Mavzu: Oʻzbekiston aholisi va mehnat resurslari Reja: Kirish Mehnat resurslari va ulardan foydalanish Oʻzbekiston aholisining oʻsishi va joylanishi
Download 219.11 Kb.
|
sanjar 11011
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnat resurslari va ulardan foydalanish
Kurs ishining maqsadi: O’zbekiston Respublikasida Oʻzbekiston aholisi va mehnat resurslarini o’rganish va ma’lumotlarni ilmiy tarafdan o’rganib tahlil qilishdan iborat .
Kurs ishining vazifasi: 1. Mehnat resurslari va ulardan foydalanish 2. Oʻzbekiston aholisining oʻsishi va joylanishi 3. Oʻzbekiston aholisi va urbanizatsiyasi Mehnat resurslari va ulardan foydalanish Aholi asosiy moddiy in`omlar ishlab chiqaruvchi va shu bilan birga ularni asosiy iste`mol qiluvchi hamdir. Darhaqiqat aholi bilan ishlab chiqarish "boshdan oyoq" chambarchas bog`liq. Shuning uchun jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi bo`lgan aholini o`rganishga iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kurslarida doimo katta e`tibor beriladi. Chunki har bir mamlakat, uning ichki iqtisodiy-geografik rayonlari xalq xo`jaligini hududiy tashkil qilish va rivojlantirishda aholining soni, zichligi, tabiiy o`sish, migratsiya va urbanizatsiya jarayoni, milliy va ijtimoiy tarkibi, jinsi, mehnat resurslari va aholining bandligi kabi ko`rsatkichlar katta ahamiyat kasb etadi. O`zbekiston Respublikasi aholi soniga ko`ra dunyodagi o`rta darajadagi mamlakat hisoblanadi. Uning aholisi, 1 yanvar 2006 yil ma`lumoti bo`yicha 26,3 mln. kishini tashkil etadi. U aholi sonining ko`pligi jihatidan MDHda Rossiya va Ukrainadan keyin 3-o`rinda turadi. Respublikamizda Markaziy Osiyo Davlatlari (MOD) umumiy aholisining salkam 45 foizi yashaydi. Aholining o`sishi tarixiy-an`anaviy va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarga ega. Uzoq va yaqin o`tmishda O`zbekiston murakkab tarixiy yo`lni bosib o`tdiki, bu narsa mamlakat aholisining dinamikasiga hamda demografik va migratsion holatlariga bevosita ta`sir ko`rsatdi. Mamlakat aholisi va uning tarkibi, ayniqsa, XIX asrning o`rtalaridan boshlab jiddiy o`zgarishlarni boshidan kechirdi. Chor Rossiyaning Turkiston hududini istilo qilishi natijasida aholi soni, uning milliy va jinsiy tarkibi, ko`payish darajasi, joylashuv xususiyatlari o`zgardi. Lekin aholi to`g`risida bu davrga oid aniq ma`lumotlar yo`q va bu borada tadqiqotchilar har xil fikr bildirishgan. Hozirgi O`zbekiston hududi aholisi to`g`risidagi dastlabki ma`lumotlar 1865 yilga tegishli bo`lib, o`sha davrda 3320 ming kishi yashagan (O.Otamirzayev, I.Mullajonov). Turkiston hududida aholini ro`yxatga olish birinchi bor 1897 yilda o`tkazilgan 1-Umumrossiya aholi ro`yxati davrida olingan. Biroq, ushbu ro`yxat ham to`liq emas edi. Chunki bu ro`yxat Buxoro va Xiva xonliklari hududlarini chetlab o`tgandi. Mexnat resurslari ishlab chiqarish zvenosida asosiy vazifani bajarganligi tufayli bu sohani o`rganish iqtisodiy geografiya zimmasidadir. Xozirgi iqtisodiy tushunchalar bo`yicha 16 yoshdan 59 yoshgacha erkaklar, 16 yoshdan 54 yoshgacha bo`lgan xotin-qilar mehnat yoshidagi aholi sanaladi va mamlakatni asosiy mexnat resurslari xisoblanadi.Bu yoshdagi aholining xammasi xam ishlaydi deb bo`lmaydi, albatta. Masalan, ishlab chiqarishdan ajralgan xolda o`qiyotganlar va salomatligi yomonligi tufayli ishlay olmaydigan invalidlar va h.k. lar shular jmlasidandir. Aksincha pensiya yoshidan oshib ketgan keksalar va shuningdek, hali 16 yoshga to`lmagan baozi o`smirlar ham ijtimoiy ishlab chiqarishga ishtirok etadi. Bu mehnatga qobiliyatli aholi tushunchasini kiritishni taqozo qiladi. Mehnatga qobiliyatli aholi deganda har qanday mamlakatning yoshidan qatoiy nazar real mehnat resurslari tushuniladi. Bu mehnat resurslari soniga bevosita taosir qiladi. Ishchi kuchidan foydalanish muammolarini yanada ratsional hal qilish maqsadida mehnatga qobiliyatli aholini ijtimoiy mehnat bilan bandlik darajasi va haraktrini hisobga olish xalq xo`jaligi uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Hozirgi kunda umuman mamlakatimiz bo`yicha va alohida iqtisodiy rayonlar, shaharlar bo`yicha ishchi kuchidan oqilona foydalanish masalasi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakat alohida iqtisodiy rayon shahar aholisi tarkibidagi ishga qobiliyatli aholi sonini aholining tabiiy o`sish darajasiga jins -yosh strukturasiga mehnat harakati ko`rsatkichiga va boshqalarga boliq bo`ladi. Mehnatga qobiliyatli aholi soni Farona vodiysi shahar aholisining yarmidan ko`proini tashkil etadi. Bu yerda bu ko`rsatkich O`zbekistondagi ishga qobiliyatli shahar aholisining salmoidan sobiq Ittifoqdagi barcha mehnatga qobiliyatli aholining umumiy aholi tarkibidagi salmoini belgilaydigan umumittifoq ko`rsatkichidan ancha kamdir. Vodiydagi mehnatga qobiliyatli shahar ahoolisi salmoining kamligi bu yerda aholi sonining tabiiy o`sish ko`rsatkichlari ancha yuqoriligi bilan izohlanadi. Bu esa aholining umumiy sonida bolalar va o`smirlar salmoining ko`pligiga olib keladi va mehnatga qobiliyatli aholining salmoiga bevosita taosir qo`llaniladi. Shunday qilib vodiydagi biz so`z yuritgan yosh strukturasi 16 yoshgacha bolalardan iborat anchagina mehnat resurslari rezervi va aholining yangi-yangi kontingentini ijtimoiy ishlab chiqarishga doimo jalb qilib turish imkoniyati mavjudligi nuqtai nazardan umuman qulaylik tudiradi. Butun O`rta Osiyoda bo`lgani kabi Farona vodiysida ham mehnat resurslarining o`sish suroatlari nisbatan yuksakligiga va texnika taraqqiyotining katta muvaffaqiyatlariga qaramay, sanoat va madaniyatning tezlik bilan o`sishi negizida mehnatga qobiliyatli aholini ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonlarida band butun aholining 40 % bevosita ijtimoiy mehnat bilan shuullanadi. Farona vodiysi shaharlaridagi mehnat resurslarining ish bilan bandlik darajasi umumittifoq darajasiga deyarli tengdir. Mehnat resurslarini unumdorligiga ko`ra 5 guruhga bo`lib o`rganiladi. 1. 16 yoshdan -19 yoshgacha ko`proq majburiy holdagi mehnat resurslari sifatidagi ishlar namoyon qilinadi. 2. 20 yoshdan - 29 yoshgacha. Bu davr mehnat resurslarining yoshlik davri bo`lib, asosiy vaqt va kuch mehnatga tayyorlanishga sarflanadi. 3. 30 yoshdan - 39 yoshgacha bo`lgan aholi aktiv mehnat resurslari hisoblanadi. 4. 40 yoshdan - 49 yoshgacha bo`lgan aholi mehnat resurslarini o`rta daridir. Bu davrda to`plangan bilim, ko`nikma va malakalar ishga solinadi. 5. 50 yoshdan - 59 yoshgacha bo`lgan davr mehnat resurslarining katta davridir. Unumdorlikda pasayish boshlanadi. Mehnatga yaroqli aholi o`z navbatida 2 guruhga bo`linadi: iqtisodiy aktiv aholi va iqtisodiy aktiv bo`lmagan aholi. Mehnat resurslarini geografik jihatdan o`rganish mamlakatlar va rayonlar aholisining hududiy joylanish uning yosh tarkibini o`rganish bilan birga mehnatga yaroqli aholining ishlab chiqarishda qatnashuvi va bu qatnashuvdagi fikrlar hamda ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etayotganlarning xalq xo`jaligi ayrim tarmoqlari bo`yicha taqsimlanishi xalq xo`jaligi ayrim tarmoqlarida ishchi kuchidan mavsumiy foydalanish xususiyatlarini o`rganish ham mehnat resurslaridan foydalanishni geografik tadqiqot qilishning muhim tomonlaridan biridir. Ishlab chiqarish jarayonining zaruriy qismi mehnatdir. Mehnat insonga xos xususiyat. Insonning jismoniy va aqliy faoliyati mehnat hisoblanadi. Ishni traktorlar, mashinalar, ishchi hayvonlar bajarishi mumkin. Mehnat esa faqat ongli faoliyat natijasidir. Ishlab chiqarishning samaradorligi ko`p jihatdan mehnatning holatiga bog`liq. Agarda qilinayotgan bo`lsa, uning unumdorligi yuqori bo`ladi. Har bir mamlakat aholisining mehnat qilish qobiliyatiga ega qismi uning mehnat resurslarini tashkil etadi. O`zbekiston aholisining 50 foizidan ko`prog`i mehnat qilish qobiliyatiga ega. Aniqrog`i, mehnat resurslarining soni 2002 yilda 12346 ming kishini, shundan iqtisodiy faol aholi 9333,2 ming kishini tashkil etdi. Nafaqa yoshidagilar va mehnat qilish qobiliyatiga ega o`smirlar ham aholining kattagana qismini tashkil etadi. Lekin jamiyat uchun faol mehnat resurslari 16 yoshdan 55 yoshgacha bo`lgan ayollar va 16 yoshdan 60 yoshgacha bo`lgan erkaklar hisoblanadi. Iqtisodiy fan shu mehnat resurslaridan eng faoli bo`lganlarni, ya`ni 22 yoshdan 33 yoshgacha bo`lgan kishilarni alohida o`rganadi. Qishloq xo`jaligi korxonalari mehnat resurslari asosiy va yordamchi guruhlarga bo`linadi. Asosiy mehnat resurslariga 16 yoshdan 55 yoshgacha bo`lgan ayollar, 16 yoshdan 60 yoshgacha bo`lgan erkaklar, yordamchi mehnat resurslarga 14-16 yoshdagi o`smirlar va nafaqa yoshidagi ayol va erkaklar kiradi. Ulardan asosan qishloq xo`jaligi yilining ayrim davrlarida foydalaniladi. Qishloq xo`jaligi mehnat resurslaridan foydalanish shu tarmoqning o`ziga xos xususiyatidan kelib chiqadi. Eng avvalo qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi mavsumiy xarakterga ega. Natijada ishlab chiqarish xususiyatidan kelib chiqib, yilning ayrim davrlarida mehnat resurslarining bo`sh qolish holati yuz beradi. Qishloq xo`jaligida ish davri bilan ishlab chiqarish davrining mos tushmasligi ham mehnat resurslarining vaqtinchalik bekor qolishiga sabab bo`ladi. Masalan, paxta chigiti ekilgandan keyin to u unib chiqguncha 15-20 kun o`tadi. Bu davrda ishchi xodimlar bekor qoladi. Qishloq xo`jaligida yer asosiy vosita bo`lganligiuchun ishlab chiqarishni joylashtirish, ixtisoslashishni tanlashga ta`sir qiladi. Bu esa, o`sha ishlab chiqarish turi talab qiladigan mehnat resurslarini talab etadi. Qishloq xo`jaligida ishlab chiqarish yirik maydonlarda tashkil etiladi. Shunga yarasha mehnatni tashkil etish ham ma`lum talablarga javob beradigan qilib tanlanadi. Qishloq xo`jaligi mehnat resurslari nisbatan past malakaga ega. Ularning bir yerdan ikkinchi yerga ko`chib o`tish darajalari ham juda past. Bu muammo ham ular bor joyda ishlab chiqarishni, turli xizmat turlarini imkoni boricha maksimal darajada tashkil etishni talab qiladi. Mamlakat mehnat resurslarining 27 foizi davlat sektorida,73 foizi esa nodavlat sektorda xizmat qilmoqdalar. Download 219.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling