fonemalar deyiladi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida 6ta unli fonema mavjud: i, u, e, o‘, o, a.
Talaffuz qilinayotganda o‘pkadan chiqayotgan havo oqimi ma’lum to‘siqqa uchraydigan,
shovqin ishtirok etadigan va bo‘gin hosil qilolmaydigan fonemalarga undosh fonemalar deyiladi.
O‘zbek tilida undosh tovushlar soni 24 ta.
4-§. Unlilar tasnifi
Unlilarning yonma yon kelishi o‘zbek tili tabiatiga xos emas, qo’sh unlilar olinma
so’zlardagina uchraydi: matbuot, inshoot, taassurot. Unlilar uch xil xususiyatiga ko‘ra tasnif
qilinadi:
1. Tilning yotiq (gorizontal) holatiga ko‘ra:
a) old qator unlilar: a, i, e
b) orqa qator unlilar: u, o, o‘
2.Tilning tik (vertikal) holatiga ko‘ra
a) yuqori tor unlilar: i, u
b) o‘rta tor unlilar: e, o‘
c) quyi keng unlilar: a, o
3. Lablarning ishtirokiga ko‘ra:
a) lablangan: u, o‘ b) lablanmagan: a, e, i
o (oraliq holatdagi unli hisoblanadi)
5-§. Undoshlar tasnifi
O‘pkadan chiqayotgan havo oqimining biror to‘siqqa uchrashidan hosil bo‘lgan, ovoz va
shovqindan yoki sof shovqindan iborat tovushlar undosh tovushlar deyiladi. O‘zbek tilida 24 ta
undosh tovush mavjud bo‘lib, ular 23 ta harfiy belgi bilan ifodalanadi. Chunki ”j” harfi jo’ja, jiyda
so’zlarida uchraydigan til oldi, portlovchi, qorishiq dj undoshini ham, jurnal, ajdar so’zlarida
uchraydigan til oldi, sirg‘aluvchi, sof j undoshini ham ifodalashga xizmat qiladi.
Undoshlar quyidagi xususiyatlariga ko‘ra tasnif qilinadi:
I. Hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra:
1. Lab undoshlari:
a) lab-lab undoshlari: b, p, m;
b) lab-tish undoshlari: f, v.
Do'stlaringiz bilan baham: |