Mavzu: O‘zbekiston aholisi va mehnat resurslari Mundarija: I bob. Respublika aholisi sonining o’sishi va joylanishi


Download 281.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana08.05.2023
Hajmi281.75 Kb.
#1445664
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi O‘zbekiston aholisi va mehnat resurslari

 
 


11 
1.2.Aholi migratsiyasi. 
Respublika aholisining ko’payishida tashqi migratsiyaning ham roli bor. 
Ammo bu omilning ijobiy ta’siri ko’proq avvalgi yillarga to’g’ri kelgan. 70 va, 
xususan, 80-yillar oxiridan boshlab ushbu jarayon O’zbekiston uchun manfiy 
natijaga ega bo’lgan. Bu, asosan, bir vaqtlar O’zbekistonga ko’chib kelganlarning 
yana o’z vatanlariga kaytib ketishlari natijasida yuz bergan. 
Shuningdek, keluvchilar soni muntazam ravishda kamayib borgan, 
ketuvchilar miqdorida esa aniq, bir yunalishdagi jarayon uncha sezilmaydi. 
Masalan, respublikamizdan tashqariga ketganlarning eng ko’p miqdori 1990 yilda 
ko’zatilgan. Biroq, shu yili kelganlar soni ham nisbatan ko’p bo’lgan. Buning 
natijasida migratsiya qoldig’i (saldosi) minus 121 ming kishini tashkil qilgan.
1994 yilda ketganlar soni avvalgi yillarga qarag’anda uncha ko’p bo’lmasada, 
ammo kelganlar juda ozchilikni tashkil qilgan (mos ravishda 179 va 38 ming 
kishi), oqibatda, migratsiya qoldig’i ko’rilayotgan davrda eng yuqori bo’lgan 
(minus 141 ming kishi). 2010-yilda kelganlar 139,8 ming, ketganlar 183,9 ming, 
migratsiya qoldig’i minus 44,1 ming kishi bo’lgan. 2012-yilda esa bu 
ko’rsatkichlar 
169,7; 
210,6 
va 
minus 
40,9 
ming 
kishiga 
teng 
bo’lgan.L.P.Maksakova va O.B.Ota-Mirzaev ma’lumotlariga qaraganda, 1991-
1997 yillarda respublika shahar joylari bo’yicha netto-migratsiya, ya’ni sof salbiy 
migratsiya qoldigi rus millatiga mansub bo’lganlarda 302 ming, tatarlarda 95, 
yahudiylarda 50, ukrainlarda 28, nemislarda 20 ming kishini tashkil etadi. 
Ketuvchilarning asosiy qismi Rossiya Federatsiyasiga tug’ri keladi. O’zbekiston 
Ukraina va Qozog’iston davlatlari bilan ham bo’lgan aholi aloqalarida ancha ko’p 
manfiy migratsiya qoldig’iga ega, uning musbat natijasi esa ko’proq Tojikiston 
hisobidan yuzaga kelgan. 
Qayd etish lozimki, tashqi migratsiyada eng avvalo shahar aholisi 
qatnashadi. Binobarin, migratsiyaning salbiy oqibati ham ayni shaharlarda va 
jumladan, rusiyzabon xalqlar ko’prok joylashgan sanoat markazlarida ko’zatiladi. 
Shuning natijasida, masalan, Chirchiq, Olmaliq, Angren kabi shaharlarda aholi 


12 
soni 1991 yilga qaraganda kamaygan yoki juda oz darajada ortgan. qolaversa, 
Toshkent shahrida ham aholi soni uncha ko’p o’smagan. 
Tashqi migratsiyadagi vaziyat shahar joylardagi mehnat resurslarining 
miqdor va sifat jihatlariga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Chunonchi, migratsiyada asosan 
katta yoshdagilar va malakali ishchi kadrlarning qatnashganlari sababli mehnat 
resurslaridan 
foydalanishda 
muvaqqat 
muammolar 
vujudga 
kelishi 
muqarrar.Aholining tabiiy va mexanik harakatidagi o’zgarishlar uning milliy, jins 
va yosh tarkibiga ham ta’sir ko’rsatadi.

Download 281.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling