Mаvzu: O’zbеkistоn – yagona Vatan
Tovushlarning bunday belgilari vazifaviy belgisi sanaladi va u faqat inson
Download 350.42 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu
Tovushlarning bunday belgilari vazifaviy belgisi sanaladi va u faqat inson
tovushlarigagina xos belgi hisoblanadi. Shunday qilib, nutq tovushlarining uch tomoni mavjud: a) akustik; b) talaffuz (fiziologiya); d) vazifaviy tomonlari. Har qaysi nutq tovushini tavsif qilishda ana shu uch tomon e’tiborga olinadi. Nutq jarayonida real talaffuz qilingan, qulog‘imiz bilan eshitgan eng kichik va boshqa mayda bo‘lakka bo‘linmaydigan nutq parchasi tovush sanaladi. Bevosita kuzatishda bir nechta tovushlar orqali talaffuz qilinuvchi so‘z va uning ma’noli birliklarini shakllantirish va farqlash vazifasini bajarishga xoslangan, ketma-ketlik jihatdan boshqa mayda bo‘lakka bo‘linmaydigan eng kichik til birligi fonemadir. 2-§. Nutq tovushlari, nutq a’zolari va harflar Og‘zaki nutqning eng kichik, boshqa mayda bolakka bo‘linmaydigan qismi nutq tovushi deyiladi. Nutq tovushlari nutq a’zolari orqali hosil bo‘ladi. Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadigan inson a’zolariga nutq a’zolari deyiladi. Unga o‘pka, bo‘g‘iz, tovush paychalari, og‘iz bo‘shlig‘i, til, lablar, tishlar va burun bo‘shlig‘i kiradi. Nutq a’zolarini o‘zining ish faoliyatiga qarab ikkiga ajratish mumkin: 1. Faol nutq a’zolari: tovush paychalari, til, lab. 2. Nofaol nutq a’zolari: o‘pka, bo‘g‘iz, og‘iz bo‘shlig‘i, tishlar, va burun bo‘shlig‘i 3-§. Fonemalar tasnifi O‘zbek tilidagi fonemalar ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra va o’pkadan chiqayotgan havoning to’siqqa uchrashi yoki uchramasligiga ko’ra ikkiga bo‘linadi: 1) unli fonemalar; 2) undosh fonemalar. Talaffuz qilinayotganda, o‘pkadan chiqayotgan havo oqimi hech qanday to‘siqqa uchramaydigan, faqat un (ovoz)dan iborat bo‘lgan va bo‘g‘in hosil qila oladigan fonemalarga unli Download 350.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling