Favqulodda vaziyatlarni bashoratlash va oldini olish Davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida (2007 yil 3 aprel, 71-sonli). Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish sohasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish maqsadida qabul qilingan.
«Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida (2008 yil 10 dekabr, 271-sonli). Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligini ta’minlash, avariya va jarohat etkazilishi bo‘yicha ma’lumotlarni tahlil qilish samaradorligini oshirish, avariyalar kelib chiqishi sabablarini belgilab beradigan qonuniyatlar va omillarni tadqiq etish, xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini hisobga olish va identifikatsiyalash, sanoat xavfsizligi ekspertizasini o‘tkazish tizimini shakllantirish va rivojlantirish, sanoat xavfsizligini deklaratsiyalash, «Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar etkazganlik uchun xavfli ishlab chiqarish ob’ektlaridan foydalanayotgan tashkilotlarning javobgarligini majburiy sug‘urta qilish maqsadida qabul qilingan.
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida (2010 yil 5 yanvar, 2-sonli). Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom «Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddasiga muvofiq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda qutqaruv ishlarini amalga oshirishga qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini jalb etish sohasida huquqiy tartibga solishni belgilaydi.
Davlat standartlari:
1. “Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik. Asosiy tushunchalarning atamalari va ta’riflari” (O’z Dst 981:2000).
2. “Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik. Tabiiy favqulodda vaziyatlar” (O’z Dst 982:2000).
3. “Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik. Texnogen favqulodda vaziyatlar. Atamalar va ta’riflar” (O’z Dst 1014:2002).
4. “Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik. Favqulodda vaziyatlar monitoringi va prognozlash. Atamalar va ta’riflar” (O’z Dst 1015:2002).
5. “Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik. Favqulodda vaziyatlar monitoringi va prognozlash. Asosiy qoidalar” (O’z Dst 1016:2002).
6. “Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik. Texnogen favqulodda vaziyatlar manbalari. Shikastlovchi omillar va ular ko‘rsatkichlarining tasnifi va nomenklaturasi” (O’z Dst 1017:2002).
7. “Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik. Tabiiy favqulodda vaziyatlar manbalari. Shikastlovchi omillar. Shikastlovchi ta’sir ko‘rsatkichlarining nomenklaturasi” (O’z Dst 1018:2002).
8. FVDT ning asosiy vazifalari, kuch va vositalari, ish rejimlari.
2011 yil 24 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» 242-sonli qarori qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |