Mavzu: O‘zbekiston gimnastikasining rivojlanish tarixi
Pyotr Fransyevich Lesgaft(1837-1909 yil)
Download 414.5 Kb.
|
O‘zbekiston gimnastikasining rivojlanish tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sobiq Ittifoqda gimnastikaning taraqqiyoti
Pyotr Fransyevich Lesgaft(1837-1909 yil)gimnastikasining mazmuni va takomillashmagan uslublari bilan bog’liq bo’lgan. P. F. Lesgaftning jismoniy tarbiya fani oldidagi xizmati shundaki, u birinchi bo’lib bolalarni jismoniy tarbiyalashning ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiqdi, bu esa sobiq Ittifoqda jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining taraqqiy etishiga ancha ta’sir ko’rsatdi. asr oxirida sport gimnastikasining rivoj topishi xalqaro sport aloqalarining rivojlanishi bilan uzviy bog’liq boldi. Sobiq Ittifoqda gimnastikaning taraqqiyoti1917-yilgi Oktabr to’ntarishidan keyin mamlakatda gimnastikaning rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar paydo bo’ldi. Bunda mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va sotsial hayoti bilan uzviy bog’liq bo’lgan bir qancha bosqichlari ko’zga tashlanadi. Shu davrda o’rtaga qo’yilgan yangi vazifalar gimnastika mazmunini ham belgilab berdi. Inqilobdan keyingi dastlabki davrda (o’tgan asrning 30-yillarigacha ham) gimnastikadan ommani jismonan tayyorlash va jismoniy rivojlantirishning asosiy vositasi sifatida foydalanildi. Butun kuchni, interventlar va oq gvardiyachilar bilan kurashga sarflanayotgan yillarda, jismoniy tarbiya, gimnastika sho’rolar hokimiyatini o’rnatish va uni mustahkamlashga qaratilgan edi. Aholini jismonan tarbiyalashni uyushtirishda Qo’shinga zaxira tayyorlash dasturlarida gimnastika mashg’ullotlariga katta ahamiyat berilgan bo’lib, amaliy gimnastika ham, jilhozlarda bajariladigan mashqlar va ularni to’plarni qo’llanilgan edi. Mamlakatning hamma joyida yoshlarning barcha tabaqalarini birlashtirgan harbiy-sport markazlari barpo etiladi. Jismoniy tarbiya 1926- 1927- yillardan boshlang’ich maktablarda, 1929-yildan esa oliy o’quv maskanlarida o’quv fani sifatida kiritildi. Jismoniy tarbiya fanidan yangi dasturlar vujudga keldi, ularda gijimnastika muhim o’rin egallagan edi. Jismoniytarbiya institutlari ko’plab yangi vazifalarni hal etishga qodir bo’lgan malakali o’qituvchi-murabbiylarni tayyorlay boshladi. Bu mutaxassislar gimnastika nazariyasi va uslubiyatini ishlab chiqishdayetakchi rol o’ynay boshladi. Ilmiy tadqiqot ishlarini yo’lga qo’yish, gimnastikaning ilmiy bazasini yaratish, uning tarbiyaviy alahamiyatini tushunib yetish, darsning namunaviy dasturini ishlab chiqish va shu kabi vazifalarni bajarishga urinib ko’rildi. Biroq mashg’uulotlar mazmuni birdan o’zgarmadi. Uzoq vaqt davomida gimnastika umumiy jismoniy tayyorgarlik xususiyatlarini o’ziga saqlab qolgan edi, xolos. 1929-yilda gimnastika bo’yicha Butunittifoq ilmiy-uslubiy konferensiyasi bo’lib o’tdi, u vaziyatdan kelib chiqqan tashkiliy-uslubiy masalalarni hal qildi. Bu konferensiyada gimnastika birinchi bor alohida turlarga bo’lindi. Shu vaqtdan boshlab, ertalabki gimnastikika mashg’ulotlari radio orqali eshittiriladigan bo’ldi. O’sha yillarda gimnastika sho’ro xalqini jismonan tarbiyalashning asosiy mazmuninini tashkil etgan edi. 1931 -yilda mamlakat yoshlar tashkiloti tashabbusi bilan «Mehnat va SSSR mudofaasiga bo’l tayyor!» jismoniy mashqlar to’plarining joriy etilishi mamlakat harakatida muhim voqea bo’ldi. Bu gimnanastika taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab berdi. GTO («Mehnatga va vatan mudofaasiga bo’l tayyor!») kompleksi bo’yicha ishlar yo’lga qo’yila borgan sari, umumiy jismoniy tayyorgarlik vazifalari umumiy jismoniy tayyorgarlik sho’balarida va GTO mezonlarini topshirishga tayyorlov guruhlarida hal qilina boshlandi, lekin gimnastika (sog’lomlashtirish gimnastikasi) jismoniy tarbiyaning asosiy vositalaridan biri bo’lib qoldi va takomillashdi. U odamlarga salomatlikni mustahkamlashda, hayotiy zarur harakat ko’nikmalarini shakllantirishda yordam berar, mehnat faoliyati tartibiga yanada kengroq kirib borardi. Ana shunda gimnastika sport turlarining rivojlanishi uchun imkoniyat paydo bo’ldi. 1933-yilda Moskvada gimnastika bo’yicha xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi. Bu konferensiya ayni vaqtda birinchi butunittifoq konferensiyasi edi. Unda gimnastika taraqqiyotining eng muhim masalalari ko’rib chiqilib, ular yuzasidan qarorlar qabul qilindi. Konferensiya sho’rolar jismoniy tarbiya tizimida gimnastikaning o’rni va ahamiyatini belgilab berdi. Gimnastika tasnifi (nisbatan mustaqil turlarga bo’linishi)ni, uning mazmunini, mashg’ulotlar uslubiyatini va uning tashkiliy shakllarini tasdiqladi, atamalar masalasini va boshqa masalalarni muhokama qildi. Konferensiya gimnastikaning sport turi sifatida taraqqiy etishiga yordam bergan muhim voqea bo’ldi. 1930-yildan boshlab, har yili Moskva, Leningradda, sobiq ittifoqdosh respublikalarning poytaxtlarida va boshqa ko’pgina shaharlarda o’tkazib turilgan ommaviy gimnastika chiqishlarini mamlakat aholisi juda katta qiziqish bilan tomosha qilishdi. Gimnastika turi yagona dasturining joriy etilishi, kasaba uyushmalari KSJ (ko’ngilli sport jamiyatlari)ning tashkil etilishi va turli komamdagi ommaviy musobaqalar, shu jumladan, o’quvchilar o’rtasidagi ommaviy musobaqalarning muntazam o’tkazilib turilishi, yangi gimnastika atamasining qabul qilinishi va boshqa ko’pgina tadbirlar sport gimnastikasining rivojlanishini anchagina rag’batlantirdi. Sport gimnastikasi ommaviy sport turi bo’lib qoldi. Jismoniy madaniyat harakati oldida turgan yangi vazifalarni hal qilishda GTO to’plamasi mezonlarini topshirish uchun amalga oshiriladigan tayyorgarlik ishlarini kuchaytirish zarur edi. Ikkinchi jahon urushidan oldingi yillarda, hatto sport gimnastika musobaqalariga ham GTOning turli amaliy mashqlari qo’shilar, bu sportchilarni jangovar harakatlarga tayyorlashga yordam bergan. Gimnastikaning taraqqiy topishida jismoniy tarbiya institutlarining gimnastika kafedralari muhim o’rin egallagan. Kafedralarda malakali mutaxassislar tayyorlash bilan birga, katta ilmiy va uslubiy ishlar olib borildi. Jismoniy tarbiya institutlaridagi aspiranturalarda gimnastika bo’yicha ilmiy-pedagogik mutaxassislar tayyorlana boshlandi. Dastlabki nomzodlik dissertatsiyalari yoqlandi, ilmiy asarlar kengroq e’lon qilinadigan bo’ldi. Darslik va uslubiy qo’llanmalar, ayrim masalalarga doir qo’llanmalar, yagona tasnifiy dasturlar, musobaqa qoidalari nashr etildi. 1937-yildan «Gimnastika» jurnali nashr etila boshlandi (1940-yilgacha chiqqan). Mamlakatda turli tizimlarning eng maqsadga muvofiq mashqlari qo’llanildi. Mashg’ulotlardan ko’zda tutilgan maqsad qanday vositalardan foydalanilmasin, bu vositalar yordamida umumjismoniy (gimnastikaning sog’lomlashtiruvchi turlari), jangovar (amaliy turlar) va sport (sport turlari) tayyorgarligi masalalari yaxshi hal qilinardi. Ishga ijodiy yondashish gimnastikada mavjud bo’lgan hamma qimmatli tajribalardan foydalanib, mamlakat jismoniy madaniyat va sport harakati talablariga mos bo’lgan o’z gimnastika tizimini yaratish imkonini berdi. Urushtajribasi davolash gimnastikasining yarador jangchilar jangovarligini tiklovchi juda katta samarali vosita ekanligini shubhasiz isbotlab berdi. Bu davrda gimnastika mazmunan o’zgardi, harbiy qo’shinga zaxira tayyorlashga yordam beradigan amaliy mashqlar mashg’ulotlarning asosi bo’lib qoldi, sanoqli gimnastlargina mashg’ulotlarni davom ettira olishdi. Urushdan keyingi davrda tinch bunyodkorlik, mehnat bilan shug’ullanishga o’tish sho’ro xalqi faoliyatining barcha sohalarini, shu jumladan, jismoniy tarbiyadagi faoliyatini faollashtirib yubordi. Sport inshootlari tiklandi, ommaviy sport ishlari qayta yo’lga qo’yildi, turli musobaqalar o’tkazildi. Gimnastika birinchi galda rivojlanishi kerak bo’lgan sport turlari qatorida tilga olindi. Maktablar va boshqa o’quv maskanlarining dasturlari takomillashtirila boshlandi, o’rta va katta yoshdagilar uchun ko’plab salomatlik guruhlari tashkil etildi, ishlab chiqarish gimnastikasining ko’lami kengaydi, radio-televideniye yordamida ertalabki gigiyenik gimnastika bilan mustaqil va uyushgan holda shug’ullanish yanada jonlandi. Jismoniy tarbiya kadrlarini tayyorlash va ularni malakasini oshirishga jiddiy e’tibor berildi. 1948-yil dekabrda Leningradda bo’lib o’tgan II Butunittifoq konferensiyasi gimnastika taraqqiyotida katta ahamiyat kasb etdi. Konferensiyada gimnastika sohasidagi ishlar tajribasi umumlashtirildi, uning vazifalari ta’riflanib, gimnastikaning vositalari, turlari va xillari aniqlandi, ularni yanada rivojlantirish yo’llari belgilab berildi. Konferensiya badiiy gimnastikani mustaqil sport turi sifatida ajratish to’g’risida qaror qabul qildi. 1966-yilda «Jismoniy madaniyat va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida» qaror qabul qildi. Bu qaror gimnastikani yanada rivoj topishiga yordam berdi. 1968-yil aprelida Moskvada gimnastika bo’yicha III Butunittifoq konfrensiyasi bo’lib o’tdi. Unda 20 yil mobaynida bajarilgan ishlar tahlil qilib chiqilib, gimnastikaning barcha turlarini yanada rivojlantirish istiqbollari belgilandi, gimnastikani sho’ro xalqlarining mehnat faoliyati tartibiga va turmushiga tatbiq etish rejasi belgilandi. Aholining barcha tabaqalari bilan mashg’ulotlar o’tkazish uchun yangi dasturlar ishlab chiqish yuzasidan qarorlar qabul qilindi, sport gimnastikasi bo’yicha terma jamoalar uchun zaxira tayyorlash tartibi ishlab chiqildi. Gimnastika sohasidagi jami mutaxassislarning bundan keyingi ishlari ana shu vazifalarni yechishga qaratildi. Mamlakatda gimnastikaning insonni jismoniy kamol toptirish borasidagi yangi vazifalarni yanada aniq hal qilishga yordam beradigan hamma turlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratildi. Nazariy va uslubiy masalalarini ishlab chiqish jismoniy tarbiya institutlarining gimnastika kafedralarida va yangi tashkil etilgan ilmiy tekshirish institutlarida amalga oshirildi. Darsliklar va saralash dasturlari, uslubiy qo’llanmalar takomillashtirildi, maxsus tadqiqotlar olib borildi hamda dissertatsiyalar himoya qilindi. Gimnastika taraqqiyotidagi bundan keyingi vazifa jismoniy tarbiya tizimida gimnastikaning rolini oshirish, mamlakat aholisini keng qatlamlari gimnastikaning biron-bir turi bilan muntazam shug’ullanishiga erishish va xalqaro maydonda mamlakatning sport sharafini himoya qilishga qodir yuksak malakali gimnastikachilar tayyorlab yetishtirishdan iborat edi. Download 414.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling