Mavzu: O‘zbekiston gimnastikasining rivojlanish tarixi


asrning birinchi yarmida O’zbekistonda gimnastikaning ravnaq topishi


Download 414.5 Kb.
bet14/21
Sana12.03.2023
Hajmi414.5 Kb.
#1265439
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
O‘zbekiston gimnastikasining rivojlanish tarixi

asrning birinchi yarmida O’zbekistonda gimnastikaning ravnaq topishi


1918-yilda «Bolalar sport klubi» ochilib, unda gimnastika mashqlari va o’yinlar o’tkazilardi. 1919-yil Toshkentda Turkiston Olimpiya o’yinlari o’tkazildi. 1920-yil 10-oktabrda O’rta Osiyo o’yinlari O’zbekiston gimnastlari yutug’i bilan yakunlandi. 1921 -yilda Turkfront
«Yangi savodxonlik boshqarmasi» qoshida jismoniy tarbiya markaziy sho’rolari tashkil topdi. Uning maqsadi turli jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarini birlashtirish va Turkiston mehnatkashlarini jismonan tarbiyalashni rejaga muvofiq boshqarish edi. 1921-yilda 2-Olrta Osiyo Olimpiada o’yinlari ochildi, gimnastika ushbu o’yindan o’rin olgan edi.
1920 уilda Farg’ona viloyat harbiy qo’mitasi qoshidagi «Vseobuch» bo’limi «Besh yillik maktablarning 1 va 2-sinflarida jismoniy tarbiyadan ta’lim berish bo’yicha qisqa dastur»ni ishlab chiqdi. Dasturda gimnastika, yugurish, sakrash o’yinlari bilan shug’ullanish ko’zda tutilgan. Mazkur dastur mundarajasida quyidagilar bayon etilgan. «Gimnastikaning maqsadi to’g’ri jismoniy rivojlanishga erishish, inson organizmi faoliyatidagi kamchiliklarni tuzatish, harakatlarni koordinatsiyalash qobiliyatini yuzaga keltirish, tartib-intizommi rivojlantirish va asab tizimini mustahkamlash».
Mashg’ulotlarni toza havoda yoki shamollatilgan xonalarda o’tkazilishi kerak. Jismoniy tarbiya Kengashi qoshidagi ilmiy sho’ba tomonidan jismoniy tarbiya bilan shug’ullanuvchilarni tekshirish bo’yicha antropometrik tashkil etildi.
1929-yili Toshkentda birinchi marta jismoniy tarbiya to’garaklari tashkil topib, unda gimnastika sporti bo’yicha musobaqalar o’tkazilgan. Bu davrda gimnastikada to’rt kurash
mavjud bo’lgan: yakkacho’p, halqalar, eshakda bajariladigan mashqlar va erkin mashqlarda sportchilar bellashgan.
O’tgan asrning 30-yillardan boshlab, bolalar va o’smirlar orasida sport gimnastikasini rivojlantirish bo’yicha juda katta ishlar olib borildi.
Toshkentdagi olimlar uyi qoshida ochilgan bolalar sho’basiga N.V. Kravchenko murabbiylik qilgan.
1934-yilda Toshkentda bo’lib o’tgan 1-O’rta Osiyo va Qozogiston Respublikalari spartakiadasida jamoa birinchiligida birinchi o’rinni O’zbekistonlik gimnastlar qo’lga kiritishdi. 1935-37-yillarda «Spartak», «Lokomotiv», «Dinamo» ko’ngilli sport jamiyatlarini tashkil topishi respublikada gimnastika sportini yanada rivojlanishiga turtki bo’ldi. Ushbu sport jamiyatlarida gimnastika BO’SMlar tashkil etilib, unda 100 dan ortiq yosh sportchilar tahsil olishgan. Ularga o’sha davrning yetakchi murabbiylari N. Salnikov, N. Kotin, A. Petuxovlar saboq berishgan. Ushbu maktablarda saboq olgan sport ustasi A. Abramyan, mamlakatning mutlaq chempioni G. Konovalova, A. Borodin, N. Tarasov va V. Merkulovlar esa o’z davrining ilg’or sportchilari edi.
1935-yili Toshkentda jismoniy tarbiya texnikumi ochilib, unda Moskva institutinmg bitiruvchisi Yan Xalilovich Murtazin, Rashid Hamidov va Umar Asadovlar gimnastikadan saboq bergan. 1936-yilda texnikum talabalari R. Hamidov va P. Zaviruxa respublika chempionlari unvoniga sazovor bolgan.
Shu texnikumni bitiruvchilari: dotsent Muhammadali Tojiyev, G.D. Jorjaladze O’zDJTIda
«Gimnastika» kafedra mudiri, Karim Jo’rayev, Rixsi Olimova, Qoziyeva, A. Yefemenko ToshDU «Jismoniy tarbiya» kafedra mudiri, 1990-2000-yillarda O’zbekiston Respublikasi Gimnastika federatsiyasining raisi dotsent Y.A. Is’hoqov va boshqalar O’zbekiston Respublikasida sport gimnastikasini rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shishgan.
1936-yilda Oczbekistonda ilk bor sport gimnastikasidan bolalar orasida birinchilik bo’lib o’tdi. V. Lebedev va R. Tomilina respublika chempioni unvoniga sazovor bo’lgan. Bu hoi respublikada gimnastikaning kelgusida rivojlanishi uchun katta ahamiyat kasb etib, gimnastika bo’yicha Olimpiada o’yinlari ishtirokchilari va chempionlarini, sobiq SSSRva Ozbekiston mutlaq chempionlari- G. Shamray, A. Markov, S. Chuksiyeva, V. Xrimpach, E. Sirkin, V. Bondarenko, R. Bolshakova va P. Pankratyev kabi yuksak mahoratli sportchilarni o’sib chiqishiga sabab bo’ldi. Leningrad shahrida 1938-yili o’tkazilgan Butunittifoq musobaqalarida respublikamizning yosh gimnastlari 5-o’rinni, 1939-yili esa 4-o’rinni egallashgan.
Ikkinchi jahon urushidan oldingi yillarda mahalliy millatga mansub gimnastlar bilan ishlash yaxshi yo’lga qo’yilgan edi.1940-yilda respublika terma jamoasi tarkibida 4 nafar ozbek yigiti va 3 nafar qizlar bo’lgan. Ularni tarbiyalashda Toshkent shahridagi 90-maktab o’qituvchisi L.Vapoyevning xizmatlari beqiyosdir. 1943-yil 1-yanvardan, hatto o’rta maktabning boshlang’ich sinflarida harbiy-jismoniy tayyorgarlik bo’yicha darslar joriy qilingan. 1943-yil sentabr oyida maktabdan tashqari muassasalarni tiklash to’g’risida maxsus qaror qabul qilingan.



Download 414.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling