madhiyasi bilan boshlanadi.
Tarbiyachi: Hurmatli bilimga chanqoq, qalbi toza bolajonlar!
Bugun sizlar bilan Davlatimiz Mustaqilligi toʻgʻrisida suhbatlashamiz.
Avvalambor, men sizlarni mustaqilligimizning 32 yilligi bilan tabriklayman!
1991-yildan boshlab, har yili 1-sentabr Oʻzbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni sifatida bayram qilinadi.
Bu bayramni biz Vatanimizning barcha goʻshalarida bogʻchamizda, shuningdek oilamizda shodiyona va xursandchilik bilan kutib olamiz-a….?
Bugun xalqimiz asrlar davomida orziqib, intiqib kutgan, barchamiz uchun eng ulugʻ va eng aziz bayram — Mustaqillik kunining 32 yilligi tantanali nishonlamoqda.
32 yildirki, ota-bobolarimiz orzu qilgan, kimlardir yetib, kimlardir yetolmagan ozod va obod mustaqil Vatan bagʻrida tinch, farovon hayot kechirmoqdamiz. Oʻzbekiston tarixan juda qisqa vaqt mobaynida oʻz kuchi va salohiyatiga ega, oʻz yeri, tinch va osoyishta hayotini himoyalashga qodir, jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan zamonaviy, mustaqil davlatga aylandi! Bu esa har birimizning qalbimizni faxr va iftixorga toʻldiradi.



Tarbiyachi: Keling bolajonlar, birgalikda “Vatan” haqida she’r aytamiz.


Vatan soʻzi muqaddasdir,
Vatan soʻzi buyukdir.
Har insonga tugʻilgan yurt-
Oʻz Vatani suyukdir.


Bizga nasib nurli diyor
Chamanzor bogʻ-u boʻston,
Omon boʻlsin, Vatanimiz-
Ozod hur Oʻzbekiston!


Tarbiyachi: Bayrogʻimiz haqida kim she’r aytib beradi?
1-bola: Havorang, oq va yashil,
Bordir qizil belbogʻi.
Shuning uchun chiroyli,
Oʻzbekiston bayrogʻi.


2-bola: Oʻn ikki baxt yulduzi,
Oʻziga xoʻp yarashar.
Unga dunyo xalqlari,
Havas bilan qarashar.


3-bola: Mustaqil yurt, deb atar
Yer yuzining har yogʻi.
Bizga juda moʻtabar
Oʻzbekiston bayrogʻi.


Tarbiyachi: Gerbimizni kim ta’riflab beradi?
Bola: (Koʻrgazma vositalaridan foydalanib) Bu Oʻzbekiston Respublikasining Gerbi. Gerbning yuqori qismida 8 qirrali yulduz joylashgan, uning ichida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbimizning markazida oliyjanoblik va fidoiylik ramzi boʻlgan Humo qushi tasvirlangan. Quyosh – yurtimizning serquyoshligini bildirib turibdi. Paxta – Vatanimizning milliy boyligi, bugʻdoy boshoqlari esa rizq-nasiba, qut-baraka ramzidir.



Tarbiyachi: Gerbimiz haqida qanday she’r bilasizlar? Qani kim aytib beradi?
1-bola Oʻzbekiston gerbida
Qanot yozgan Humo qush
Chanoqlarda oq paxta —
Olam elin etar xush.


2-bola Quyosh bobo nurida
Oltin boshoq tovlanar.
Tengsiz, saxiy ona yer
Bir maromda aylanar.


3-bola Ramzi porloq – hur bayroq
Birdamlikka chorlaydi,
Peshtoqida oy, yulduz
Kecha – kunduz porlaydi
Mustahkamlash:
Berilgan ma’lumotni mustahkamlash maqsadida tarbiyalanuvchilar bilan tezkor savol-javob oʻtkaziladi.
Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling