Mavzu: O‘zbekiston aholisi va mehnat resurslari Mundarija: I bob. Respublika aholisi sonining o’sishi va joylanishi


Download 281.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana08.05.2023
Hajmi281.75 Kb.
#1445664
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi O‘zbekiston aholisi va mehnat resurslari

O’zbekistonda aholi migratsiyasi 
 
(kishi) 
1-jadval 
T/R 
 
2017y 
2018y 

Ko’chib kelganlar soni
157149 
160103 

Ko’chib ketganlar soni
175748 
174832 

Migratsiya 
qoldig’i(saldosi) 
-18599 
-14729 
Manba: O’zbekiston Respublikasi davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari 
asosida tuzilgan. 
Yuqoridagi 
jadval 
ma’lumotlaridan 
ma’lumki 
2017-2018yillarda
respublikamizda migratsiya saldosi manfiy ko’rsatkichni tashkil etgan. Ya’ni 
ko’chib ketganlar soni ko’chib kelganlar sonidan ko’p hisoblanadi.
O’zbekiston ko’p millatli mamlakat, bu yerda 100 dan ortiq teng xuquqli 
millat va elat vakillari yashaydilar. 1989-yil aholi ruyxatiga muvofiq, o’zbeklar 
jami aholining 71,4 foizini tashkil etadi. 90-yillarda bir vaqtlar ko’chib kelgan 
boshqa millat vakillarining reemigratsiya qilishi tufayli o’zbeklarning ulushi 
ko’paymoqda.


13 
1.3.Aholining milliy tarkibi. 
 Mamlakatimizning barcha hududlari ko’p millatli. Nisbatan sanoatlashgan 
viloyat va shaharlarda mahalliy xalqlardan tashqari boshqa millat vakillari ham 
ko’p (Toshkent, Navoiy viloyatlari, Toshkent, Chirchiq, Angren, Olmaliq, 
Zarafshon, Farg’ona va boshqa shaharlar). Shu bilan birga, Xorazm viloyati aholisi 
asosan bir millatli - 97,5 foiz aholi o’zbeklardan iborat. O’zbeklarning hissasi 
Toshkent shahri va viloyati hamda Qoraqalpog’iston Respublikasida kamroq.
O’zbekistonda 662 ming qoraqalpoq millatiga mansub kishilar yashaydi 
Ularning aksariyati (94,2 %) Qoraqalpog’iston Respublikasida joylashgan. 
Mamlakatimizda qadimdan tojiklar ham juda ko’p (1,5 mln ga yaqin) yashab 
kelgan. Ularning asosiy qismi Surxondaryo, Samarqand, Namangan va Farg’ona 
viloyatlarida yashaydi. Tojiklar, shuningdek, qisman Toshkent, Buxoro, 
Qashqadaryo viloyatlarida ham yashaydi. Qozoqlar ko’proq Qoraqalpog’istonda 
hamda Navoiy va Toshkent viloyatlarida, qirg’izlar Jizzax Farg’ona va Andijon 
viloyatlarida, turkmanlar – Surxondaryo va Qashqadaryo,Qoraqalpog’istonda 
istiqomat qiladi. Bulardan tashqari, respublikamizda ukrain, tatar, koreys, 
boshqird, arman, ozarbayjon va boshqa millat vakillari ham bor. Ularning 
ko’pchiligi shahar joylarida istiqomat qiladi. 
Aholining jinsiy tarkibi tenglashib bormoqda; shaharliklar orasida ayollar 
ko’proq (50,2 foiz), qishloqlarda esa jinslar o’rtasidagi farq deyarli sezilmaydi. 
O’zbekistonda tug’ilish nisbatan yuqoriligi sababli aholi tarkibida yoshlar ulushi 
katta. Respublika aholisining taxminan 16 foizini 8 yoshgacha bo’lgan bolalar 
tashkil etadi. Shuning uchun davlatning ijtimoiy siyosatida sog’lom, barkamol 
avlod tarbiyasiga, yoshlarga katta ahamiyat berilmokda. 

Download 281.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling