Mavzu: O‘zbekiston aholisi va mehnat resurslari Mundarija: I bob. Respublika aholisi sonining o’sishi va joylanishi


Download 281.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana08.05.2023
Hajmi281.75 Kb.
#1445664
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi O‘zbekiston aholisi va mehnat resurslari

 
 
 


14 
1.4.Mehnat resurslari va ulardan foydalanish. 
Respublikada mehnat resurslarining soni ko’p, biroq ularning jami aholi 
tarkibidagi ulushi oz. Buning sababi tug’ilish va tabiiy ko’payishning 
yuqoriligidadir. Natijada, “demografik yuk” yoki mehnatga layoqatli aholi bilan 
mehnatga layoqatsizlar nisbati o’ziga xos. Masalan, agar Boltiq buyi davlatlarida 
oilada 3 kishidan 2 nafari ishlasa, bizda, aksincha, 6 kishidan 2 yoki 3 nafari 
ishlashi mumkin, xolos. 
Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, 2018-yilda O’zbekistonda mehnat 
resurslar soni 18829,6 ming kishini, iqtisodiy faol aholi 14641,7 ming, 
iqtisodiyotda band bo’lganlar soni 13273,1ming kishini tashkil qildi. Ta’kidlash 
joizki, keyingi yillarda, noishlab chiqarish sohasida band bo’lganlar soni tezroq 
ko’payib bormoqda. Nodavlat sektorda band bo’lganlar 80 foizga yaqin. Barcha 
tuman va shaharlarda mehnat birjalari faoliyat ko’rsatmokda. Ular asosan 
“Bandlik” Davlat dasturini amalga oshirish bo’yicha qator ishlarni bajarishadi.
Mehnat resurslari - mamlakat aholisining mehnatga layoqatli yoshdagi 
qismi, iqtisodiy resurslarning tarkibiy unsuri; 16 yoshdan 55 yoshgacha boʻlgan 
ayollar, 60 yoshgacha boʻlgan erkaklar Mehnat resurslariga kiritiladi. 
Kishilar yoshining ulgʻayishiga qarab Mehnat resurslariga dastlab 
qoʻshiladilar, soʻngra (yoshi oʻtgach) undan chiqadilar. Koʻpchilik mamlakatlarda, 
shu jumladan, Oʻzbekistonda 16—59 yoshdagilar Mehnat resurslariga kiritiladi. 
Mehnat resurslari oʻsishi aholining koʻpayishiga bogʻliq. Aholi tarkibida yoshlar 
qanchalik koʻp boʻlsa, Mehnat resurslari shunchalik tez oʻsadi. 20-asr oxiri —21-
asr boshlarida Oʻzbekistonda Mehnat resurslari har yili 320—350 ming kishi 
atrofida koʻpay-ib bordi. Ularning asosiy qismini mehnat yoshiga qadam 
qoʻyganlar tashkil etadi. 
Mehnat resurslari soni miqdoriy ifoda boʻlsa, mehnat yoshidagilarning bilim 
saviyasi, malakasi, kasbiy mahorati va ishbilarmonligi uning sifatini yaratadi. 
Taʼlimtarbiya, malakani oshirish, sogʻliqni taʼminlash, uni mustahkamlash uchun 
sarflar inson kapitaliga investitsiya boʻlib, Mehnat resurslari ni takroran yaratishga 


15 
xizmat qiladi. Mehnat resurslari mehnat bozori orqali taqsimlanadi. Mehnat 
resurslari ban-dligi — mehnat yoshidagi kishilarning ish bilan taʼminlanishi, 
ularning tovar va xizmatlar yaratishda ishtirok etishi. Mehnat resurslari tarkibidagi 
ishlashga talabgor boʻla turib ish topa olmaganlar ishsizlar (qarang Ishsizlik) 
hisoblanadi. 


16 

Download 281.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling