Mavzu: O‘zbekiston gimnastikasining rivojlanish tarixi


O’zbekistonda gimnastikaning taraqqiy topishi


Download 414.5 Kb.
bet12/21
Sana12.03.2023
Hajmi414.5 Kb.
#1265439
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
O‘zbekiston gimnastikasining rivojlanish tarixi

O’zbekistonda gimnastikaning taraqqiy topishi





Markaziy Osiyo hududida, jumladan, O’zbekistonda gimnastikaning davolash, sog’lomlashtirish, amaliy jismoniy tarbiyaning yo’nalishlari ilmiy asoslangan tarixiy negizlarga cga. Qadim zamonlardan aholi turli xil jismoniy mashqlar, harakati o’yinlarni katta bayram va to’ylarda tashkillashtirishgan. Navro’z, Hosil bayrami va boshqa tantanalarda otda poyga, yugurish bo’yicha musobaqalar, olomon-poygalar, chovgon o’yinlari, dorbozlarni chiqishlari kabi ko’ngilochar tadbirlari muntazam ravishda o’tkazilib turilgan.
Abu Ali ibn Sino(to’liq ismi:AbuAliHusayn ibn Abdullah ibn al-Hasan ibn Ali ibn Sino ) O’rta Osiyolikolim, faylasuf. 980-yilning18-iyunidaBuxoroyaqinidagi Afshonaqishlog’ida tug’ilgan va 1037-yilning16- avgustidaHamadondavafot etgan. G’arbda Avitsenna (ingl. Avicenna) ismi bilan mashhur.
Olimlarning raisi (Ibn Sinoni shunday deyishgan)


Abu Ali ibn Sino (980-1037 yillar)


ta’kidlashicha, salomatlikni muhofaza qilish tartibida eng asosiysi badantarbiya mashqlari bilan shug’ullanish, undan so’ng ovqatlanish va uyqu tartiblariga rioya qilishdir. Agar odam o’z vaqtida me’yorida badantarbiya mashqlari bilan doimo shug’ullanib, kun tartibiga rioya qilsa, u hech qanday davolash chorasi va dori-darmonga ehtiyoj sezmaydi. Buyuk olimni yozishicha, jismoniy mashqlar bilan muntazam shug’ullanmay qo’ygan odamni sog’lig’i so’nib, harakatlanishni to’xtatish natijasida kuchi susayib boradi. Olimning fikricha, jismoniy mashqlar mushaklar, bo’g’inlar, asab tolalarini mustahkamlaydi, natijada insonlar o’z ishlarini toliqmasdan uzoq muddatda bajarib, xastalikdan muhofaza etishadi. Ibn Sino jismoniy mashqlar bilan shug’ullanganda insonning yoshi va salomatligini qay darajada ekanligini inobatga olishni ta’kidlaydi.
Abu Ali ibn Sino «Tib qonunlari»da jismoniy tarbiyaga katta e’tibor bergan. Oz kitobida salomatlikni muhofaza qilish qoidalarini ko’rib chiqar ekan, buyuk mutafakkir jismoniy mashqlarni soglomlashtirish va davolash amaliyotida tutgan o’rni va ahamiyati haqida mukammal tarzda so’z yuritadi. Ibn Sino olimlar orasida birinchi bo’lib, jismoniy mashqlarni odam organizmiga ijobiy ta’sirini «Uzluksiz chuqur nafas olish jarayonini keltirib chiqaruvchi erkin harakat jismoniy mashq deyiladi», deb ta’riflagan.«Tib qonunlari»da bolalar, o’smirlar va keksalar qachon va qay tarzda jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishi haqida ma’lumot berib o’tadi. Ibn Sino mashqlarni boshlash va tugatish vaqti, uqalash, hammomda va sovuq suvda cho’milish (chiniqish), tanani tozalikda saqlash va boshqa gigiyenik talablar haqidagi fikrmulohazalari bugungi kungacha olimlar diqqat markazidadir.
«Tib qonunlari» kitobining asl arabcha matni birinchi marta 1593 yili Rimda, keyinchalik u hozirgi Kohira (1873,1877,1879), Tehron (1889), Laknav (1906) va Lohur (1906) shaharlarida chop etildi. Ispaniyaning Toleda shahrida 1130 yili tarjimonlar kollegiyasi tashkil qilinadi va Kremonalik Gevard (1114 – 1187 y) «Tib qonunlari» ni arab tilidan lotin tiliga tarjima qilishga kirishadi. Shundan boshlab «Tib qonunlari» kitobi Yevropa vrachlari qo’lidagi asosiy qo’llanmaga aylanadi va universitetlarda tibbiyot fani shu asar buyicha o’qitilgan.
O’zbekiston sharqshunoslari «Tib qonunlari»ning besh kitobini arabchadan o’zbek va rus tillarida tarjima qilishdi va ularni 1954 –1961 yillar mobaynida Toshkentda shifokorlar bilan hamkorlikda nashr etdilar. Umuman, «Tib qonunlari» besh kitobdan iborat va ular quyidagilar:
Birinchi kitob- tabobatning nazariy asoslari hamda amaliy tabobatning umumiy masalalari haqida ma’lumot beradi. Tabobat ilmining ta’rifi, uning vazifalari, xilt va mizoj

haqidagi ta’limot bayon qilinadi. Keyin odam tanasining «oddiy» a’zolari– suyak, tog’ay, asab, arteriya, vena, pay, mo’shaklar haqida qisqa anatomik ocherk keltiriladi. Kasalliklarning kelib chiqish sabablari, ko’rinishlari, turkumlari hamda ularni davolashning umumiy usullari keltiriladi. Ovqatlanish, hayot tarzi va hayotning hamma bosqichlarida sog’liqni saqlash haqidagi ta’limot batafsil bayon qilinadi.
Ikkinchi kitob- o’sha davr tabobatida qo’llanilgan dori-darmonlar haqida zaruriy ma’lumotlar bayon qilingan mukammal majmuadir. Unda o’simlik, hayvon va ma’danlardan olinadigan 800 dan ortiq dori-darmon ta’rifi, ularning davolik xususiyatlari va qo’llanish usullari bayon qilingan. Muallif O’rta Osiyo va Yaqin Sharq hamda O’rta Sharq mamlakatlaridan chiqadigan – dori-darmonlardan tashqari Hindiston, Xitoy, Yunoniston, Afrika, O’rta yer dengizi orollari va boshqa joylardan keltiriladigan ko’plab dorivor moddalarni ham ko’rsatib o’tadi.
Uchinchi kitob – Inson tanasining boshidan tovonigacha bo’lgan a’zolarida yuz beradigan «Xususiy» yoki «Mahalliy» kasalliklar haqida ma’lumot beradi. Ya’ni, bu kitob xususiy patologiya va terapiyaga bag’ishlangan. Unda bosh, miya, ko’z, kuloq, burun, ogiz bo’shlig’i, til, tish, milk, lab, tomoq, o’pka, yurak, qizilo’ngach, oshqozon kasalliklari, so’ngra jigar, o’t pufagi, ichak, buyrak, qovuq, jinsiy a’zolar kasalliklari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.
To’rtinchi kitob – inson a’zolarining birortasi xos bo’lmagan «umumiy» kasalliklarga bag’ishlangan. Masalan, turli isitmalar (buhronlar), shishlar, toshmalar, yara-chaqalar, kuyish, suyak sinishi va chiqishi, turli jarohatlar kiritilgan. Shuningdek, mazkur asarda o’ta yuqumli kasalliklar: chechak, qizamiq, moxov, vabo va quturish haqida so’z boradi. Toksikologiyaning ham asosiy masalalari bayon qilinadi. Kitobning maxsus bo’limi inson husni va chiroyini saqlashga va pardoz-andoz vositalariga bag’ishlangan sochni to’kilishdan saqlaydigan, haddan tashqari semirib ketish yoki ozib ketishning oldini oladigan vositalar haqida so’z yuritilgan.
Beshinchi kitob - farmakopiya bo’lib, unda murakkab tartibli dori – darmonlarni tayyorlash va ulardan foydalanish usullari bayon qilingan. Kitobning 1 -qismida turli taryoklar (ziddi – zaharlar), ma’junlar, xabdori, kulchadori, elaki dori, sharbatlar, qaynatma, sharob, malham va boshqalar tavsifi berilsa, 2 - qismida muayyan a’zolar – bosh, ko’z, kulok, tish, tomoq, ko’krak qafasi va qorin bo’shlig’i a’zolari, bo’g’imlar va teri kasalliklarini davolash uchun ishlatiladigan dori darmonlar keltiriladi.
Xulosa qilib aytganda, Abu Ali ibn Sinoning eng mashhur va ulug’vor kitoblaridan biri «Kitob al –qonun fit-tib» hisoblanadi. Bu asar o’z zamonasidagi tabobat ilmlarining mufassal qomusi sifatida inson sog’lig’i va kasalliklarga oid bo’lgan barcha muammolarni mantiqi tartibda to’la mujassam etgan. Buyuk olimning qilgan xizmatlarini, jahonning ilm ahli e’zozlaydi.
Buyuk bobokalonimiz Abu Ali Ibn Sino sharafiga mashhur shved tabiatshunosi Karl Linney (1707-1778) tropik mamlakatlarda dengiz suvida ham o’suvchi va doimo yashil holda qoladigan daraxt nomini Avitsenna deb atagan. Shuningdek, 1956 yil yurtimizda topilgan yangi mineral ham ulug’ ajdodimiz sharafiga Avitsennit deb nomlangan.



Download 414.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling