Mavzu: O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi


Download 61.51 Kb.
Sana10.12.2020
Hajmi61.51 Kb.
#163995
Bog'liq
1. Seminar mashguloti



1 AMALIY MASHG’ULOT




Mavzu: O‘ZBEKISTON MILLIY TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHIDA FUQAROLIK JAMIYATINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI




Ishning maqsadi:

Talabalarga fuqarolik jamiyati tushunchasi, uning predmeti, shakllanish va rivojlanish qonuniyatlari, bugungi kundagi zamonaviy tendensiyalarning ta’siri haqida bilim va ma’lumotlar berishdan iborat.




Qichqacha nazariy ma`lumot.


Fuqarolik jamiyati bu – erkin, demokratik, huquqiy sivilizatsiyalashgan jamiyat bo‘lib, unda yakkahokimlik rejimiga, volyuntarizmga, sinfiy adovatga, totalitarizmga, odamlar ustidan zo‘ravonlik qilishga o‘rin yo‘q. Bunday jamiyatda faqat va faqat qonun, axloq, insonparvarlik, adolat ustuvorlik qiladi. Bu jamiyatda ko‘p ukladli raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti, tashabbuskor tadbirkorlar iqtisodiy rivojlanishning asosini tashkil etadi, turli ijtimoiy qatlamlar manfaatlari muvozanatga keltirilib turiladi
1. Fuqarolik jamiyati tushunchasi antik davrdan g‘arb ma’rifatchilarigacha bo‘lgan uzoq davr mobaynida turlicha ko‘rinishlarda namoyon bo‘lgan. Zamonaviy talqinda esa bu kategoriya ilk bor XVIII asr boshlarida yevropalik faylasuflar asarlarida ko‘zga tashlanadi. O‘sha davrda bu tushuncha fuqarolar o‘rtasida vujudga keladigan va ijtimoiy zararli bo‘lgan ijtimoiy mojarolarni qoidalar vositasida bartaraf etish maqsadida shakllangan siyosiy birlashma sifatida tushunilgan. Qadimda bu konsepsiya fozil jamiyat tushunchasiga mos ravishda, davlatdan ajralmagan holda talqin etilgan. Aflotunga ko‘ra davlat adolatli jamiyat qurishni o‘z oldiga maqsad qilishi, odamlar esa jamiyat manfaatlari yo‘lida,oqillik, jasurlik, bosiqlik hamda adolat bilan, o‘zlariga topshirilgan vazifalarni puxtalik bilan bajarishlari kerak. Jamiyat haqida qayg‘urish “dono hukmdor”ning vazifasi sifatida belgilangan.


Volyuntarizm (lot. Voluntas- iroda)- 1) irodani borliqning eng oliy ko’rinishi deb qarovchi falsafiy oqim. Bunda insonning irodasi birinchi o’ringa qo’yiladi. 2) tarixiy jarayonlarning obyektiv qonuniyatlariga rioya qilmasdan, jamoatchilik bilan hisoblashmasdan, o’z xoxish-irodasini hamma narsadan yuqori qo’yish.

Totalitarizm – (lot. Totalitare-butunlik, to’lalik, mukammalik, totalis- jami, to’la)- jamiyat hayotining barcha soahalarini davlat tomonidan to’la nazorat qilish, demokratik tashkilotlarni ta’qib qilish, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarni tugatish, har qanday shaxs, ijtimoiy qatlam, guruh manfaatlarini davlat manfaatlariga bo’ysundurilishini talab qiladigan siyosiy g’oyalar tizimi va ular asosida shakllangan davlat tuzumi. Bu tuzumda jamiyatning barcha sohalari muayyan mafkuraning yakka hokimligi mavjud bo’ladi.


Fuqarolik jamiyati taraqqiyoti uch bosqichga bo’lish mumkin:

Birinchi bosqichda (taxminan XVI–XVII asrlarda), fuqarolik jamiyatining iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy asoslari vujudga kelgan. Ularga sanoat va savdo-sotiqning rivojlanishi, ishlab chiqarish turlarining ixtisoslashuvi hamda chuqur mehnat taqsimoti, tovar-pul munosabatlarining rivoji asos bo‘lib xizmat qilgan.

Shahar va shahar sinflarining ko‘magi yordamida G‘arbiy Yevropa mintaqasida zamonaviy davlatning belgilari (suverenitet, davlat g‘aznasi, professional boshqaruv apparati va h.k.)ga ega bo‘lgan markazlashgan milliy davlatchilik vujudga kelgan. Ijtimoiy mafkuradagi keskin burilish, san’at va madaniyatning jadallik bilan rivojlanishi, burjua axloqining keng tarqalishi, fuqarolik jamiyatini ijtimoiy-siyosiy ideal sifatida talqin etish ham ana shu davrga to‘g‘ri keladi. Bu davrdagi feodal notenglik va imtiyozlarga qarshi kurashuvchi mazlum qatlamlarga o‘rta sinf mulkdorlar yo‘lboshchilik qilgan. O‘rta asrlarning ikkinchi yarmida Angliyada ro‘y bergan sanoat inqilobining boshlanishini bir qator tarixchilar Yangi davrning ibtidosi sifatida talqin etadilar.

Sanoat inqilobi va shahardagi o‘zini o‘zi boshqarish tizimi fuqarolik jamiyati rivoji bilan chambarchas bog‘liq. G‘arbiy Yevropada o‘sha paytlarda shahar jamoasi a’zolarining barchasi teng huquqlilik asosida sudlov ishlari ta’minlangan, adolatsiz qamoqqa olishlar bekor qilingan, saylovlarda ovoz berish huquqi orqali shahar boshqaruviga saylanish imkoniyati, qurol taqib yurish huquqi, bir so‘z bilan aytganda, ko‘pchilik tadqiqotchilar tomonidan fuqarolik huquqlari, deb atalgan barcha huquqlar kafolatlangan.

Ilmiy adabiyotlarda zamonaviy fuqarolik jamiyatining ildizlari sifatida ko‘rsatilayotgan sharoitlar, jumladan sanoat va savdo-sotiqning rivoji, ishlab chiqarish turlarining ixtisoslashuvi va chuqur mehnat taqsimoti, tovar-pul munosabatlarining rivoji, ko‘pgina jihatlari o‘rta asr jamiyatining aksi bo‘lgan shaharlarning vujudga kelishi bilan bog‘liq. G‘arbiy Yevropada cherkov hukmronligidan mustaqil, markazlashgan davlatlarning shakllanishi ham shaharlarning rivojlanishiga borib taqaladi. Ko‘pgina mutafakkirlar fuqarolik jamiyatini aynan burjua jamiyati sifatida talqin etar ekan, shahar va shahar madaniyatini zamonaviy jamiyatga xos bo‘lgan qadriyatlarning asosi sifatida qaraydilar.




Ikkinchi bosqich XVII asrning oxiridan XIX asrning yakuniga qadar bo‘lgan davrni o’z ichiga olib, xususiy tadbirkorlikka asoslangan dastlabki kapitalizm ko‘rinishida shakllangan.


Uchinchi bosqich XX asrda fuqarolik jamiyatining uning ijtimoiylashuv davri boshlandi.

Yevropa va keyinchalik Amerika singari yirik mintaqalar miqyosida fuqarolik jamiyati taraqqiyoti uch bosqichda amalga oshgan bo‘lib, ushbu bosqichlar almashinishi davrida davlat va jamiyat tuzilishida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘lgan, ijtimoiy va siyosiy bo‘htonlar, ommaviy harakatlar, sinfiy to‘qnashuvlar, ijtimoiy mafkuralarning tubdan o‘zgarishi ro‘y bergan.

Yevropa xalqlari antik polislardan tortib, feodalchilik orqali taraqqiyotning shunday pallasiga yetib keldilarki, bu davrda mustaqil, ammo o‘z shaxsiy manfaatlari yo‘lida birlashishga qodir bo‘lgan kishilar jamoasi hamda fuqarolik jamiyatining boshqa zaruriy elementlari vujudga keldi. Buning natijasida fuqarolik jamiyatining tub mohiyati haqida tafakkur qilishga imkoniyat paydo bo‘ldi. Bu yangi vaziyat g‘arbda insonlarning siyosiy va iqtisodiy huquqlarini qonun doirasida tan olish asosiga qurilgan mafkura, ya’ni liberalizmda o‘z ifodasini topdi.




TOPSHIRIQLAR



1)


Fanning maqsad va vazifalari nimalardan iborat?









Fanining predmeti va obyektini tushuntiring.



Fuqarolik jamiyatida fani boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan qanday aloqadorlikda rivojlanadi?

Download 61.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling