Mavzu: O‘zbekiston gimnastikasining rivojlanish tarixi
Download 414.5 Kb.
|
O‘zbekiston gimnastikasining rivojlanish tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqillikdan keyingi davrda gimnastikaning rivojlanishi
Ekaterina Xilko- 1982-yil 23-martda Toshkent shahrida tug’ilgan. Tramplin bo’yicha xalqaro toifali sport ustasi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan sportchi. Batutda sakrash bo’yicha bir necha bor O’zbekiston chempioni. Sidneyda bo’lib o’tgan XXVII Olimpiadada ishtirok etib, 4-o’rinni egallagan. Afinadagi XXVIII Olimpiya o’yinlari ishtirokchisi (4-o’rin) va Pekin XXIX (2008-yil) Olimpiada o’yinlarida tramplinda sakrashda bronza medali sovrindori. «O’zbekiston iftixori» ordeni bilan mukofotlangan.
Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida trampolin bo’yicha o’tkazilgan litsenzion musobaqada hamyurtimiz Ekaterina Xilko saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o’tib, kuchli sakkizlikdan joy olish bilan birga XXXI yozgi Olimpiya o’yinlariga ham yo’llanma oldi. Etiborlisi, Rio-2016 o’yinlari Ekaterina Xilkoning faoliyatidagi beshinchi Olimpiada bo’ladi. Tajribali sportchimiz Olimpiya o’yinlaridagi ilk debyutini 2000 yili Sidney (Avstraliya)da bo’lib o’tgan Olimpiya o’yinlarida o’tkazgan edi. Shundan buyon Ekaterina ketma-ket Olimpiya o’yinlarida qatnashish baxtiga muyassar bo’lib kelmoqda. Shu o’rinda takidlash joizki, dunyo trampolinchilari orasida shu kunga qadar to’rt nafar sportchi to’rt marotabadan Olimpiadada qatnashish huquqini qo’lga kiritgan edi. Demak, Ekaterina Xilko bu borada jahonda yakka peshqadamga aylandi. Mustaqillikdan keyingi davrda gimnastikaning rivojlanishiMustaqil O’zbekiston Respublikasi gimnastlari, murabbiylari yangi sharoitda ham katta yutuqlarga erishishmoqda. Sportchilarimiz xalqaro sport maydonlarida o’z kuchlarini si nab ko’rishga puxta tayyorgarlik ko’rishyapti. Bu hoi o’zbek sportchilariga Jahon, Olimpiada o’yinlariga mustaqil ravishda chiqishga imkon yaratdi. O’zbekistonlik gimnastlar O.Chusovitina, R. Galiyeva sport gimnastikasi bo’yicha Jahon chempionatlarida ishtirok etib, oltin medalga sazovor boiishgan.l996-yilgi Olimpiada o’yinlarida O.Chusovitina, A.Dzyundzak, E.Valiyevlar gimnastika ko’pkurashida kuchlilar 1O ligi qatoridan o’rin olishdi. 1993-yilda O’zbekistonda Sport gimnastikasi federatsiyasi tashkil topib, uni Xalqaro gimnastika federatsiyasi (FIJ-1881 yil tashkil topgan) o’z tarkibiga qabul qildi. 1994-yilda Xirosimada o’tkazilgan Osiyo o’yinlaridaO. Chusovitina tayanib sakrash va brusslarda 2 ta bronza medalini qo’lga kiritdi. 1998-yilda Bankokda o’tkazilgan musobaqalarda E. Gordeyeva, A. Dzyundyak, B. Boyatapova, S. Baxritdinova, O. Chusovitina kabi mahoratli sportchilar ishtirok etdi. Bugungi kunda respublikada R.G. Sarkisov, R.S. Sirkin, A. Olushev kabi malakali sport murabbiylari ishlamoqda. Olimpiya zaxiralari qatorida ayollar orasida V.Ochilova, N. Almatova, F. Xo’jayeva, A. Kambekova, R. Nasibulina, A. Habibrahmonova, erkaklardan, A. Markelov, E. Valiyev, A. Fokin, A. Karimjonov, R. Ailov, K. Hasanov, I. Rahmatov kabi sportchilar o’sib chiqdi. O’zbekiston gimnastika federatsiyasi vakillari XGF(FIJ) va Osiyo uyushmasi anjumanlarida ishtirok etishadi. Barcha ishlar Madaniyat va sport ishlari vazirligi, MOQ bilan hamkorlikda olib boriladi. Muntazam ravishda hay’at yig’ilishlari o’tkazilib, terma jamoa a’zolarini tasdiqlash masalalari, sportchilarni bo’lib o’tgan musobaqalarda erishgan yutuqlari muhokama etiladi. Yetakchi sportchilarni xalqaro musobaqalarda qatnashishlari uchun mablag’ ajratadigan homiylar bilan ishlar olib boriladi. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi gimnastika federatsiyasi va ushbu go’zal sport turini ravnaq topishiga kuchini ayamaydigan insonlar o’z hissasini qo’shib kelishmoqda. Mahoratli gimnastlar O.Chusovitina, N. Dzyundzyak va ularni izdoshlari mahoratini oshmshda xizmat qilayotgan S. Kuznetsova va boshqa taniqli murabbiylar o’z ustozlari V. Vnuchkova, G. Petrov, V. Aksenov, Z. Bondarenko, V. Kurlyand va R. Sarkisovlar qoldirgan merosdan unumli foydalanib, mamlakatimiz sport shon-sharafmi xalqaro musobaqalarda baland ko’tarishmoqda. Mamlakat chempionlari Download 414.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling