O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT) boshqaruv organlari, respublika va mahalliy hokimiyat organlarini, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalarini hal etish vakolatiga ega korxonalar va muassasalarning kuch va vositalarini birlashtiradi hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasidagi tadbirlarni amalga oshirish, ular yuzaga kelganda aholi xavfsizligini, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish hamda tinchlik va harbiy davrda davlat iqtisodiyotiga zararni kamaytirishni ta’minlashga mo‘ljallangan.
FVDT hududiy (14) va funksional quyi tizimlardan iborat bo‘ladi hamda tarkibida axborot boshqaruv tuzilmasi faoliyat ko‘rsatadigan respublika, mahalliy va ob’ektlar miqyosidagi uch darajaga ega bo‘ladi.
Hududiy quyi tizimlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tuziladi va tegishli ravishda tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullar miqyosidagi bo‘g‘inlardan iborat bo‘ladi. Ularning asosiy vazifasi o‘z ma’muriy hududlari doirasida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishdan iborat.
Funksional quyi tizimlar vazirliklar, davlat qo‘mitalari, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va kompaniyalarda tuziladi. Funksional quyi tizimlarning asosiy vazifasi atrof tabiiy muhit va kuchli xavfli ob’ektlar holatini kuzatish va nazorat qilishni amalga oshirish, shuningdek idoraga qarashli ob’ektlarda ularning ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ular oqibatlarini bartaraf etishdan iborat.
Bitta idora bir yoki bir necha quyi tizimga ega bo‘lishi, yoki umuman quyi tizim tashkil etmasligi, yoki bir necha vazirlik va idoralar bitta quyi tizim tashkil etishlari mumkin. Ushbu masala FVDT to‘g‘risidagi Nizomning
3-ilovasida (O‘zR vazirliklari va idoralarining aholini va hududlari FV lardan muhofaza qilish bo‘yicha funksiyalari) bayon etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |